Journal of Innovation in Primary Education
Vol. 2, June - 2021
https:// primedu.jspi.uz
87
ZAMONAVIY O`ZBEK SHE`RIYATIDA IBORALARNING AHAMIYATI
Boltayeva Barno,
ф.ф.д.(PhD)., JDPI.
Sa’dullayeva Marjona
, talaba, JDPI.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada zamonaviy o`zbek she`riyatida iboralardan foydalanish,
xalqchil va t a`sirchan asarlar yaratilishida ularning ahamiyati to’g’risida so’z boradi.
Kalit so`zlar.
Poetika, lirika, iboralar, frazeologik birliklar, qofiyadoshlik, poetik nutq.
Аннотация
. В этой статье обсуждается использование фраз в современной
узбекской поэзии и их роль в создании популярных и влиятельных произведений.
Ключевые слова.
Поэтика, лиризм, фразы, фразеологизмы, рифма, поэтическая
речь.
Annotation
. This article discusses the use of phrases in modern Uzbek poetry and their
role in the creation of popular and influential works.
Keywords
. Poetics, lyricism, phrases, phraseological units, rhyme, poetic speech.
O`zbek tilining boy lug`at boyligi, o`ziga xos ma`nodor jumlalari bo`lishi
bilan birga boshqa tillarda uchramaydigan iboralari ham mavjud. Zero, o`zbek
tilidagi iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilib bo`lmaydi. Bu esa faqat
o’zbek mentalitetiga xoslikni aks ettiradi, o`zbekona ruhni oshiradi. O`zbek
adabiyotida ham o`ziga xos iboralar qo`llash orqali samimiy, xalqchil asarlar
yaratilgan. Jumladan, o`zbek lirikasining yorqin vakili Erkin Vohidov birgina
o`zining mashhur asari ,,Nido” dostonida 20 ga yaqin iboralardan foydalangan.
Zulfiya, Muhammad Yusuf, Abdulla Oripov ijodini kuzatarkanmiz ularda juda
ham ko’p iboralarning zargarona qo’llanilganligiga guvoh bo’lamiz. Poetik nutq
xususiyatlaridan mohirona ochishda ham iboralarning ahamiyati katta. O`zbek
lirikasida iboralar orqali qofiya yaratish ham o’ziga xos ta`sirchan yo`sin va lo’nda
fikr ifodalashni aks ettirgan.
“Xalqim deyman ruhim tushib,
Kimlar ko`ngling to`q qildilar.
Ming so`qiring til topishib,
Bir uyg`og`ing yo`q qildilar.”
Journal of Innovation in Primary Education
Vol. 2, June - 2021
https:// primedu.jspi.uz
88
Shoira Halima Xudoyberdiyeva qalamiga mansub she`rda muhim ijtimoiy-
ma`naviy illatga kitobxon diqqatini tortishda ajoyib ifoda usuli sifatida “ruhi
tushmoq”, “ko`nglini to`q qilmoq”, “til topishmoq” kabi iboralardan foydalanilgan.
Ushbu she`rda iboralar yordamida “qalb ko`zi ochilmagan” kishilarning jamiyat,
millat taraqqiyoti uchun xizmat qilayotgan fidoyi kishilarni “yo`q qilish”ga intilishi
har bir satrda qo’llanilgan iboralar yordamida yorqin ifodalangan.
O`zbek she`riyatining yana bir buyuk vakili Abdulla Oripov o`zining
“O`zbekiston” she`rida 20 ga yaqin iboralardan foydalangan. Bu esa she`rga
adabiy ruh va emotsionallik baxsh etgan. Jumladan, “alam chekmoq”, “zabtga
olmoq”, “zir qaqshatmoq”, “ko`z-ko`z etmoq”, “yoqasidan tutmoq” va shu kabi
iboralardan o`rinli foydalanish orqali kitobxon qalbida vatanga muhabbat
tuyg`usini uyg`otgan desak, mubolag`a bo`lmaydi. O`zbek poetikasida bu kabi
frazeologik birliklarni ko`plab uchratishimiz mumkin.
Bu kabi iboralar keng qo’llanilgan asarlarni o’rganar ekanmiz, masalaning
o’ziga xos ikkinchi tomoni borki, bu qo’llanilgan iboraning qaysi ma’noni aks
ettirish maqsadida qo’llanilganligini to’g’ri tushunishdan iborat. Keltirilgan iborani
to`g`ri talqin etmaslik esa ko`p hollarda noto’g’ri yondashuv va tushunchani
shakllantiradi. Shunday fikrlarni yuzaga keltirgan she`rlardan birida:
“Boshimga ko`taray dunyoni
Buzilsin jaholat uylari.
Chinga aylantiray ro`yoni
Taralsin tinchlikning kuylari.”
Shoir Usmon Azim o`zining ushbu misralari orqali o`z orzu-istaklarni ifoda
etar ekan, “boshga ko`tarmoq” iborasidan foydalanadi. Ushbu ibora yuqoridagi
satrlarda ikki xil ma`no kasb etgan: birinchisi,,, e`zozlamoq” ma`nosida: dunyoni
e`zozlash orqali mehr-muhabbat, insoniylikni ilgari surish ifoda etilgan. Ikkinchisi
esa, “shovqin solmoq”, “dovrug` qilmoq” ma`nolarida qo`llanilgan. Bundan kelib
chiqadigan ma`no esa dunyoga jar solish orqali jaholatga nuqta qo`yish demakdir.
Journal of Innovation in Primary Education
Vol. 2, June - 2021
https:// primedu.jspi.uz
89
Ko’rinadiki, o`zbek tilining boy frazalogiyasida ham ko`plab polisemiya holatlari
bo`lib, bu ikki xil ma`noviy yo`sinni yaratadi.
O`zbek she`riyatida iboralar qo`llangan misralarni ko`plab uchratishimiz
mumkin. Shoir oddiy so`zlarni muayyan sifatlar yoki iboralar bilan qo`llaganda,
kutilmagan ma`nolar, favqulodda ta`sirchan, quyma misralar maydonga keladi.
Injular tizmasidek jilolangan ona tili lug`atboyligini botiniy ko`z bilan ko`ra olgan
shoir har bir so`z va iborani dil bilan tanlaydi, tafakkur tarozisida o`lchaydi.
Orginal va obrazli ifoda usuli zamirida badiiy mantiq yotadi. O`zbek she`riyatining
yorqin vakili Abdulla Oripov bir to`rtligida shunday yozadi:
Goho yer mehrini o`ylarkan,
Esga tushar dorning siyog`i.
Ajab, hikmat, odam o`larkan,
Uzilganda….yerdan oyog`i.
Ushbu misralarda “yerdan oyog`i uzilgan” iborasi qo`llangan bo`lib, kibrli
insonlar haqida ta`sirchan ifodalar yaratgan va she`rga joziba va hikmat baxsh
etgan. Kitobxonga ushbu iboraning ma`nosini ifoda etishda ibora va so`z orasidagi
bog`liqlik ochib berilishi zarur, ya`ni “yerdan oyog`i uzilgan” iborasi “kibrli” so`zi
bilan ma`nodosh qo`llangan.
Tilshunos B.Boltayeva
“
oyog`i yerdan uzilmoq”
iborasini kerilmoq, mag’rurlanmoq manosida sharhlaydi va fikrining isboti sifatida
quyidagilarni misol keltiradi:
Goho er mehrini o‘ylarkan,
Yodga tushar dorning siyog‘i.
Ajab hikmat: odam o‘larkan
U z i l g a n d a e r d a n o yo g‘ i
(
Abdulla Oripov.Inson).
Biz odatda biron-bir rahbarning oddiy odamdar orasidan chiqqaniga
e’tibor beramiz, lekin afsuski, nafs balosi uni buzadi, natijada boshi aylanib, o yo
g‘ i e r d a n u z i l a d i
(“Milliy tiklanish”. 03.04.2013)
Pul topsam bo‘ldi, dunyo mening qo‘limda bo‘ladi deb o‘ylab, boylik
orttirganim sari havolanib-erdan o yo g‘ i m u z i l i b k e t g a n l i g i n i
bilmabman
(B.Xudoyberganov. Ayol armoni).
Journal of Innovation in Primary Education
Vol. 2, June - 2021
https:// primedu.jspi.uz
90
Xudo g‘alabani faqat menga bergan, deb o‘ylardim.Uka, oyog‘im erdan
uzilganda bildimki, o‘sha maqtovlarga mast bo‘lib yura yuoshloagan kunimdan
orqaga ketgan ekanman. Qo‘lingni och, polvon, iloyim, avjing kelganda
olqishlardan oyog‘ing erdan uzilmasin, omin! (“Ma’rifat”. 06.12.2015).
Shuningdek, mashhur shoir Oybek “O`zbek poeziyasida til” maqolasida
poeziya tiliga xos to`rtta xususiyatni alohida qayd qiladi: “Ular-ohangdorlik,
bo`yoqlilik, ixchamlik,chiroylilikdir. Zero, so`z va iboralarni she`rga munosib va
o`rinli tanlanishi lozim, buning uchun har bir qalamkash bir she`r ustida bir qayta
emas, o`n qayta ishlashi talab etiladi. Zamonaviy o`zbek poetikasida ham o`zbek
lug`at boyligini ko`rsatib turuvchi, tilimizning boy ma`nolarini aks ettirgan,
xalqchil iboralardan keng foydalanilsa, samarali va ta`sirchan asarlar yaralar edi”.
Darhaqiqat, bugungi o`zbek zamonaviy she`riyatida iboralardan keng
foydalanilmoqda. Jumladan, quyidagi kabi to`rtliklar:
Mana bu hikmatga, do`stim, sol quloq,
Balki sen-u menga bo`lgay bir saboq.
Posbonning qovog`i uyilgan bo`lsa,
Hatto jannatga ham tortmaydi oyoq.
Shoir Abdulla Oripov ta`kidlaganidek, oddiy gapdek tuyilgan har bir so`z,
hatto tinish belgisi she`r oldiga qo`yilgan ijodiy niyatni ro`yobga chiqarishga
xizmat qiladi. Bu yerda qo`llanilgan “oyog`i tortmaydi” iborasi orqali ham
munosib qofiya, ham ta`sirchan va xalqchil ifoda aks etadi. Zamonaviy o`zbek
adabiyoti namunalarida bunday til boyliklaridan foydalanish orqali millat xos
ifoda, xalqchillik , o`zbekona ruh yosh kitobxonlar ongida shakllanadi.bu esa ona
tilimiz bo`lmish o`zbek tiliga hurmat, faxr hislarini uyg`otadi.
Bugungi kun o`zbek she`riyatida “jon olmoq”, “jon bermoq”, “ko`nglini
ko`tarmoq”, “boshga ko`tarmoq”, “ko`ngliga sig`moq” kabi iboralar ko`plab
uchrab turadi. Zamonaviy poetikamizda, asosan, vatanga muhabbat, faxr,
insoniylikka qaratilgan mazmundagi she`rlar ko`plab uchraydi. Iboralardan
foydalanishda esa o`rinlilik yuqori darajaga ko`tarish muhim ahamiyat kasb etadi.
Journal of Innovation in Primary Education
Vol. 2, June - 2021
https:// primedu.jspi.uz
91
Bir butun she`r tor doirani emas, keng bir tushuncha va muhitni qamrab olishi
lozim. Mazmunan teran hamda mazmunga mos so`zlar zanjiri kitobxonni o`ziga
jalb qilishi, yurak-yuragiga yetib borishi lozim. Noo`rin qo`llanilgan ibora, albatta,
noto`g`ri mazmun kasb etadi va kitobxonga tushunmovchiliklar tug`diradi. O`zbek
frazeologik lug`at boyligidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, boy adabiy
muhit yaratish, badiiy asar va she`rlarga o`zbekona ruh va joziba baxsh etish uchun
yetarli materiallar bor. Zamonaviy o`zbek she`riyatida iboralardan uch xil usulda
foydalanishni kuzatishimiz mumkin;
1.
Frazeologik birliklar tarkibidagi ayrim so`zlarni almashtirish;
2.
Frazeologik birliklar tarkibini kengaytirish;
3.
Frazeologik birliklar tarkibini qisqartirish.
Ushbu uch holatda ham mazmundorlik va qofiyadoshlik ortishini
kuzatishimiz mumkin, lekin tag ma`nosi o`zgarmaydi, a lbatta.
Dedingki, mumkinmas senga hayajon,
Kulfatdan yiroq yur, may ham shart emas.
Magar yer yuzini bossa ham to`fon,
Sening to`pig`ingga chiqmasa shu bas.
Abdulla Oripovning ,,Bir sirki…” deb nomlangan she`ridan olingan ushbu
parchada ,,dunyoni suv bossa to`pig`iga chiqmaydi” iborasi ishlatilgan. Bu
iboraning yana bir variant ,,dunyoni suv bossa, o`rdakka ne g`am” bo`lib, u
beg`am, beparvo, har ishga loqayd qaraydigan , kuydi-pishdi bilmaydigan
odamlarga nisbatan ishlatiladi. Shoir ushbu she`rda kishilarni loqaydlikdan uzoq
yurishga chorlaydi, hayotga doimo teran nigoh bilan qarashga chaqiradi. Hayotga
qanchalik beparvo boqsang ham, undagi mayda tashvishlar insonni baribir
yengishini shoirona mahorat bilan tasvirlaydi. Bunda shoir iboraning aynan o`zini
qo`llamaydi, kuchaytirish maqsadida ibora tarkibidagi ayrim so`zlarni
almashtiradi, masalan, “dunyo” so`zi o`rnida “yer yuzi”, “suv” so`zi o`rniga
“to`fon” so`zini qo`llaydi.
Journal of Innovation in Primary Education
Vol. 2, June - 2021
https:// primedu.jspi.uz
92
Xulosa qilib aytganda, bugungi kun zamonaviy she`riyatida iboralardan
foydalanish kitobxon uchun zavq, she`rga esa ta`sirchan ruh va xalqchil ifoda
baxsh etadi.
Adabiyotlar ro’yxati
:
1.
Azim Usmon. Baxshiyona. -Toshkent: “Cho’lpon”, 2003. 96-bet.
2.
Boltayeva, B. (2020). Semantik transformation of phraseological units .
Архив
Научных Публикаций JSPI
,
5
(1). извлечено от
https://science.i-
edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/473
3.
Oripov A. Saylanma.
-Toshkent:
G’ofur G’ulom nomidagi O’zbekiston
adabiyoti va san’ati nashriyoti, 2000. 1-jild,124-125-betlar.
4.
Oripov A. Saylanma.
-Toshkent:
G’ofur G’ulom nomidagi O’zbekiston
adabiyoti va san’ati nashriyoti, 2000. 2-jild, 92-93-betlar.
5.
Xudoyberdiyeva Xalima.
Saylanma.
-Toshkent: “
Sharq”, 2001. 398-bet.
6.
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. –Тошкент:
Ўқитувчи, 1978. -408 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |