Exceldasturi qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan va qaysi dasturlar majmuasi tarkibiga kiradi?
Exceldasturida ma’lumot qaerga va qanday ko‘rinishda kiritiladi?
Exceldasturining oynasi nechta qismdan iborat? Ularga ta’rif bering.
Exceldasturining jadvali nechta ustun va satrlardan iborat?
Exceldasturida katak ichiga nima kiritish mumkin?
Exceldasturida formula qaysi belgi bilan boshlanadi?
Exceldasturida yaratilgan fayl qanday kengaytmaga ega bo‘ladi?
Diagramma va ularning turlarini yaratishda foydalaniladigan qo‘shimcha dastur nomi?
Uskunalar panelidagi quyidagi uskuna nima uchun mo‘ljallangan?
Uskunalar panelidagi quyidagi uskuna nima uchun mo‘ljallangan?
Exceldasturida elektron jadval sahifalari soni cheklanganmi?
Exceldasturida elektron jadval sahifalari soni qay tarzda ko‘rsatiladi?
Exceldasturining ishchi fayli avtomatik tarzda qanday nomga ega bo‘ladi?
Exceldasturining elektron jadvalidagi ma’lumotlarni boshqa Office tarkibiga kiruvchi dasturlarda ishlatish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, ularni ko‘rsatib o‘ting.
MA’LUMOTLAR OMBORI.
Ma’lumotlar omboriga olib keladigan masalalar.
Jamiyatni axborotlashtirishda ma’lumotlar omborining o‘rni beqiyos bo‘lib, bunga jamiyatning barcha sohalaridan misollar keltirish mumkin.
Xabaringiz bor, Toshkentda telefon raqamlari yetti xonali raqamlar bilan almashtirilmoqda, ya’ni Toshkentdagi telefonlar soni bir millionga yaqinlashib qoldi. Shunday katta xo‘jalikni boshqarishning o‘zi bo‘lmaydi, albatta. Bu xo‘jalikni yuritishning o‘ziga qanchadan-qancha ishchi kuchlari sarf bo‘ladi. Hisobot ishlari ham katta kuch va mablag‘ talab qiladi. Shunday katta miqdordagi abonentlar bilan hisob-kitob qilish uchun hisobchilarning butun boshli bir armiyasi kerak bo‘ladi, lekin ular ham bu ishlarni eplay olishmaydi. Chunki bexato ishlaydigan hisobchining o‘zi yo‘q. Ko‘z oldingizga keltiring: siz telefoningiz uchun uch baravar ko‘p pul to‘laysiz, qo‘shningiz esa uch yildan beri pul to‘lamaydi.
Bu ishlar kompyuter zimmasiga yuklanganligi uchun yuqoridagi kabi xatolar deyarli uchramaydi. Deyarli deyishimizga sabab, onda-sonda uchrab turadigan kamchiliklar kompyuterni boshqaruvchi xodimlar aybi tufayli yuz beradi.
Kompyuter bu ishlarni qanday amalga oshirishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Albatta, bu hisob-kitob ishlarini elektron jadvallar yordamida bajarish mumkin, lekin bir million abonenti bo‘lgan Toshkent shahri uchun emas.
Toshkent shahrida so‘nggi besh yil ichida chorak million avtomobillar sotildi. Shuncha avtomobillarni hisobga olish uchun kompyuterdan foydalanishdan o‘zga chora yo‘q. Buning uchun ham ma’lumotlar omboridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Respublikamizda har yili deyarli uch yuz ming o‘quvchi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga kirishga harakat qiladi. Shuncha o‘quvchi bir kunda – 1 avgust kuni test topshiradi va test natijalari o‘n kun ichida ma’lum bo‘ladi. Bunday qisqa fursat ichida yuzdan ortiq o‘quv yurtlarining har biri uchun ularga hujjat topshirgan abiturientlarning javob varaqalarini qayta ishlab, ularning to‘plagan ballarini hisoblab, shu ballar bo‘yicha abiturientlarni tartiblab chiqish, o‘qishga qabul qilinganlarini saralash kabi ishlar kompyuter zimmasiga yuklanganligi uchun muvaffaqiyatli hal qilinadi. Eng asosiysi, shuncha ish bajarilishiga qaramay, xatoga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki bu yerda xatoga yo‘l qo‘yib ham bo‘lmaydi, sababi, har bir xato orqasida bir o‘quvchining taqdiri yotadi. Bu ishlarning muvaffaqiyati kaliti ham ma’lumotlar omboridir.
O‘zbekistonda sakkiz million mehnatga layoqatli aholi bor. Ularning hammasi soliq inspeksiyasi tomonidan hisobga olingan bo‘lib, ularning daromadlari davlat tomonidan nazorat qilib boriladi. Agar biror kimsa daromadini yashirsa yoki o‘z vaqtida daromadlari deklaratsiyasini topshirmasa, ularning har biri soliq inspeksiyasiga chaqirilib, tegishli chora ko‘riladi. Shunday katta hajmdagi ma’lumotlar ham ma’lumotlar ombori ko‘rinishida saqlanadi.
Ma’lumotlar omboriga misol sifatida oylik ish haqini hisoblash va uni saqlashni ham keltirish mumkin. Oylik ish haqini elektron jadvallar yordamida ham hisoblash mumkin, lekin agar korxona juda katta bo‘lsa yoki butun buxgalteriya
ishlari kompyuterlashtirilgan bo‘lsa, ularni ma’lumotlar ombori yordamida qayta ishlash va saqlash samaraliroqdir. Masalan, Toshkent davlat texnika universitetida 2000 dan ortiq o‘qituvchi va xodimlar ishlaydi, 7000 ta talaba o‘qiydi. Ularning oylik ish haqlari va stipendiyalarini to‘rt kishi va ikki kompyuter hisoblab beradi.