§
14.2. Banklararo kreditlar boʻyicha foiz stavkalari
Banklarning kreditlar boʻyicha foiz stavkasini belgilash ularning asosiy
faoliyatida samaradorlikni belgilaydi va natijada ularning moliyaviy asoslarining
barqarorligiga, kapital mablagʻlarini toʻplash orqali taʻsir qiladi. Shuning uchun,
kredit foiz stavkalarini belgilash banklarning alohida eng muhim qarorlaridan biri
hisoblanadi. Bundan tashqari, bank kreditlarining foiz stavkalarini qanday
belgilaganligi, moliyaviy tizimda markaziy rol oʻynaganligi sababli, pul kredit
siyosatining samaradorligining muhim hal qiluvchi omilidir. Shu sabablarga koʻra,
banklarning kreditlar boʻyicha foiz stavkasini aniqlash xatti-harakatlarini tahlil
qilish, bank operatsiyalarini monitoring qilish va pul siyosatini uzatish kanallarini
186
tushunish uchun foydalidir. Koʻpgina mavjud tadqiqotlar banklarning foiz
stavkasini belgilashdagi xatti-harakatlari foiz stavkasini oʻtish istiqbolidan
oʻrganib chiqiladi va bu kredit foiz stavkalarining, bozor foiz stavkalari
oʻzgarishiga taʻsirini tekshiradi. Shuningdek, banklarning kreditlar boʻyicha foiz
stavkalari, bozor foiz stavkalari oʻzgarishlariga asta-sekin javob berishga qodir
ekanligini eʻtirof etadi, bu esa kreditlar boʻyicha foiz stavkalarining bogʻliqlik
darajasi yuqori ekanligini koʻrsatadi. Qisqa muddatda, bozor foiz stavkalari ortib
borayotganiga qaramay, banklar har qanday sabablarga koʻra qarzdorlik budjetini
moliyalashtirish xarajatlarini kamaytirishga harakat qilishadi, hatto bunday xatti
harakatlar ularning foiz stavkalarini belgilashda ham nomoyon boʻladi.
Bozorni banklararo kreditlar oʻrtacha foizlari stavkalari boʻyicha
maʻlumotlar bilan taʻminlashning yoʻllaridan biri banklararo bozorlar pul
mablagʻlari milliy koʻrsatkichlarining qabul qilinishi hisoblanadi. Banklararo pul
bozori koʻrsatkichlari xalqaro bank amaliyotida keng qoʻllaniladi. Ularning ichida
eng taniqlisi Buyuk Britaniya banklari uyushmalari tomonidan eʻlon qilinadigan
LIBOR foiz stavkasidir. Ushbu stavkalar boʻyicha banklar boshqa banklardan pul
mablagʻlarini qarzga oladilar. Shunday stavkalar Frankfurt moliya bozorlari
ishtirokchilari (FIBOR), Tokio (TIBOR), Gonkong (XIBOR) va boshqalarda ham
mavjud. Bundan tashqari, shunga oʻxshash stavkalardan Rossiya va Qozogʻiston
moliya bozorlarida ham foydalaniladi.
Moliyaviy
koʻrsatkichlardan
foydalanishning
asosiy
afzalliklari
quyidagilardan iborat:
- banklararo kreditlar oʻrtacha statistik foiz stavkalarini aniqlash boʻyicha
marketing tadqqiqotlari oʻziga xos umumlashtiruvchi natijalar hisoblanadi;
- pul mablagʻlarini joylashtirishning uzoq muddatlari boʻyicha fiksing
tavsiya etiladi;
- xalqaro andozadagi koʻrsatkich hisoblanadi;
- banklararo pul bozorida keng tarqalgan boʻladi;
- ularni hisoblash mexanizmi ochiq va hamma uchun tushunarli;
- hisoblar tizmiga kiruvchi banklar yuqori kredit reytingiga ega.
187
Oʻzbekistonda pul mablagʻlari banklararo bozorida oʻrtacha statistik foiz
stavkalarini oʻrnatish tajribasi mavjud emas. Bundan tashqari, banklarning qarz
beruvchi banklar haqida kerakli va ishonchli maʻlumotlarga ega boʻlishlari
zaruriyati mavjud boʻlib, banklararo shartnomalar xulosalari boʻyicha meʻyorlarni
unifikasiya (bir xil) qilish yoʻlga qoʻyilmagan.
Taklif qilinayotgan koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Banklar Assosiasiyasi
(Uyushmasi) tomonidan hisoblab chiqilishi mumkin va ular kelajakda qisqa
muddatli kreditlar foiz stavkalari koʻrsatkichlari (indekslari) vazifasini oʻtaydi.
Hisoblangan koʻrsatkichlar tijorat banklariga bepul taqdim etiladi. Indeks hisoblari
bazasiga (market-meykerlar) kiruvchi banklar, Assosiasiya (Uyushma)ni markaziy
banklar bilan kelishilgan holda ularning banklararo bozordagi mavqyei va faollik
darajasi asosida tanlanadi. Ushbu banklar Markaziy bank meʻyorlariga rioya
qilishlari va bozor balansini tuzishlari lozim. Banklar har bir ish kunida
Assosiasiyaga (Uyushmaga) oʻzlarining kotirovkasini taqdim etadilar va
Assosiasiya (Uyushma) banklarning fiksingini milliy valyuta soʻm boʻyicha chop
etadi. Bunda banklarni eʻlon qilingan stavkalar boʻyicha pul mablagʻlarini
sotishlari yoki sotib olishlari shart emas.
Oʻrtacha statistik foiz stavkalarini hisoblashni unifikasiya (bir xil) qilish
uchun pul mablagʻlari banklararo bozori koʻrsatkichlarini shakllantirishni yagona
uslubi ishlab chiqilishi zarur (keyingilarda uslub deyiladi). Bankning banklararo
bozor milliy koʻrsatkichlarda ishtirok etishi bevosita uning obroʻyiga va moliyaviy
holatiga bogʻliq boʻladi. Market-meykerlar dastlab pul mablagʻlari banklararo
bozori koʻrsatkichlarini shakllantirish haqida Memorandum imzolashlari lozim.
(keyingi oʻrinlarda memorandum deyiladi). Memorandumda har bir bankning
huquq va majburiyatlari aks ettiriladi. Ular boshqa banklar va market-meykerlar
faoliyati manafaatlariga zid boʻlmasligi yoki bunday holatlardan oʻzlarini tiyishlari
zarur. Memorandum meʻyorlarini buzgan ishtirokchilar market-meykerlar
roʻyxatidan chiqariladi. Ushbu hujjatlarning mavqyeini oshirish uchun ularni
dastlab Markaziy bank va tijorat banklari bilan kelishlgan holda amalga oshirilishi
maqsadga muvofiqdir.
188
XX asrning 90-yillari boshlarida jahondagi zayomlarning 80%i
yevrozayomlar hissasiga toʻgʻri keldi. Yevrozayomlarning asosiy ustunligi
shundaki, ular kreditor va qarzdorlar uchun ham valyuta zayomi mavqyeiga ega
boʻladi. Zayomlarning bu turlari Buyuk Britaniya, AQSHda tarqalgan. Yana
boshqa bir farqi anʻanaviy xorijiy zayomlar biror mamlakat milliy bozorida
chiqarilsa, yevrozayomlar esa bir paytda bir necha davlatlarda tarqatiladi.
Yevroobligatsiya, odatda, 7 yildan 15 yil muddatga chiqariladi. 80-yillarda 30 va
hatto, 40 yil muddatli obligatsiyalar chiqarildi. Asosiy zayom chiqaruvchilar
sifatida, davlat, xalqaro tashkilotlar mahalliy hokimiyat organlari, davlat
tashkilotlari faoliyat koʻrsatgan. Yevrozayomlar, odatda, yirik banklar tomonidan
chiqarilgan. Bu yirik banklar yevrozayomlarni xalqaro konsorsiumlar va sindikat
tashkilotlari sifatida chiqardilar. Konsorsiumlar faoliyatiga banklar, har xil moliya-
kredit institutlari: pensiya fondlari, cugʻurta va investitsion kompaniyalarni jalb
qildilar. Jahon moliya bozorida har xil turdagi oddiy yoki “doimiy”, “suzuvchi”
foiz stavkali, nol foizli (kupon bilan), konvertirlangan obligatsiyalar kabilar amal
qiladi. Bu obligatsiyalarning 60%ini oddiy obligatsiyalar tashkil qiladi va bu
boʻyicha obligatsiya emitenti zayom muddati tugaguncha mustahkam (oʻzgarmas)
foiz toʻlaydi. “Suzuvchi” stavkali obligatsiyalar stavkasi va daromadi ham bozor
foizlari oʻzgarishiga bogʻliq holda tebranib turadi.
Obligatsiyalar boʻyicha suzuvchi foiz stavkalari Libor stavkasida
ifodalanadi.
Oʻzgaruvchi stavkali obligatsiyalar farqli ravishda indeksatsiyalangan foizli
obligatsiyalar hisoblanadi.
Foiz stavkasining makroiqtisodiy darajada harakat qilishdagi asosi boʻlib
bozor jarayonlarining rivojlanishi va kreditga toʻlov miqdorining erkin oʻzgarishi
sharoitida xoʻjalikda oʻrtacha foyda normasi hisoblanadi. Foyda normasidan u
yoki bu tomonga oʻzgarishiga taʻsir qiluvchi omillarni umumiy va maxsus
omillarga boʻlamiz. Umumiy omillarga qarz mablagʻalariga talab va taklifning
oʻzgarishi, Markaziy bank siyosati, pul qadrsizlanishi darajasi.
189
Aktiv operatsiyalar boʻyicha foiz stavkasini aniqlovchi xususiy omillarga
quyidagilar kiradi:
Ssuda hajmi va uni qaytarish muddati;
Taʻminot va uning xarakteri;
Ssuda kapitalining hajmi;
Qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va boshqalar.
Ssuda foizlaridan foydalanish mexanizmi, bir tomondan, foiz mohiyatini
tovar ishlab chiqarish sifatida, boshqa tomondan, foiz siyosatini oshirish
maqsadida aniqlaydi.
Banklarning foiz siyosati bugungi kunda bank likvidligini taʻminlash va uni
optimal boshqarishga qaratilishi kerak. Ssuda foizining differensatsiyasi aktiv
operatsiyalar boʻyicha qoʻyilmalar likvidligiga bogʻliq holda boʻlishi lozim. Milliy
iqtisodiyotda bank foizining rolini oshirish, uning bevosita taʻsir doirasini
kengaytirish va iqtisodiy jarayonlarni tizimlashtirishga yordam beradi.
Depozitlar va kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, ularning summasi, ularni
toʻlash vaqti davri, toʻlash shartlari va boshqalar mijoz bilan bank oʻrtasida
kelishib olinadi va tuziladigan shartnomada aks ettiriladi. Kreditlar boʻyicha foiz
stavkalar kreditning muddati, qarz oluvchi tomonidan tavsiya qilingan garov holati
va qiymati, uning likvidliligiga, kredit resurslari baxosiga, kredit riskning darajasiga
qarab tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi va u kredit shartnomada aks
ettiriladi. Kredit boʻyicha foizlar muddati kelganda memorial order bilan
rasmiylashtirilib, mijozning asosiy talab qilib olinguncha boʻlgan depozit
varagʻidan grafik boʻyicha undirib olinadi.
Foiz darajasi kredit bitimi tomonlari oʻrtasidagi kredit resurslariga boʻlgan
talab va taklifni hisobga olgan holda shartnoma orqali aniqlanadi.
Markaziy bank doimiy ravishda toʻgʻridan toʻgʻri ssuda foiz normasini
maʻmuriy boshqaruvidan uning darajasini qayta moliyalashtirish foiz stavkasini
oʻzgartirish va majburiy rezervlar normasini manevrlash orqali tartibga solishning
iqtisodiy usullariga oʻtayapti.
190
Ssudalar boʻyicha foiz stavkalari tijorat banklari tomonidan kredit
kelishuvining aniq shartlarini hisobga olib oʻrnatilmoqda, yaʻni ssuda hajmi va uni
tugash muddati, taʻminot mavjudligi, mablagʻlarni jalb qilishdagi xarajatlar,
kreditni rasmiylashtirish va nazorat boʻyicha xarajatlar, qarz oluvchining kreditga
layoqatliligi va boshqalar.
Bank passiv operatsiyalari boʻyicha foiz boʻsh pul mablagʻlarini vaqtincha
omonatlarga jalb qilish stimuli sifatida oshib bormoqda.
Foizlarning oʻtkazilishi va undirilish tartibi shartnomada belgilanadi.
Amaliyotda ssuda kunlari sanasi yaqinlashishi bilan oddiy foizlar hisoblash
usulidan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda foizlarni toʻlash manbasi kredit qoʻyilmalarining
yoʻnalishidan kelib chiqib turlichadir. Qisqa muddatli ssudalar boʻyicha toʻlovlar
mahsulot tannarhiga qoʻshiladi, uzoq muddatli va muddati oʻtgan kreditlar
boʻyicha xarajatlar korxona soliqqa tortilgan foydasiga olib boriladi.
Zamonaviy mexanizmning xususiyati bevosita foizlar boʻyicha daromad va
xarajatlarning bank yakuniy moddiy manfaatlari bilan bevosita bogʻliqligi
hisoblanadi.
Bank ssuda kapitalining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari umumiy
summasining joylashtirilgan mablagʻlar hajmiga nisbatan ifodalaydi.
Ssuda kapitalining tannarxi, yaʻni bank xarajatlari 2 asosiy elementlardan
tarkib topgan:
•
Resurslarni shakllantirish boʻyicha xarajatlar;
•
Bank faoliyatini taʻminlovchi xarajatlar.
Birinchi guruh xarajatlarga – jalb qilinadigan depozitlar (muddatli va talab
qilib olingunga qadar depozitlar)ga toʻlovlar, Markaziy bankning resurslariga foiz,
banklararo ssudalar boʻyicha, qimmatli qogʻozlar boʻyicha va boshqalar.
Ikkinchi guruhga boshqa operatsion va bank maʻmuriy boshqruv xarajatlari
kiradi. Jumladan:
qimmatliklar va hujjatlarni tashish uchun transport ijarasi xarajatlari;
191
blankalar, magnit lentalar va boshqa narsalarni sotib olish uchun
xarajatlar;
hisoblar markazi xizmatlariga xarajatlar;
amortizatsiya xarajatlari;
bank xodimlariga ish haqi xarajatlari;
binolarni saqlash va taʻmirlash xarajatlari.
Amaliyotda ssuda kapitalining tannarxi aktiv operatsiyalar boʻyicha foiz
darajasini aniqlashda ularni bergan vaqtdan boshlab foizlar hisoblash boshlanadi.
Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Quyi
foiz darajasi bankning jalb qilish va faoliyatini taʻminlash boʻyicha xarajatlari
orqali aniqlanadi. U kreditlash resurslariga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq boʻlib
hisoblanadi.
Har bir alohida olingan bitimda foiz normasini hisoblashda tijorat banklari
quyidagilarni hisobga oladi:
•
Bazaviy foiz stavkasining darajasi, bu maʻlum davrga taʻminlangan
ssudalar boʻyicha bankning eng kreditga layoqatli mijozlari uchun oʻrnatiladi;
•
Alohida har bitim sharoitidan kelib chiqib riskni qoʻshish.
Bazaviy foiz stavkasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bazaviy foiz stavka = S
1
+ S
2
+ P; (1)
Bu yerda:
S
1
- rejalashtirilayotgan davrda barcha kredit resurslarining oʻrtacha real
bahosi;
S
2
- bank faoliyatini taʻminlash boʻyicha rejalashtirilayotgan xarajatlarning
joylashtirilayotgan mablagʻlar hajmiga nisbati;
P – bank ssuda operatsiyalarining rejalashtirilgan foydalilik darajasi.
Kredit resurslarining oʻrtacha real bahosi (S
1
) oʻrtacha tortilgan formula
boʻyicha hisoblanib alohida resurs turi bahosi va uning bank umumiy jalb qilingan
resurslar summasidagi ulushidan kelib chiqib hisoblanadi.
192
Oʻz navbatida, alohida bank jalb qilgan resursning oʻrtacha haqiqiy bahosi
mazkur resurs bozoridagi nominal bahosi va majburiy zahira normasiga
korrektirovka asosida aniqlanadi.
Riskni hisobga olgan holatda quyidagi mezonlardan kelib chiqib
guruhlanadi:
•
qarz oluvchining kreditga layoqatliligi;
•
ssuda boʻyicha taʻminot va uning xarakteri;
•
mijozning bank bilan mustahkam aloqasi;
•
foizlarni hisoblash usullari;
•
qarz oluvchining kredit muddatiga rioya qilishligi.
Ma’lumk,i ssuda foizi bank daromadini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi
va jalb qilingan mablagʻlarga toʻlovlar uning xarajatlari tarkibida muhim oʻrin
egallaydi. Bank foiz marjasi bank aktiv va passiv operatsiyalari boʻyicha oʻrtacha
foiz stavkalari orasidagi farq muhim maʻno kasb etadi.
Quyidagicha aniqlanadi:
D
p
- R
p
* 100 %
M
fakt
=
(3)
A
d
Bunda:
M
fakt
- foiz marjasining amaldagi hajmi;
D
p
- foizli daromadlar;
R
p
- foizlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar;
A
d
- foiz koʻrinishida daromad keltiruvchi aktivlar.
Foiz marjasining tahlili quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi:
amaldagi foiz marjasini bazaviy bilan solishtirish usuli;
foiz marjasi komponentlarini oʻzgarishining tahlili.
Tahlil koʻrsatkichlari daromad (xarajat)larning qaysi kategoriyasi uning
umumiy oʻzgarishiga olib kelishini aniqlash imkonini beradi.
193
Kredit qoʻyilmalari va ularning manbalarining hajmi va tarkibi, toʻlovlar
muddati qoʻllaniladigan foiz stavkalar xarakteri va boshqalar foiz marjasining
hajmiga taʻsir qiluvchi asosiy omillar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |