14.3. Mobil platformalariga asoslangan elektron hujjat
aylanish tizimlari.
Bugungi kunga kelib savdo shaxobchalari o‘rnini elektron do‘konlar
egallashi ko`zda tutilgan. Mahsulot saqlovchi omborxonalar barham topadi.
Buyurtmachi talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yiladi.
Nafaqat mamlakatimiz aholisidan, balki chet el fuqaro va tashkilotlaridan ishlab
chiqarish korxonalari mahsulotlariga uzluksiz buyurtmalar kelmoqda. Bu borada
axborot – kommunikatsiya tizimining ahamiyati beqiyos katta. Bank tizimining
global axborot tarmog‘iga ulanishi to‘lovlarni naqd pulsiz elektron usulda amalga
oshirilishi qo‘l keldi. Bu, o‘z navbatida, pul almashinuvi harakatini jadallashtirdi,
jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratdi. Buning asosida elektron biznes
yotadi. Hozirgi kunda tayyor mahsulotni jahon bozoriga olib chiqish, uning
hususiyatlarini Internet orqali tashviqot qilish, xaridorni jalb etish va
mamlakatimizga valyuta oqimini ta’minlash har bir ishlab chiqarish korxonasi
faoliyatining asosiy tamoyiliga aylangan. Ma’naviyati yuksak mamlakatimiz
aholisining ekologik toza va sifatli mahsulotga bo‘lgan talabini qonun doirasida
ta’minlash ishlab chiqarish korxonalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Har
qanday ishlab chiqarish korxonasi ichki va tashqi bozorda o‘z mavqeini saqlab
qolish maqsadida sifatli raqobotbardosh mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladi,
yetuk mutaxassislar bilimi, tajribasi, zamonaviy texnika va texnologiyalarga
222
tayanadi. Bugungi kunga kelib, tub aholi mamlakatda ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni xarid qilishga o‘tgan, chunki xorijiy mamlakatlar mahsulotlari
sifatining qay darajada past ekanligiga ishonch hosil qilib bo‘lgan. Aholining o‘z
mamlakatida ishlab chiqarilgan sifatli mahsulotlarni xarid qilishi korxona ishlab
chiqarish hajmini kengaytirishga, mahsulot tannarxini pasayishiga, yangi ish
joylarini tashkil etishga olib keladi. Bunday istiqbolli rivojlanish asosida axborot
texnologiyalari va kommunikatsiya tizimining samarali faoliyati yotadi. Axborot
tizimining rivojlanishi nafaqat ishlab chiqarish korxonalari yuksalishini ta’minladi,
balki xizmat ko‘rsatish borasida ham katta yutuqlarga sabab bo‘ldi. Masalan:
turizm sohasida qator yutuqlarga erishildi.
Mamlakatning geografik jihatdan joylashuvi, qadimiy obidalarga boyligi
xorijiy sayyohlarni jalb etishga manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Internet orqali
sayyohlarga xizmat ko‘rsatish, diqqatga sazovor joylarni tashviqot qilish, xizmatlar
uchun elektron to‘lov tizimining ishlab turishi e’tiborga loyiq holatdir. Sayyohlar
sonining yil sayin oshib borishi bu borada ham raqobatni yuzaga keltirdi, xizmat
ko‘rsatish sifatini oshirishga turtki bo‘ldi. Mamlakat aholisining yashash, iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlanish darajasi, madaniy va ma’naviy salohiyatini belgilovchi
omillardan biri ularning sifatli mahsulotga bo‘lgan talabi va uni xarid qilish
imkoniyati bilan belgilanadi. Internet tarmog‘ining rivojlanishi, banklar tizimi
orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish ishlab chiqarish korxonalari
mahsulotlarining xaridorgirligini ta’minlamoqda. Mahsulot ishlab chiqarishining
rivojlanishi tushumlar zahirasi oshishiga olib kelmoqda. Raqobat va sifat
ko‘rsatkichlari bozorlarda xorijiy tovarlar o‘rnini bosadigan sifatli mahsulotlar
ishlab chiqarishni taqozo etadi, shuningdek, jahon bozorida o‘z o‘rnini egallashiga
zamin yaratadi, mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Respublikada jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash borasida amalga
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kichik biznes va tadbirkorlik
samaradorligini oshirish, bu tizimidagi qonuniyatlarni tadqiq etish, kadrlarni ish
joyi bilan ta’minlash davlat dasturining amalga oshishini baholab borish muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
223
Nazorat savollari:
1.Elektron hujjat deganda nimani tushunasiz?.
2.Elektron hujjat aylanish (Elektron Data Interchange) tizimi haqida
tushuncha.
3.Mobil platformalariga asoslangan elektron hujjat aylanish tizimlari o;zi
nima?
4.Elektron raqamli imzo nima?
224
Do'stlaringiz bilan baham: |