Microsoft Word aktiv va passiv êèòîáè


§  9.3. Tijorat banklari investitsiya portfelini sifatini tavsiflovchi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/149
Sana30.06.2022
Hajmi1,91 Mb.
#720338
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149
Bog'liq
Aktiv va passivlarni boshqarish SAMISI

 
§ 
9.3. Tijorat banklari investitsiya portfelini sifatini tavsiflovchi 
koʻrsatkichlar 
Tijorat banklarini investitsiya portfelini sifatini baholashda xalqaro bank 
amaliyotida bir nechta koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan asosiylari sifatida 
quyidagilarni koʻrsatish mumkin. 
1. Bir emitentning qimmatli qogʻozlariga qilinadigan investitsiyalarni 
maksimal miqdori. 
Tijorat banki tomonidan bir emitentning qimmatli qogʻozlariga qilinadigan 
investitsiyalar summasi, bank birinchi darajali kapitalini 15 foizidan oshib 
ketmasligi kerak.
2. 
Oldi-sotdiga 
moʻljallangan 
qimmatli 
qogʻozlarga 
qilingan 
investitsiyalarni maksimal miqdori. 
Tijorat banki tomonidan oldi-sotdi uchun moʻljallangan qimmatli 
qogʻozlarga qilingan investitsiyalarni jami summasi bank birinchi darajali 
kapitalini 25 foizidan oshib ketmasligi kerak.
3. Barcha emitentlarni qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalarning 
maksimal miqdori. 
Tijorat banki tomonidan barcha emitentlarni qimmatli qogʻozlariga 
qilingan investitsiyalar summasi bank birinchi darajali kapitalini 50 foizidan oshib 
ketmasligi kerak.
4. Bank investitsiya portfelining daromadlilik darajasi. 
IPd = (P

– P0) : P
0
 
Bu yerda: 
IPd – investitsiya portfelining daromadlilik darajasi; 
P

– investitsiya portfelining soʻnggi qiymati; 
P0 – investitsiya portfelining boshlangʻich qiymati. 
5. Investitsiya portfelining diversifikatsiya darajasi. 
Bir emitentning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalarni 
investitsiya portfelidagi ulushi 7 foizdan oshib ketmasligi kerak. 


105 
6. Yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarni investitsiya portfelidagi salmogʻini 
oʻzgarishi.
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarini yuqori likvidli qimmatli 
qogʻozlarga qilingan investitsiyalari, bir tomondan, ularni joriy likvidliligini 
taʻminlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, Markaziy bankning ochiq bozor 
operatsiyalari hajmini oshirish imkonini beradi. 
Yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar sifatida, odatda, Hukumat tomonidan 
muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, Markaziy bankini qimmatli qogʻozlari 
va toʻlovi, Hukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qogʻozlar kiradi.
Mamlakatimizda uzatma tijorat veksellari, yaʻni trattalar muomalasini 
mavjud emasligi Markaziy bankka diskont kreditlari berish imkonini bermaydi. 
Mamlakat Markaziy bankida lombard kreditlarining mavjud emasligi uni 
qayta moliyalash siyosatini samaradorligiga salbiy taʻsir koʻrsatadi va mazkur 
kreditlarni berilmayotganini sababi Hukumatni qimmatli qogʻozlarini emissiya 
qilishni toʻxtatilganligidadir. Chunki, Markaziy bank faqat hukumat qimmatli 
qogʻozlarini oʻzining lombard kreditlari uchun garov obyekti sifatida tan oladi. 
2017-yilning 1 yanvar holatiga, qimmatli qogʻozlarga qilingan 
investitsiyalarni brutto aktivlar hajmidagi salmogʻi TIF Milliy bankida 0,5 foizni, 
Sanoatqurilishbankda – 0,4%, Ipotekabankda - 0,2 foizni tashkil etdi
22

2019-yil qimmalbaho qogʻozlarni umumiy hajmi 25 trln. tashkil etdi va 
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6% ni tashkil etdi 605 ta aksioner jamiyati mavjud 
boʻlib ularni 85% davlatga tegishli jamiyatdir. 105 ta aksioner jamiyatdan atigi 5% 
aksiya fond bozorida ishtirok etgan. Shuning uchun aholi va investorlar fond 
bozorida faolligi sust boʻlgan.
23
Ushbu holat tijorat banklari investitsion operatsiyalarini daromadliligiga va 
ularni joriy likvidliligiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga keltiradi. 
22
Мазкур банкларнинг “Банк ахборотномаси” газетасида эълон қилинган 2017 йил натижалари бўйича 
йилилк ҳисоботлари маълумотлари асосида муаллиф томонидан ҳисобланди. 
23
Банк,пул кредит журнали №11 2019 йил стр 37 Азизов Улуғбек Капитал бозор: иқтисодий ўсишни 
таминотчи драйвер. 


106 
Respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelida xorijiy valyutalarda 
emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar mavjud emas. Demak, banklarni investitsiya 
portfeli milliy valyuta-soʻmda emissiya qilingan qimmatli qogʻozlardan iborat. Bu 
esa, respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelini moliyaviy risklarga 
taʻsirchanligini oshiradi. Bunda inflyatsiya va devalvatsiya taʻsirida banklarni 
qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarini real qiymatini pasayish xavfi 
yuzaga keladi. 
Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish