Avtomobil va yo’llar sohasi yo’nalishidagi ta’limda yangi pedagogik metodlar
va innavasion texnologiyalarni qo’llash.
Fazliddin Shodiyev – Samarqand avtomobil va yo’llar kasb-hunar kolleji “Avtomobil
transporti” kafedrasi mudiri.
Ta’lim jarayonining barcha yo’nalishlarida bo’lganidek bugungi kunda
avtomobil va yo’llar sohasi bo’yicha ta’lim-tarbiya jarayonida ham interaktiv
metodlar, innovasion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni o’quv
jarayonida qo’llashga bo’lgan ehtiyoj, qiziqish va talablar kundan kunga kuchayib
bormoqda. Hozirgi mustaqillik davrida hartomonlama yetuk mutaxassis tayyorlashda
noan’anaviy ta’lim tizimi o’quvchi- talabani zamonaviy texnologiyalar asosida
bilimlarni egallashga, mustaqil o’rganishi va xatto hulosa, bahoni ham o’zlari
keltirib chiqarishga ,ya’ni ta’lim jarayonida faol ta’lim oluvchi bo’lishiga undaydi.
O’qituvchi esa bu ta’limda shaxsni rivojlanishi, shakillanishi ,bilim olishi va
tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchanlik
funksiyasini ham bajaradi.
Innovasion texnologiyalar asosida o’quvchi –talabalarga dars berishda quyidagi
natijalarga erishilmoqda:
-dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash ,ijod etish va
izlanishiga majbur etilmoqda ;
- o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarni doimiy ravishda bo’lishi
ta’minlanilmoqda.
Rossiya ta’lim akademiyasining akademigi V.P.Bespal’koning fikricha :
“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
30
“O’qitish texnologiyasi o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning mazmunli
texnikasidir ”. Anashu bois avtomobil va yo’llar kasb-hunarkollejida umumta’lim
vakasbiy fanlarni o’qitishda o’quvchilar ongida tarixiy , umumbashariy , estetik,
kasbiy tushunchalarni shakillantirish muhim pedagogic muammolardan biri
hisoblanadi .Bu o’qituvchining ijodiy faoliyati bilan uzviy bog’langan bo’lib , u
ta’lim jarayonida o’qitishning interfaol usullaridan kengroq va samaraliroq
foydalanilishini taqozo etadi.
An’anaviy o’qitish usulidan noan’anaviy o’qitish usuliga o’tish kerakligini
to’g’ri qabul qilgan Samarqand avtomobil va yo’llar kasb-hunar kollejining “
Avtomobil transporti” kafedrasi o’qituvchilari ham o’z darslarini noan’anaviy usulda
o’tkazishmoqda. Bunday usulda o’tilgan darslar o’quvchi-talabalarda bir tomondan,
fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirsa, ikkinchi tomondan talabalarni o’z kasblariga
bo’lgan bilim , malaka va ko’nikmalarini oshirishda xizmat qiladi.AKT, proyektor,
kodoskop, lingafon kabi usullardan ham keng foydalanilmoqdaki, bunday usullar
asosida dars o’tilganda mavzu o’quvchi-talabalar yodida uzoq vaqt davomida
saqlanib qolishiga va ish jarayonida qo’llashga yordam bermoqda. Maxsus fanlardan
o’tilayotgan mavzularda qo’llanilayotgangan klaster, Venn diagrammasi, Baliq
skeleti, aqliy xujum kabi bir qator pedagogik texnologiyalar o’quvchi – talabalarda
egallayotgankasblariga nisbatan BKM ( bilim, ko’nikma va malakalarni)
tezlashtiradi va o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam
beradi.
Venn diagrammasi
«Venn diagrammasi» o’rganilgan ikki obyektlarni o’zaro taqqoslash uchun JB,
OB larda qo’llanilishi mumkin. Masalan, o’qituvchi talabalarga yakka tartibda yoki
kichik guruhchalar shaklida ikkita obyekt – dizel va karbyuratorli dvigatellarni
o’zaro taqqoslash masalasini qo’yadi. Talabalar quyidagi diagrammani tuzadi:
Tarmoqlar (Klaster) texnologiyasi
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarni
biron bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, o’tilgan mavzuni
mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu
mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |