298-bob. Shamolni so'kmaslik haqida
740-hadis. Ubay ibn Ka'b (r.a.) aytdilar: "Shamolni so'kmanglar, agar uvda bir
yoqtirmaydigan narsani sezsangiz: "Allohim, Sendan ushbu shamolni xayrlisi va undagi
narsaning xayrlisini hamda u keltirgan narsaning xayrlisini so'rayman hamda bu
shamolning yomonligidan, undagi narsaning zararidan va u keltirgan narsaning
yomonligidan panoh so'rayman", denglar".
741. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Shamol Allohning ruhidandir, u
azob yoki rahmat olib keladi, shuning uchun uni so'kmangiz. Lekin Allohdan uning
xayriyatini so'rang va zararidan panoh tilang", dedilar".
Do'stlaringiz bilan baham: |