28-bob. Silai rahm umrni ziyoda qilishi haqida
56. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Rizqi keng va farovon bo’lishni va
hayoti uzoqqa borishni yaxshi ko’radigan kishi qarindoshlaridan o’zini uzmasin", dedilar.
28-bobdagi 57-hadis mazmuni aynan 56-hadis mazmuni bo’lib, u Abu Hurayra (r.a)dan
rivoyat qilingan. Imom Muslim ham bu hadislarii naql qilgan.
29-bob. Silai rahm qilgan kishini Alloh Sevadi
58. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Kim Alloh taolodan qo’rqsa va qavm-
qarindoshlariga yondashsa, ajali ta'xir qilinadi, moli ko’payadi va ahli ayollari uni yaxshi
ko’radigan bo’ladi".
59-hadis mazmuni 58-hadisdagidek aynan yana Abdulloh ibn Umar (r.a.) dan rivoyat
qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |