63-bob. Qo’shnining yaxshisi haqida
115. Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Suhbatdoshlarning
eng yaxshisi xushfe'l va ko’ngilga ma'quli va qo’shnilarning ham eng yaxshisi qo’shnisiga
munosabatda mumtozidir", dedilar".
64-bob. Solih qo’shni haqida
116. Nofi' ibn Abdul Horis (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) "Keng turar joy,
solih qo’shni va beozor ulov bo’lishi musulmon kishining saodatidir", dedilar".
Solih kishi deb so’zida, ishida va umuman barcha hatti-harakatlarida to’g’rilikni,
rostguylikni, poklikni o’ziga dastur qilib olgan insonni aytilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |