Microsoft Word 3 V 11 pechatga doc


Kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qismlari, ularning vazifalari



Download 4,26 Mb.
bet4/83
Sana31.03.2022
Hajmi4,26 Mb.
#521533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
1 kompyuter savodxonligi — lotinchasi

Kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qismlari, ularning vazifalari.


Kompyuterlar odatda bir necha qismlardan iborat bo‘ladi. Asosiy qismlar tarkibiga: 1) sistema bloki; 2) monitor; 3) klaviatura va sichqon kiradi.
Ulardan asosiysi sistema bloki (yoki sistemali blok) bo‘lib, unga o‘rna- tilgan uskunalar birgalikda kompyuterni tashkil etadi va uning ichiga qaysi rusumga tegishli uskunalar o‘rnatilganiga qarab kompyuter rusumlar (masalan, Pentium III yoki Pentium IV va hokazo)ga ajralatiladi. Boshqa qurilmalarning barchasi sistema blokiga ulanadi.
Kompyuter qanchalik kuchli bo‘lmasin, unda qanchalik ko‘p ma’lumot saqlanmasin, ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko‘rinishda ko‘rsatib berilmasa, bunday kompyuter dengiz tubidagi xazinaga o‘xshab qoladi va undan hech qanday naf bo‘lmaydi.
Ma’lumotlarni tasvirlab berish uchun monitor xizmat qiladi.
Tashqi ko‘rinishi va ishlash prinsipiga ko‘ra monitor oddiy televizorga o‘xshab ketadi, undan farqli ravishda teleko‘rsatuvlarni qabul qiluvchi TV tyuneri bo‘lmaydi. Televizorga videomagnitofon ulash mumkin bo‘lganidek, monitorga kompyuter ulanadi. Kompyuter monitoridagi tasvir televizor ekranidagi tasvir- dan ancha sifatli bo‘lib, monitor bilan bir necha soat ishlash ham foydalanuvchini toliqtirmaydi.
Monitor ekranidagi tasvirlar piksel (nuqta)lar to‘plamidan iborat bo‘lib, bu nuqtalar tez almashtirilganda (sekundiga 50 marta va undan ko‘proq) inson ko‘zi tomonidan jonli harakat ko‘rinishida qabul qilinadi. Monitor ekranida tasvir 640x480 (640 ta satrning har birida 480 tadan nuqta), 800x600, 1024x768, 1280x1024 kabi zichlikda bo‘lishi mumkin. Ulardan dastlabkisi deyarli ishlatilmaydi va ba’zi bir «eskirgan», 5-10 yil oldin ishlab chiqilgan dasturlarda saqlanib qolgan.
Inson ko‘zi tasvirning juda mayda bo‘laklarini ham ilg‘ay oladi va bundan foydalanib, monitor ekranida rangli tasvir yaratiladi: ekranda tasvir har bir nuqtasining o‘zi uchta nuqtadan iborat bo‘lib, ulardan biri qizil, ikkinchisi yashil, uchinchisi ko‘k rangda porlaydi va birgalikda 32 milliondan ortiq ranglar hosil qila oladi. Masalan, uchala rang bir vaqtda porlasa, oq rang; faqat qizil va yashil rang porlasa, sariq rang hosil bo‘ladi. Tabiiyki, qizil va yashil ranglarning bir maromda turli darajada porlashi sariq rangning turli tuslarini hosil qiladi.
Monitorlar ularning ekranida tasvir qanday qilib yaratilishiga qarab ikki turga ajratiladi: elektron-nur trubkali CRT va suyuq kristalli LCD displey. Elektron-nur trubkali (kineskop) monitorda ekran lyuminofor donachalari bilan qoplangan bo‘lib, ular elektronlar dastasi yordamida o‘zidan nur taratadi. Suyuq kristalli displeylarda kristallar orqali elektr toki o‘tganda ular turli burchakka og‘adi va mos rangning turli darajada akslanishini ta’minlaydi.
Klaviatura yordamida kompyuterga turli farmoyishlar beriladi va unga matn kiritiladi. Klaviaturalar uchun yagona standart yaratilgan bo‘lib, barcha ishlab chiqaruvchilar unga rioya qiladilar va klaviaturalar bir-biridan faqat qo‘shimcha tugmalarning mavjudligi va ularning joylashishi bilangina farq qiladi. Klaviatura va monitor asosiy kiritish va chiqarish qurilmalari hisoblanadi va birgalikda konsol deb ataladi.
Qo‘lda ko‘tarib yuriladigan kompyuterlarda yuqoridagi uchta qismning alohida-alohida bo‘lishi noqulayliklar tug‘diradi va ular yaxlit bir blokdan
iborat bo‘ladilar. Bunday kompyuterlar Notebook (noutbuk deb o‘qiladi va «yozuv daftari» degan ma’noni bildiradi) deb ataladi.
Zamonaviy kompyuter va dasturlardan foydalanishni «sichqon» deb ataladigan dastyorsiz amalga oshirish deyarli mumkin emas. Dastlab grafiklarni chizish uchun yaratilgan ushbu sichqon bilan ekrandagi ob’ektlarni tanlash, ularni va boshqa ob’ektlarni "sudrash" juda qulay. Sichqonni stol ustida yurgizganda uning ekrandagi ko‘rsatkichi (kursor) ham harakatga keladi va ekrandagi biror ob’ekt oldiga ko‘rsatkichni olib kelib, sichqon tugmasi bosilsa, ekrandagi ob’ekt ham bosiladi va kerakli amal bajariladi.
Kompyuterning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga tasvirlarni va boshqa hujjatlarni kiritish va qog‘ozga chiqaruvchi qo‘shimcha qurilmalar zarur bo‘ladi. Qog‘ozga chop etish qurilmalari printer deb ataladi. Ularning bir necha xillari bo‘lib, matritsali, siyohli, lazerli turlarini sanab o‘tish mumkin.

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish