36-bob. Johiliyat davrida yaxshilik qilgan kishi haqida
70. Hakim ibn Hazom (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) dan: "Men johiliyat zamonida silai rahm
qilish, qul ozod qilish va sadaqa berish kabi ishlar bilan mashgul bo’lgan edim. Endi
o’sha ishlarim uchun menga ajr-savob bo’ladimi?" - deb so’radi. Rasululloh (s.a.v.):
"Sen johiliyat zamonida o’tkazgan hamma yaxshi ishlaring bilan islom diniga kirgan
bo’lasan", dedilar.
Ya'ni johiliyat zamonida qilgan yaxshiliklaring behuda ketmaydi, Alloh hamma narsani
bilguvchidir;johiliyat davrida qilgan solih amallaring uchun Uning fazli karami bilan ajr-
savob beriladi.
19-bobdagi 26-hadis mazmuni 37-bobning 71-hadisida aynan takrorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |