Microsoft Word 7 -mavzu. Muh


His-tuyg‘u yoki hissiyot xotirasi



Download 357,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana21.05.2022
Hajmi357,19 Kb.
#606659
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
7 -mavzu

His-tuyg‘u yoki hissiyot xotirasi.
Bu xotira his-tuyg‘ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, 
ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va 
hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan 
doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida 
hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi. 
Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o‘z-o‘zimizga bo‘lgan munosabatlarimizdan kelib 
chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish, esda saqlash, esga 
tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb ataladi. Boshimizdan kechirgan va 
xotiramizda saqlanib qolgan hissiyotlar harakatga undovchi va o‘tmishda salbiy kechinmalarga 
ega bo‘lgan harakatlardan saqlanib qoluvchi signal tarzida namoyon bo‘ladi. 
Hissiy xotira o‘zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi bilan 
xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. Har bir odamga o‘z turmush 
tajribasidan ma’lumki, ko‘pincha, qachonlardir o‘qigan kitoblar, tomosha qilgan kinofilmlar 
faqat «taassurotlar», bog‘lanishlar zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon 
bo‘ladi. Shuning uchun hissiy xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan 
odamlar kayfiyatlari bir-birlariga o‘xshashligi, iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish yoki noxush 
kechinmalar to‘lqinini barpo etish ehtimoli to‘g‘risida mulohaza yuritilayotgan alomati ostida 
ijtimoiy guruhiy, jamoaviy, barqaror va beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi. 
Obrazli xotira
– tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar
ta’mlar, ranglar shakllar, bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol 
mazmunni, binobarin, narsa, hodisa-larning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va 
bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug‘ilganida esga 
tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi.
Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir necha turlari ajratib ko‘rsatiladi va ular 
quyidagilardan iborat. 
Izchil obrazlar sensor xotiraning eng sodda ko‘rinishi yoki shakli izchil obrazlardan 
iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo‘lish hodisasi quyidagilardan tuziladi: agar sub’ektga 
bir necha daqiqa oddiy qo‘zg‘atuvchi yuborilsa, jumladan 10-15 sekund yorqin qizil kvadratga 
qarab turish taklif etilsa, so‘ng tekshiruvchi oldidan kvadrat olib quyilsa, u qizil kvadrat o‘rnida 
xuddi shunday geometrik shakl izini ko‘rishda davom etadi. Asosan bu shakl ko‘pligi rangda 
tovlanadi. Mazkur iz o‘sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo bo‘lib, 15 sekunddan 
to 45-60 sekundgacha o‘sha ob’ektda saqlanib turadi, shundan so‘ng asta-sekin oqara boshlaydi. 
Natijada o‘zining aniq qon turini yo‘qotadi, keyinchalik mutlaqo yo‘qolib ketadi. Goho butunlay 
yo‘qolishi uchun qaytadan paydo bo‘lishi mumkin. Odamlarning individual psixologik 
xususiyatlariga qarab, izchil obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo‘lishi ko‘zga 
tashlanadi. 
O‘zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatidan izchil obrazlar salbiy va ijobiy turlarga 
bo‘linadi. Agar kuchli ravishda odam qizil rangga qarab turib, so‘ngra nigohini oq qog‘ozga 
ko‘chirsa, u holda ob’ektda ko‘k-yashil rang paydo bo‘lganday ko‘rinadi. Izchil obrazlarning 
ushbu turi salbiy, izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir misol orqali tushuntirilsa
quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon bo‘ladi. Qorong‘u xonada ko‘z oldida bir narsaga, 
masalan, qo‘l yaqinlashtirilsa so‘ngra qisqa muddatli (0,5 sek) elektr chirog‘i yoqilsa, bu holda 
chiroq o‘chgandan keyin odam bir necha daqiqa davomida narsalarning aniq obrazini ko‘rishda 
davom etadi. Mazkur obraz o‘z rangida bir qancha muddat saqlanib, so‘ng ko‘zdan yo‘qoladi. 
Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo‘la oladi. Chunonchi, 
hodisalarga qarab uzaytirish ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mumkin emas. Binobarin, izchil 
obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihatlari bilan farqlanadi. 
Izchil obrazlarning eshitish turi orqali sezishda kuzatish mumkin, lekin bu vaziyatda 
izchil obrazlar kuchliroq namoyon bo‘lishini va qisqa muddat davom etishi kuzatiladi. 
Eydetik obrazlar psixologiyada izchil obrazlardan eydetik obrazlarni farqlash an’ana 
tusiga kirgan bo‘lib, “eydos” yunoncha “obraz” degan ma’noni anglatadi. Xotiraning bu turi, 
ya’ni eydetik obrazlar o‘z vaqtida nemis psixolgiya maktabining namoyondalari aka-uka 
Yenishlar nomidan ta’riflab berildi. Ba’zi odamlar shu davrlarda kuzatilgan narsa yoki suratlar 
ko‘z o‘ngidan olib qo‘yilsa ham surat siymosi uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega. 
Mazkur narsa va jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarni kuzatish mumkin. Bu hodisa jahon 
psixologiya fanida tajribada tekshirib ko‘rilgan. Tajribada tekshiriluvchiga 3-4 minut davomida 
rasm ko‘rsatilgan va tasvir olib qo‘yilgandan so‘ng uning tarkibiy qismlari, tuzilishi haqida 
qatnashchilarga savollar berilgan. Bu jarayonlarda tekshiruvchilar birorta savolga javob bera 
olmagan bo‘lsalar, aniq texnik obrazga ega bo‘lgan ishtirokchilar esa rasmni davom etishgandek 
har bir savolga aniq javob berishga erishganlar.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson ongida saqlanishi 
mumkin. Mabodo ularning yo‘llari yopilib qolgan bo‘lsa ham, lekin hech qanday 
qiyinchiliklarsiz ularning siymosi qayta tiklanishi mumkin.
Rus psixologiyasida eydetik obrazlarning namoyon bo‘lish hodisasi A.R. Luriya 
tomonidan ko‘p yillar davomida o‘rganilgan va shunga ko‘ra eydetik xotiraning individual 
tipologik xususiyatlari chuqur ta’riflab berilgan. Eydetik obrazlar harakatlanish xususiyatiga ega 
bo‘lib, sub’ektlarning oldiga qo‘yilgan vazifa va uning tasavvurlari ta’siri ostida o‘zgartirish 
mumkin.
Aka-uka Yenishlar tomonidan o‘tkazilgan oddiy tajribada eydetik xotiraga ega bo‘lgan 
tekshiruvchiga olma va undan sal uzoqroqda joylashgan ilmoq tasvirlangan rasm ko‘rsatilgan. 
Rasm o‘rtasidan bo‘lib, qo‘yilgandan keyin tekshiruvchida olmani olib qo‘yish istagi kuchayib 
borayotgani so‘ralgan. Muayyan yo‘l-yo‘riq berilgandan keyin tekshiruvchi mana bunday holatni 
tasvirlab beradi: ilmoq olmaga yaqinlashib, uni iladi va ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon 
tortadi. Xullas, eydetik obrazlar harakatchan bo‘lib, sub’ektning ruhiy ko‘rsatmasi ostida sifat va 
miqdor o‘zgarishiga yuz tutadi. Ilmiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, eydetik obrazlar bolalik 
va o‘spirinlik davrlarida muayyan muddat xukm suradi va vaqtning o‘tishi bilan asta-sekin so‘na 
boradi. 
Psixofarmokologik tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, eydetik obrazlarni kuchaytiruvchi 
kaliy ionlari va shuningdek uning kuchsizlantiruvchi kalsiy ionlari moddalari mavjuddir. Ilmiy 
izlanishlardan olingan miqdoriy materiallar eydetik obraz paydo bo‘lishining psixologik 
ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat qiladi. 
Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi bo‘lib hisoblanadi va ularning 
xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, meva, gul to‘g‘risida tasavvurga ega 
ekanligi shuni ko‘rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari sub’ektning ongida shu obrazlarning izlarini 


qoldirgan. Ilmiy tushunchalar talqin qilinganda tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda 
yaqindek tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar haqidagi psixologik tahlil shuni ko‘rsatadiki, tasavvur 
obrazlari unga qaraganda ancha boy bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tasavvur 
obrazlarining eydetik obrazlaridan ajratuvchi farq tasavvur obrazlarining polimodallik 
xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari ko‘rish, eshitish, teri orqali sezish 
izlarining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva to‘g‘risidagi tasavvur obrazi uning 
tashqi ko‘rinishi, mazasi, og‘irligi, vaznini o‘zaro birlashtirib aks etadi. 
Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan asosiy farqi shundan iboratki, u narsa va 
hodisa haqidagi tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta ishlashni o‘z tarkibiga kiritadi va jismlarning 
asosiy xususiyatlari ajratilib, ma’lum kategoriyaga birlashtiriladi. Inson gul obrazini faqatgina 
esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir so‘z yoki tushuncha bilan aytadi, nomlaydi, 
xususiyatlarni ajratib ko‘rsatadi, aniq bir kategoriya mohiyatiga kiritadi.
Demak, tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsalarning izini sust 
ravishda saqlab balki, bir qator tasavvur bilan boyitadi, narsa mazmuni va mohiyatini tahlil qilib, 
u haqida o‘z bilimlari, tushunchalari kabilarni tajriba bilan bog‘lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni 
amalga oshiradi. Bularning barchasi irodaviy sifatlar, aqliy zo‘riqish, asabiy taranglashuv 
natijasida ruyobga chiqishidan dalolat beradi. 
Tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyati mahsuli bo‘lib, ular izchil yoki eydetik 
obrazlarga nisbatan murakkab psixologik hodisadir. Tasavvur obrazlari xotira izlarining 
murakkab turi bo‘lib uning aqliy jarayon bilan yaqinligi inson bilish faoliyatini muhim tarkibiy 
qismidan iborat ekanligidan dalolat beradi.

Download 357,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish