3.Pedagogik ta’sirning ta’lim-tarbiyadagi o’rni
Respublikamiz istiqlolga erishgan hozirgi davrda shaxsga chuqur, asosli va umumiy
talablar qo’iladi, lekin ikkinchi tomondan, shaxsga katta hurmat ko’rsatiladi. Bu shaxsga
bo’lgan talablarni va unga bo’lgan izzat-hurmatni birga qo’shish - ikki xil zarur shart bo’lib,
pedagogning bolalarga bo’lgan munosabatlarining chinakkam insonparvarligidir. Pedagogik
ta’sir ko’rsatish usullari o’z tarbiyalanuvchilari taqdiriga beparvo bo’lgan kishilar qo’lida sof
kasb-korlik vositalari emas, balki insonlar orasidagi jonli munosabatlar majmuidir.
Umuman, pedagogik ta’sir ko’rsatish usullarini mukammal egallamasdan va undan
mohirona foydalanmasdan turib ta’lim-tarbiya sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib
bo’lmaydi.
Ijtimoiy ruhiyat nazariyasida va pedagogik amaliyotda o’ zaro fikr almashishda ta’sir
ko’rsatish ikki usulda olib boriladi: ishontirish va ta’sir etish. Rus pedagogi Uspenskiy
“Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo’li ishontirishdir, odamning e’tiqodiga esa faqat
ishontirish bilan ta’sir qilish mumkin”, degan edi. O’qituvchi faoliyati o’z o’quvchilarini
ishontirish va ta’sir etishni talab qiladi. Pedagogning barcha ta’sirlari: tarbiyalanuvchilarning
munosabatlari, fikrlari, his-tuyg’ulari, harakatlarini o’zgartirishga va mustahkamlashga
yo’naltirilgan bo’lib, u muhit va tabiatning hamkorligiga ta’sirlanadi. O’zaro hamkorlikda
ta’sir ko’rsatishning natijasi ishonchdir. Ishonch asosida o’qituvchining bilimlar tizimi,
dunyoqarashlari, munosabatlari va xulq-atvori shakllanadi.
Ishonch –
o’zaro hamkorlikdagi ta’sir etishning natijasi ekanligini ko’ramiz. Ishonch ikki
xil, ya’ni haqiqiy va soxta turlarga bo’linadi. Haqiqiy ishonch real borliq hayot talablariga
mos bo’lib, u insonni qadrli, obro’li qiladi. “Bolalikka buyuk hurmat-ehtirom bilan qarash
lozim”, degan Iuvenal (123-b). Inson o’z ishonchini himoya qilish uchun o’limga ham boradi.
Soxta ishonch o’zi va birovlarning salbiy tajribasi, qarashlari asosida hosil bo’ladi.
O’quvchilardagi soxta ishonchni o’zgartirish uchun o’qituvchi ko’p kuch sarflaydi. U uch
yo’nalishda olib boriladi: sinf jamoasida sog’lom ijtimoiy fikrni shakllantirish, qimmatli
maxsus individual tajribani yaratish, noto’g’ri ishonchdagi qarash, bilim, tasavvur,
tushunchalarni bartaraf etish.
Ishonch odamlarning dil rishtalarini bog’lovchi katta kuch. Buning uchun odam
boshqalarga ishonmog’i, ixlos qilmog’i kerak. Halollik, adolat sof vijdonlilik, poklik, so’z va
ish birligi ishonchning mezonlaridir. Ikkiyuzlamachilarga, firibgarlarga, munofiqlarga hyech
kim ishonmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |