Amaliy ishlar metodi
– o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini
shakllantiruvchi usul.
Anomaliya (yunoncha – anomal
) - me’yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish,
noto’g’ri rivojlanish.
Ahloq
(lotincha «moralis» - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy munosabatlar hamda
shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi
zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig’indisi.
Ahloqiy ong
– shaxga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to’g’risidagi nazariy
bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Ahloqiy tarbiya
– muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur
bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar
ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari va axloqiy madaniyatni
shakllantirishga yunaltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |