67-bob. Qo’yning pochasi bilan bo’lsa ham qo’shniga hadya berish haqida
121. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir kishining yomonligi va
ozor berishidan qo’shnisi tinchimaydigan bo’lsa, u jannatga kirmaydi", deganlar
122. Amr ibn Muoz buvisi Havvodan rivoyat qilishicha, Rasululloh? (s.a.v.): "Ey,
musulmon xotinlar! Agar qo’shningizdan qo’yning pochasidek bir arzimas narsa chiqsa
ham taxqirlamasin", dedilar.
Qo’shni xotinlarning bir-birlariga ozmi-ko’pmi narsalar berib turishlari o’zaro
munosabatlarni yaxshilab boraveradi. Hadisga ikkinchi ma'no ham berilishi mumkin:
hech kimsa qo’shnidan chiqqan narsani "Shu arzimaydigan narsani berdimi!" - deb
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
taxqirlamasin, chunki har kim o’z himmati va qudratiga yarasha hadya qiladi. Hadya oz
bo’lgani uchun uni mensimaslik o’rtada adovatni qo’zg’atadi.
Abu Hurayradan rivoyat qilingan 123-hadis mazmuni 122-hadisning aynan
Do'stlaringiz bilan baham: |