Agar burchak to’pini o’yinga kirituvchi darvozabon to’pga ikkinchi bor qo’li bilan atayin teginib ketsa, unda:
Darvozabonning o’z jarima moydoni tashqarisida bo’lsa, hakam tomonidan qoida buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanadi;
Darvozabonning o’z jarima moydoni ichida bo’lsa, hakam tomonidan qoida buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
Burchak to’plarini kiritish vaqtida qolgan barcha 17 – qoida buzilish holatlarida:
Burchak to’pi qaytatdan kiritiladi.
O’yin g’olibini aniqlash yoki o’yinlar natijasi mexmonda va uyda
O’yin durang natija bilan yakunlangan paytda, turnir reglamentida ishtirokni davom ettirish uchun keyingi bosqichga jamoalardan biri chiqishi talab qilinsa, 11-metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar g’olibni aniqlash uchun yagona yo’l hisoblanadi. Amalga oshirish jarayoni
Bosh hakam zarbalar yo’llanadigan davrozani aniqlaydi.
Bosh hakam qur’a tashlaydi va qaysi jamoa sardori qur’ada yutib chiqsa o’sha jamoa birinchi bo’lib zarbani ijro etish huquqini qo’lga kiritadi.
Bosh hakam ijro etilgan zarbalarni yozma ravishda qayd etib boradi.
Quyida keltirilgan shartlarga asosan jamoalar 5 marotabadan zarba ijro etadi.
Har bir jamoa o’yinchisi navbat bilan zarbani ijro etadi.
Agar penaltilar seriyasiga tugaguncha jamoalardan biri 5ta zarbadan kiritgan gollari soni, ikkinchi jamoa ham xuddi shuncha zarba ijro etib kiritgan gollari soniga amaliy jihatdan eta olmasa, unda 11-metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar to’xtatiladi.
Agar ikkala jamoa ham 5ta zarbadan urgan gollari soni teng bo’lsa yoki umuman urilmagan bo’lsa, unda jamoalardan biri 1tadan zarba ijro etishda raqibidan bitta gol ko’p urguncha o’sha tartibda davom etaveradi.
Darvozabon, penaltilar seriyasi davomida darvozaga tur olmaydigan darajada jaroxat olsa, unda musobaqa reglamentiga ko’ra maksimal darajada o’yinchilarni almashtirmagan bo’lsa, zaxirdagi futbolchi bilan almashtirishlishi mumkin.
Ikkinchi bo’limning asosiy vaqti yoki qo’shimcha vaqti(agar qo’shimcha taym musobaqa reglamentida mavjud bo’lsa) tugagan
mahalida maydonda harakat qilgan o’yinchilar 11-mertlik nuqtadan zarba ijro etish huquqiga ega.
Futbolchilar bir marotabadan zarba berishadi, agar barcha o’yinchilar bir martadan zarba ijro etib bo’lishsagina, ularga yana tepish huquqi beriladi.
11-metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar vaqtida, har bir o’yinchi hakam ruxsati asosida o’z darvozabon bilan zarba berishda
almashishi mumkin.
11-metrlik nuqtadan beriladigan zarbadan oldin faqatgina zarba beruvchi futbolchi bilan hakamga jarima maydoni ichida