Diqqat o‘z-o‘zini nazorat qilish jarayonini samaradorliligini oshiradi. 5. Agar diqqatni faoliyat sifatida ko‘rib chiqsak, psixik nazorat diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakterini tavsiflaydi va aqliy haraatlarni shakllanishini ta’minlaydi. 6. Ixtiyoriy diqqat faoliyatning mahsuldorligini ta’minlaydi. Diqqat boshqa bilish jarayonlari kabi rivojlanish bosqichlariga ega. Inson hayotining
birinchi yilida bolada ixtiyorsiz diqqat rivojlangan bo‘ladi. Bola dastlab faqatgina tashqi
ta’sirlargagina javob qaytaradi. Bu holatda tashqi qo‘zg‘atuvchi yorqinlik harakteriga ega
bo‘lishi kerak, masalan qorong‘u xonadan yorug‘ xonaga o‘tishi bilan yoki qattiq tovush
eshitilishi bilan kuzatiladi.
Hayotining uchinchi oyidan boshlab esa, bola o‘z hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan
ob’ektlarga faol qiziqa boshlaydi va diqqati ularga yo‘naltiriladi. Bola hayotining beshinchi va
yetinchi oyida predmetlarga uzoq vaqt diqqatini qarata oladi va ularni ushlab, paypaslaydi va
og‘ziga solib ularni o‘rganishga intiladi. Ayniqsa, yorqin va aniq predmetlarga qiziqish oratadi.
Bu holat ixtiyorsiz diqqatni yetarlicha rivojlanganligini anglatadi.
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi inson umrining birinchi yilini oxiri va ikkinchi yilning
boshlarida shakllana boshlaydi.
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi va shakllanishi bola tarbiyasi bilan bog‘liq. Bolani o‘rab
turgan muhit uni nima qilishga emas, nimani qanday qilishga o‘rgatadi. N.F.Dobrininning
fikricha, tarbiya natijasida bola o‘rgatilgan vazifalarni ongli ravishda bajarishga intiladi.
Bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlanishida o‘yinning o‘rni beqiyosdir. Bola o‘yin jarayonida
o‘z xatti-harakatlarini koordinatsiyalashga va ma’lum bir qonun qoidalarga buysundirishga
intiladi. Ixtiyoriy diqqat bilan hamkorlikda ixtiyorsiz diqqat ham shakllanadi. Bolaning o‘z
hayoti davomida predmtlar va hodisalar bilan tanishib borishi natijasida uning diqqati ko‘lami
ham ortib boradi va qiziqiqshlar doirasi kengayadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning diqqatida ixtiyoriy diqqatning beqaror bo‘lishi
bilan harakterlanadi. Bola tashqi qo‘zg‘atuvchilarga tez beriladi. Uning diqqati haddan tashqari
emotsional — bolada o‘z xissiyotlarini boshqarish ko‘nikmasi yaxshi rivojlanmagan. Shu bilan
birga ixtiyorsiz diqqat yetarlicha barqaror, uzoq muddatli va konsentratsiyalashgan. Bolada
irodaviy xarakatlarni rivojlantirish orqali uning ixtiyoriy diqqati shakllana boshlaydi.
Ixtiyoriy diqqatning shakllanishiga maktab ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Maktabdagi o‘quv
topashiriqlari boladagi ixtiyoriy diqqatni rivojlanishiga olib keladi. Bola bir soat o‘quv
mashg‘ulotida o‘tirish orqali u o‘z xulq-atvorini nazorat qilishni o‘rganadi. O‘quv yilining
boshida darslarda o‘tirish bola qiyinchilik tug‘dirgani uchun malakali pedagoglar o‘z darslarini
rang-barang o‘tkazishga intiladilar. Shu bilan birga bu davrda bolada ko‘rgazmali-obrazli
tafakkur shakllangan bo‘lishini ham hisobga olish kerak.
Yuqori sinflarda diqqatning rivojlanishi yuqori darajaga chiqadi. Maktab o‘quvchisi endi
uzoq muddat bir faoliyat turi bilan shug‘ullanishi va o‘z xulq-atvorini nazorat qilishi mumkin.
Bir narsani alohida e’tiborga olish lozim, diqqatning rivojlanishiga faqatgina tarbiya emas, balki
yosh xususiyatlari ham ta’sir etadi. Masalan, 13-15 yoshdagi psixofiziologik o‘zgarishlar ham
inson organizmida qo‘zg‘aluvchanlik yoki tushkunlik ortadi, bu esa diqqatning barqarorligini
biroz susaytiradi.