Modullashtirish
— pedagogik texnologiya materiallarini modullarga ajratish jarayoni.
Monitoring
— korxona, tashkilot, muassasa holatini har tomonlama baholash va uning
faoliyati samaradorligini oshirish maqsa-dida maxsus taslikil qilingan tizimli kuzatuv. Me'yoriy
xujjatlar, yuqori tashkilotlarning buyruq va qarorlari ijrosi o’z muddatida hamda qanday sifat va
darajada amalga oshirilayotganligini kuzatuv tizimi.
Ta'lim-tarbiya sohasida monitoring
— o’quv jarayoni va uni boshqarishning uzluksiz
kuzatuvini olib borish.
Metod
— grekcha so’z bo’lib, yo'l, axloq usuli ma'nolarini bildiradi. Tabiat va ijtimoiy
hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. Faoliyat, harakatning yo’li, usuli yoki qiyofasi, shakli,
ko’rinishi.
Metodik
— metodikaga tegishli qat’iy ketma-ketlikka, tizimga, ilgaridan o’rnatilgan reja,
tizimga aniq, rioya qilish.
Metodika
— biror ishni maqsadga mwofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasi. U
alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma'lum o’quv fanini o’qitish
qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va Shu kabilar.
Metodist
— biror o’quv fanini o’qitish yoki tarbiyaviy ishlar metodikasi sohasidagi
mutaxassis.
Metodologik
— metodologiyaga tegishli, nazariy asoslanish.
Metodologiya
— bilishning ilmiy metodi haqidagi ta’limot. Biror fanda qo’llanadigan
metodlar majmuasi.
Motiv
— odamni o’qishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar
yig’indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |