CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022
|
Samarkand branch of Tashkent state university of economics.
www.sbtsue.uz
152
TIJORAT BANKLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI
TA’MINLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Bobakulov Tulkin Ibodullayevich
Togayev Salim Sobirovich
Annotatsiya:
Maqolada tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini
ta’minlashning ilmiy-nazariy qarashlari va metodoligik asoslari tahlil qilingan hamda
ushbu metodikalaning amaliy ahamiyatini asoslashga xizmat qiladigan tavsiyalar
shakllantirilgan.
Kalit so‘zlar:
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, foizli
daromad, likvidlik, aktivlar sifati, risk, “CAMELS” reyting tizimi.
Аннотация:
В статье анализируются научно-теоретические взгляды и
методологические основы обеспечения финансовой устойчивости коммерческих
банков, а также даются рекомендации по обоснованию практической значимости
данной методики.
Ключевые слова
: обеспечение финансовой устойчивости коммерческих
банков, процентные доходы, ликвидность, качество активов, риск, рейтинговая
система CAMELS.
Abstract:
The article analyzes the scientific-theoretical views and methodological
bases of ensuring the financial stability of commercial banks, and makes
recommendations to justify the practical significance of this methodology.
Keywords:
ensuring financial stability of commercial banks, interest income,
liquidity, asset quality, risk, CAMELS rating system.
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini baholash
bo‘yicha bir nechta metodikalar mavjud bo‘lib, ular uslubiy jihatdan farq qiladi. Masalan,
“CAMELS” reyting tizimida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini baholashda
aktivlarning foydalilik koeffitsiyentidan foydalaniladi.
Ushbu tizim orqali tijorat banklari moliyaviy mustahkamligining asosiy
komponentlari:
– kapitalning yetarliligi (С);
– aktivlar sifati (A);
– bank menejmenti (M);
– daromadlilik (E);
CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022
|
Samarkand branch of Tashkent state university of economics.
www.sbtsue.uz
153
– likvidlik (L).
– riskga sezgirlik darajasi (S) tahlil etilishi natijasida bankning moliyaviy
mustahkamligini har tomonlama to‘laqonli tahlil qilish va baholash mumkin.
Shunisi harakterliki, “CAMELS” reyting tizimida kapitalning yetarliligi Bazel qo‘mitasi
tomonidan taklif qilingan metodika bo‘yicha baholanadi.
“CAMELS” reyting tizimida har bir komponent bo‘yicha to‘plangan ballar qo‘shilib,
hosil bo‘lgan yig‘indi olti soniga bo‘linadi va hosil bo‘lgan ball tijorat bankiga berilgan
yakuniy baho hisoblanadi.
Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali “CAMELS” reyting tizimining har bir
komponentini ahamiyatliligiga baho beramiz.
1-jadval
«CAMELS» omillari tavsifi[7]
Omillar
Izoh
2
3
1.
“С”
(Capital
adequesy)
Kapitalning yetarliligi
, ya’ni bankning o‘z mijozlarini
kafolatlash uchun zarur bo‘lgan xususiy sarmoyasi miqdori.
Etarli sarmoyaga ega bo‘lgan banklar jiddiy zarar ko‘rgan
taqdirda ham mijozlar o‘z pullaridan ajrab qolishlariga yo‘l
qo‘ymaydi.
2.
“A”
(Asset quality)
Aktivlar sifati.
Bu omil aktivlarning darajasini va balansdan
tashqari moddalarni, shuningdek, gumonli aktivlar va zararlarni
tasniflash asosida muammoli qarzlarning moliyaviy ta’sirini
aniqlaydi.
3.
“M”
(Management)
Bankni boshqaruv sifati.
Bu ko‘rsatkichni tahlil qilish
yordamida ish samaradorligi, bank siyosati, qonun va
yo‘riqnomalarga amal qilish darajasi baholanadi. Va shu asosda
bank
siyosatining
qay
darajada
maqsadga
muvofiq
shakllantirilganligi, uning yozma ravishda belgilangan tartibda
hujjatlashtirilganligi va unga rioya qilinganligi aniqlanadi. Shu
sababli menejment sifatini tahlil etish eng oxirida amalga
oshiriladi.
4.
“E”
(Earning)
Bankning daromadlilik darajasi.
Bu bankning kelgusida
o‘sishi uchun yetarli bo‘lishi nuqtayi nazaridan uning daromadi
yoki foydasini tavsiflovchi omil – ko‘rsatkichdir.
5.
“L”
(Liquidity)
Bankning likvidlik darajasi.
Bu bankning oddiy va
kutilmagan majburiyatlarni yo‘qotishlarsiz bajara olish uchun
CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022
|
Samarkand branch of Tashkent state university of economics.
www.sbtsue.uz
154
zarur darajada mablag‘ bilan ta’minlanganligini tavsiflovchi
ko‘rsatkichdir.
6.
“S”
(Sensitivity to
risk)
Bankning riskga sezgirlik darajasi.
Bu bankning yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan risklarga qanchalik sezgir ekanligini
ifodalaydi.
Unga binoan banklar 5 ball bo‘yicha baholanadi. Nazoratdan o‘tgan bankka har bir
komponent bo‘yicha alohida reyting bahosi berilib, so‘ngra barcha faoliyat bo‘yicha
umumiy reyting bahosi asosida baholanadi. Reyting bahosining eng yuqori darajasi 1
ko‘rsatkichi bilan belgilanib, bunda qaysi komponentda bunday baho berilsa, demak u
xalqaro me’yorlarga to‘liq javob berish darajasida tashkil etilganligidan dalolat beradi.
Prof. I.Yudinaning xulosasiga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlarda tijorat
banklarining daromad bazasining holati bevosita kredit riski darajasiga bog‘liq bo‘lib,
milliy valyutaning qadrsizlanishi natijasida xorijiy valyutada kredit olgan mijozlarni
kreditni qaytara olmay qolishlari kredit riski darajasini oshib ketishiga olib keladi[3].
I.Yudinaning ushbu xulosasi O‘zbekiston bank amaliyoti uchun muhim amaliy
ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining qabul qilinishi bilan
valyuta siyosatini liberallashtirish boshlandi va natijada milliy valyuta AQSH dollariga
nisbatan qariyb ikki barobarga qadrsizlandi (so‘mning AQSH dollariga nisbatan nominal
almashuv kursi 2017 yil 5 sentyabrda amaldagi 4210,00 so‘mdan 8100,00 so‘mga
ko‘tarildi)[2].
Tijorat banklari foizli daromadlarining umumiy hajmida kreditlardan olingan foizli
daromadlar salmog‘ining yuqori va barqaror bo‘lishi ularning moliyaviy barqarorligini
ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, Xalqaro tiklanish va
taraqqiyot banki ekspertlari tomonidan taklif etilgan sof foizli spred koeffitsiyentini
me’yoriy darajasini ta’minlash respublikamiz banklarining kreditlardan olingan foizli
daromadlarning barqarorligini baholashda foydalanish, fikrimizcha, muhim amaliy
ahamiyat kasb etadi.
E.Galiy o‘zining dissertatsion tadqiqoti asosida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi
quyidagi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi, degan xulosaga kelgan:
- kapitalning yetarlilik ko‘rsatkichlari;
- bank aktivlari va passivlarining sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
- bankning daromadliligi (foydaliligi) ko‘rsatkichlari;
- likvidlilik ko‘rsatkichlari[4].
Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida, shu jumladan, taraqqiy etgan
CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022
|
Samarkand branch of Tashkent state university of economics.
www.sbtsue.uz
155
mamlakatlarda tijorat banklari kapitalining yetarliligini baholashda Bazel qo‘mitasi
tomonidan ishlab chiqilgan kapitalning yetarlilik koeffitsiyentlaridan – regulyativ
kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti va birinchi darajali kapitalning yetarlilik
koeffitsiyentidan foydalanilmoqda. Bazel-I standartiga ko‘ra, tijorat banklari regulyativ
kapitalining yetarlilik koeffitsiyenti kamida 0,08 ga, birinchi darajali kapitalining
yetarlilik koeffitsiyenti kamida 0,04 ga teng bo‘lishi kerak[10].
Bazel-II standartida tijorat banklari faoliyatidagi operatsion riskni baholash
bo‘yicha yangi bazaviy indikativ yondashuvni joriy qilinganligi va bozor intizomi
bo‘yicha yangi talablarni ishlab chiqilganligi tijorat banklarining investitsion
jozibadorligini ta’minlash nuqtai-nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Bazel-II standartida taklif etilgan operatsion riskni baholash bo‘yicha bazaviy
indikativ yondashuvga ko‘ra,
KBIA = [(ΣGI1…n x
α
)]/n
,
bu yerda:
KBIA – tijorat bankining kapitaliga bo‘lgan talab;
GI – so‘nggi uch yil mobaynidagi har yillik ijobiy yalpi daromad;
n – o‘tgan uch yil ichida yalpi daromad ijobiy bo‘lgan yillar soni;
α =15% – bu ko‘rsatkich Bazel qo‘mitasi tomonidan indikatorning tarmoq
darajasiga nisbatan o‘rnatilgan[15].
2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, korporativ moliyalashtirish va savdo
operatsiyalari nisbatan yuqori ulushni egallaydi. Buning sababi shundaki, tijorat banklari
aktivlarining umumiy hajmida kreditlar va qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalari
eng yuqori salmoqni egallaydi.
2-jadval
Operatsion riskni baholash bo‘yicha standartlashgan yondashuvda beta
omillar ulushining taqsimoti[17]
Biznes-liniyalar
Beta omillar
Korporativ moliyalashtirish
18%
Savdo
18%
Bankning chakana operatsiyalari
12%
Bankning tijorat operatsiyalari
15%
To‘lovlar va hisob-kitoblar
18%
Agentlik xizmatlari
15%
Aktivlarni boshqarish
12%
Chakana brokerlik xizmatlari
12%
M.Bobrik tomonidan taklif qilingan tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini
baholash uslubiyoti o‘zaro bog‘liq uchta baholash modelidan tashkil topgan:
CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022
|
Samarkand branch of Tashkent state university of economics.
www.sbtsue.uz
156
- tijorat bankining moliyalari tarkibini tahlil qilish hamda baholashni ko‘zda
tutuvchi moliyaviy resurslar va kapital o‘rtasidagi aloqadorlik modeli;
- tijorat bankining moliyaviy resurslaridan foydalanish sifatini tahlil qilish va
baholashga asoslangan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi modeli;
- oldindan belgilangan davriy oraliqda moliyaviy barqarorlikning chegarasini
aniqlash modeli[5].
S.Xasyanovaning fikricha, Xalqaro valyuta fondi (XVF) tomonidan ishlab
chiqilgan tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
tizimi banklarning investitsion jozibadorligini baholash imkonini beradi[6].
Xalqaro valyuta fondi (XVF) ekspertlari tomonidan tijorat banklarining
moliyaviy barqarorligini baholash bo‘yicha 24 ta ko‘rsatkichdan iborat bo‘lgan
ko‘rsatkichlar tizimi taklif qilingan[18].
1. Regulyativ kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati.
2. Birinchi darajali kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati.
3. Regulyativ kapitalning aktivlarga nisbati.
4. Xizmat ko‘rsatilmaydigan kreditlar va qarzlarning, ular bo‘yicha yaratilgan
zaxiralarni chegirib tashlagan holda kapitalga nisbati.
5. Sof daromadning kapitalning o‘rtacha miqdoriga nisbati.
6. Yirik ochiq pozitsiyalarning kapitalga nisbati.
7. Sof ochiq valyuta pozitsiyasining kapitalga nisbati.
8. Bankning aktivlari va passivlari hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha yalpi
pozitsiyalarning kapitalga nisbati.
9. Kapitaldagi ishtirok instrumentlari bo‘yicha sof ochiq pozitsiyaning kapitalga
nisbati.
10. Likvidli aktivlarning jami aktivlarga nisbati.
11. Likvidli aktivlarning qisqa muddatli majburiyatlarga nisbati.
12. Mijozlar depozitlarining jami kreditlar va qarzlarga nisbati.
13. Sof daromadning aktivlarning o‘rtacha miqdoriga nisbati.
14. Xizmat ko‘rsatilmaydigan kreditlar hamda qarzlarning jami kreditlar va
qarzlarga nisbati.
15. Sektorlar bo‘yicha taq
simlangan kreditlar va qarzlarning jami kreditlar va qarzlarga nisbati.
16. Uy-joy ko‘chmas mulkiga berilgan kreditlar va qarzlarning jami kreditlar
va qarzlarga nisbati.
17. Tijorat ko‘chmas mulkiga berilgan kreditlar va qarzlarning jami kreditlar
va qarzlarga nisbati.
18. Hududiy taqsimlangan kreditlar hamda qarzlarning jami kreditlar va
CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022
|
Samarkand branch of Tashkent state university of economics.
www.sbtsue.uz
157
qarzlarga nisbati.
19. Valyutadagi kreditlar va qarzlarning jami kreditlar hamda qarzlarga nisbati.
20. Valyutadagi majburiyatlarning jami majburiyatlarga nisbati.
21. Foizli daromadlarning yalpi daromadga nisbati.
22. Treydingdan olingan daromadlarni yalpi daromadga nisbati.
23. Foizsiz xarajatlarning yalpi daromadga nisbati.
24. Xodimlarga qilingan xarajatlarning jami foizsiz xarajatlarga nisbati.
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning metodologik
asoslarini tadqiq qilish natijasida quyidagi xulosalar shakllandi:
*tijorat banklarining daromad bazasiga baho berishda sof foizli marja ko‘rsatkichi
muhim o‘rin tutadi va bunda sof foizli marja bank aktivlari miqdoriga teskari
proporsional bo‘lib, kreditlar va depozitlar bozoridagi yuqori darajadagi raqobat uning
darajasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi;
*rivojlanayotgan davlatlarda tijorat banklarining daromad bazasining holati
bevosita kredit riski darajasiga bog‘liq bo‘lib, milliy valyutaning qadrsizlanishi natijasida
xorijiy valyutada kredit olgan mijozlarni kreditni qaytara olmay qolishlari kredit riski
darajasini oshib ketishiga olib keladi;
*Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini baholash
bo‘yicha bir nechta metodikalar mavjud bo‘lib, ular uslubiy jihatdan farq qiladi. Masalan,
“CAMELS” reyting tizimida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini baholashda
aktivlarning foydalilik koeffitsiyentidan foydalaniladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYHATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli
“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli
“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi farmoni// O‘zbekistonRespublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –
Toshkent, 2017. – №36.– 945-modda.
3.
Юдина И.Н. Банковская система в развивающихся экономиках: опыт
становления, развития и кризисов. Монография. – М.: ИНФРА-М, 2013. – С. 230-
231.
4.
Галий Е.А. Анализ надежности и инвестиционной привлекательности
коммерческого банка. Автореф. дисс. на дунёсоиск. уч. ст. к.э.н. - Санкт -
Петербург, 2003.- 20 с.
CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022
|
Samarkand branch of Tashkent state university of economics.
www.sbtsue.uz
158
5.
Бoбрик М.А. O пoвышeнии рoли крeдита и банкoв в иннoвациoннoм
развитии экoнoмики Рoссии //Финансы и крeдит. 2011. – № 4. – С. 69.
6.
Хасянoва, С. Ю. O систeмe oцeнки финансoвoй устoйчивoсти банкoвскoгo
сeктoра//Финансы и крeдит. – 2012. – № 12. – С. 24–25.
7.
A.Bektemirov, A.Omonov, Z. Haydarov, Z.Niyozov. Tijorat banklari aktiv va
passivlarini boshqarish. O‘quv qo‘llanma. S. 2020 y. -173 b. ma’lumotlari asosida
muallif ishlanmasi.
8.
Togayev S. Зарубежный опыт и его практическое значение для финансовой
устойчивости коммерческих банков //Экономика и образование. – 2022. – Т. 23.
– №. 1. – С. 40-45.
9.
Абдуллаев
А.
Я.
Методика
построения
рейтинга
ликвидности
функционирования коммерческих банков //Финансовый менеджмент. – 2015. –
№. 1. – С. 83-90.
10.
Тогаев, С. С., & Амиров, Э. Д. (2016). Основные рекомендации внедрения
международных стандартов базель III в мире и особенности внедрения их в
Узбекистане. World science, 3(3 (7)).
11.
Anvarovich N. E. Ways to Strengthen the Resource Base of Commercial Banks
//Барқарорлик ва Етакчи Тадқиқотлар онлайн илмий журнали. – 2021. – Т. 1. –
№. 6. – С. 689-694.
12.
Bekmurodov Abbos Amriddinovich. (2022). Features of api services in the
implementation of transformational processes in the activities of commercial
banks. World Economics and Finance Bulletin, 7, 27-31. Retrieved from
https://scholarexpress.net/index.php/wefb/article/view/546
13.
G’ulomiddinovich M. K. Prospects for development of new types of services of
commercial banks //World Economics and Finance Bulletin. – 2022. – Т. 7. – С. 6-10.
14.
Niyozov, Z. D., Karimova, A. M., Malikova, D. M., Togaev, S. S., & Alimova, N. K.
(2019). The introduction of innovations in the sphere of provision of services of
uzbekistan in the conditions of transition to digital economy. In International
Scientific and Practical Conference" Innovative ideas of modern youth in science and
education (pp. 376-378).
15.
Sobirovich, Togaev Salim. "Topical issues of providing the financial stability of
commercial banks." Berlin Studies Transnational Journal of Science and
Humanities 1.1.1 Economical sciences (2021).
16.
Basel Committee on banking supervision. International convergence of capital
measurement and capital standards. Basel-II, 2006. http://www.bis.org.publications.
CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022
|
Samarkand branch of Tashkent state university of economics.
www.sbtsue.uz
159
17.
Международная конвергенция измерения капитала и стандартов капитала.
Уточненные рамочные подходы. Банк международных расчетов. – Базель, 2004.
– С. 158.
18.
Translation of: Financial Soundness indicators: Compilation Guide. International
Monetary Fund, 2007. ISBN 1-58906-401-0. www.imf.org.
Do'stlaringiz bilan baham: |