Microsoft Word 21-maâ•Žruza yassi sirtlarga ishlov berish



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
Sana10.06.2022
Hajmi1,05 Mb.
#653189
Bog'liq
21-MAVZU. YASSI SIRTLARGA ISHLOV BERISH (2)



X MODUL 
YASSI VA SHAKLDOR SIRTLARGA ISHLOV BERISH
21-MA’RUZA 
YASSI SIRTLARGA ISHLOV BERISH 
Reja: 
1.
Detallarning yassi sirtlariga tig‘li asboblar yordamida ishlov berish. 
1.1.
Detallarning yassi sirtlariga randalash va o‘yish usullari bilan 
ishlov berish. 
1.2.
Frezalash usuli bilan yassi sirtlarga ishlov berish. 
1.3.
Sidirish usuli bilan yassi sirtlarga ishlov berish. 
2.
Detallarning yassi sirtlariga yakuniy ishlov berish. 
2.1.
Yassi sirtlarga jilvirlash usuli bilan ishlov berish. 
2.2.
Yassi sirtlarni abrazivlar va shaberlar yordamida pardozlash. 
Detallarning yassi sirtlariga ishlov berish kesuvchi asboblar yordamida turli 
xil dastgohlarda: randalash, o’yish, frezalash, sidirish dastgohlarida, karuselli, 
yo’nib kengaytirish, tokarlik va shaberlash dastgohlarida bajariladi; abraziv 
asboblar yordamida ishlov berish esa yassi jilvirlash dastgohlarida amalga 
oshiriladi.
Yassi sirtlarga ishlov berish uchun hozirgi paytda randalash, frezalash, sidirish 
va jilvirlash usullari keng qo’llanilmoqda. 
1. Detallarning yassi sirtlariga tig‘li asboblar yordamida ishlov berish
1.1.
Detallarning yassi sirtlariga randalash va o‘yish usulida ishlov berish
Randalash bo‘ylama randalash va ko‘ndalang randalash dastgohlarida amalga 
oshiriladi. Bo‘ylama randalash dastgohlarida randalashda stolga mahkamlangan, 
ishlov beriladigan detal ilgarilanma-qaytma harakatlanadi; ko‘ndalang yo‘nalish 
bo‘yicha surish (ko‘ndalang surish) keskichli supportni siljitish orqali amalga 
oshiriladi, keskichli supportning siljishi uzlukli bo‘lib, u har bir ishchi yurishidan 


so‘ng siljiydi. Stolning ishchi yurishida qirindi kesiladi va shundan keyin stol orqaga 
ishchi yurish tezligidan 2-3 marta katta tezlikda qaytadi, shunga qaramasdan 
stolning orqaga salt qaytishi uchun sarflanuvchi vaqt hisobiga randalash usulining 
samaradorligi boshqa usullarga (masalan, frezalash) nisbatan past bo‘ladi. 
Yassi sirtni randalash sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan.
1-rasm. Yassi sirtni randalash sxemasi 
Ko‘ndalang randalash dastgohlarida sirg’algichli supportga mahkamlangan 
keskich ilgarilanma-qaytma harakat qiladi. Dastgohning stoliga o‘rnatilgan detal 
ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha har bir ishchi yurishdan so‘ng uzlukli siljiydi. 
Bo‘ylama randalash va ko‘ndalang randalash dastgohlari universal, 
boshqarish oddiy bo‘lganligi, yetarli darajadagi aniqlikda ishlov berish va 
frezalash dastgohlariga nisbatan past narxga ega bo‘lganligi uchun donalab, mayda 
va o‘rta seriyali ishlab chiqarishlarda keng qo‘llaniladi. 
Randalash dastgohlari sinfiga kiruvchi o‘yish dastgohlarida ishlov berishda 
o‘ygich, unga mahkamlangan keskich bilan birga vertikal tekislikda ilgarlanma-
qaytma harakat qiladi. 
Stolga mahkamlangan detal gorizontal tekislikda o‘zaro perpendikulyar 
yo‘nalishlar bo‘yicha surish harakatiga ega bo’ladi. 
O’yish dastgohlari donalab ishlab chiqarishda teshiklardagi shponka 
ariqchalarini hosil qilish uchun hamda teshiklarni kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak va 
boshqa shakllarini hosil qilish uchun ishlatiladi. 


Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda bu ishlarni amalga oshirish uchun 
sidirish dastgohlari qo‘llaniladi. 
Bo‘ylama randalash dastgohlarida asosiy vaqt quyidagi formula yordamida 
aniqlanadi: 
]
[
)
(
2
1
мин
S
n
i
b
b
b
t
a




(1) 
bu yerda 
b
— randalanadigan sirt kengligi, mm; 
1
b — 
keskichning kirishi, mm; 
2
b
— 
keskichning yon tomonga chiqishi, mm; 
i
— yurishlar soni, 
n — 
stolning 
minutiga qo’sh yurishlari soni; 
S
— stolning har bir qo’sh yurishiga surishi, mm; 
)
1
(
1000
.
m
L
n
ю
и




(2) 
bu yerda 
ю
и
.

— stol ishchi yurishining tezligi; 
L
— stolning yurish uzunligi, u 
3
2
1
l
l
l
L



[mm] ga teng bo‘lib, bunda 
1
l
— randalanadigan sirt uzunligi, 
2
l
— 
keskichning kirish masofasi,
3
l
— keskichning chiqish masofasi, 
m — 
stolning 
ishchi yurish bilan salt yurish tezliklari o‘rtasidagi nisbat. 
(1) formulaga (2) formuladagi 

qiymatini qo‘ysak, quyidagini olamiz: 
Ko‘ndalang randalash dastgohida ham asosiy vaqt (1) formula yordamida 
aniqlanadi. 
1.2.
Frezalash usuli bilan yassi sirtlarga ishlov berish
Frezalash usulida yassi sirtlarga randalashdagi kabi bir tig‘li asbob — 
keskich bilan emas, balki ko‘p tig‘li aylanuvchi asbob — freza bilan ishlov beriladi. 
Dastgoh stoliga mahkamlangan detalning harakatlanishi orqali surish amalga 
oshiriladi. Freza aylanma harakatni dastgohning shpindelidan oladi. Yassi sirtlarni 
toresli va silindrik frezalar yordamida frezalash mumkin. Toresli frezalar bilan 
ishlov berish silindrik frezalar yordamida ishlov berishga nisbatan samaraliroq, 
chunki toresli freza yordamida frezalashda metalni bir necha tishlar bilan bir 


paytning o‘zida kesish mumkin, shuningdek, katta diametrli ko‘p sonli tishlarga ega 
bo‘lgan frezalarni qo‘llash imkoni ham bor.
Silindrik frezalar yordamida frezalashning ikki usuli mavjud. Birinchi usul 
— qarama-qarshi frezalash, bunda frezaning aylanish yo‘nalishi surishga qarama-
qarshi bo‘ladi (2-rasm, a); ikkinchi usul yo‘ldosh frezalash usuli bo‘lib, bunda 
frezaning aylanish yo‘nalishi surish yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladi (2-rasm, b).
2-rasm. Frezalash sxemalari: 
a) qarama-qarshi frezalash, b) yo‘ldosh frezalash
Birinchi usulda frezalashda qirindi qalinligi har bir tishning metallga 
kirib borishi bilan sekin-asta kattalashib boradi. Kesishning boshlang‘ich davrida 
kesish sirti bo’yicha tishning kesuvchi qirrasi bir oz sirpanadi, bu ishlov berilgan 
sirtda puxtalanishning hosil bo‘lishiga va tishlarning o‘tmaslashishiga sabab 
bo‘ladi. 
Ikkinchi usulda frezalashda qirindining qalinligi sekin-asta kichrayib boradi. 
Samaradorlik va ishlov berilgan sirt sifati birinchi usulga nisbatan yuqori bo‘lishi 
mumkin, ammo ikkinchi usulda frezalashda frezaning tishi birdaniga maksimal 
kesish chuqurligi bo‘yicha kesishga kirishadi va shunday qilib, kesish zarbalar bilan 
amalga oshadi. Shuning uchun ikkinchi usulda frezalashni konstruksiyasi yuqori 
bikrlikka ega bo‘lgan dastgohlarda amalga oshirish mumkin. Mana shu sababga ko‘ra 
ikkinchi usulga qaraganda birinchi usul ko‘proq qo‘llaniladi. 
Frezalash dastgohlari quyidagi turlarga bo‘linadi (slayd):
1. Gorizontal frezalash
2. Vertikal frezalash 
3. Universal frezalash


4. Bo‘ylama fryozalash
5. Karuselli frezalash 
6. Barabanli frezalash
7. Maxsus frezalash. 
Frezalash dastgohlarining birinchi uch turi umumiy mo’ljallanishdagi 
frezalash dastgohlari bo‘lib hisoblanadi va barcha turdagi ishlab chiqarish sharoitida 
qo‘llaniladi; qolganlari yuqori samaradorlikka ega hisoblanadi va seriyali, asosan, 
yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida qo‘llaniladi.
Gorizontal frezalash va vertikal frezalash dastgohlarining stoliga bitta yoki bir 
nechta detalni qatorlar ko’rinishida o‘rnatib, ularga frezalar yordamida birdaniga 
yoki ketma-ket ishlov berish mumkin (125-rasm). 
Universal frezalash dastgohlari gorizontal frezalash dastgohlaridan farqli 
o‘laroq burish stoliga ega. Burish stoliga o’rnatilgan detalga gorizontal tekislikda 
shpindel o‘qiga nisbatan turli burchakli holatlarni berish mumkin. Bu esa universal 
bo‘lish kallagi yordamida vintli
sirtlarga ishlov berish imkonini hosil qiladi. 
Bo‘ylama frezalash dastgohlarining gorizontal va vertikal shpindellari turli xil 
kombinatsiyada joylashgan bo’ladi: bitta gorizontal yoki bitta vertikal shpindelli; 
ikkita gorizontal shpindelli; ikkita gorizontal va bitta vertikal shpindelli; ikkita 
gorizontal va ikkita vertikal shpindelli bo‘ladi. Bunday dastgohlar katta o‘lchamli 
(stolning yurishi 8 m va undan katta) bo‘ladi; ulardan yirik detallarning ikki yoki 
uch tomoniga birdaniga ishlov berishda foydalaniladi. 
3-rasmda bo‘ylama (a) va gorizontal (b) dastgohlarida yuqori samarali 
frezalash sxemalari ko‘rsatilgan. 
Buraluvchi stol 4 hisobiga ishlov berilgan detallar 1 va 2 ning 
almashtirilishi frezalash vaqtida amalga oshiriladi; yordamchi vaqt faqat stolni 
orqaga olib ketish va uni burish uchun sarf bo‘ladi xolos, ikkita detalga ishlov 
be rish uchun vaqt 0,2-0,5 minutdan oshmaydi. 


3-rasm. Samaradorligi yuqori bo‘lgan frezalash usullari: 
1 va 2 ishlov beriladigan detallar, 
3- 
dastgoh stoli, 
4 — 
burish stoli 
Karuselli frezalash dastgohlari katta diametrli burish stoliga va vertikal 
joylashgan bitta yoki ikkita shpindelga ega bo‘ladi. Bu dastgohdarda toresli frezalar 
yordamida yassi sirtlarga ishlov beriladi. Stol aylanayotgan paytda ishlov 
beriladigan detal o‘rnatilib, tayyor bo’lgani yechib olib turiladi, shunday qilib, 
detallarga uzluksiz ishlov beriladi, agar dastgohda ikkita shpindel bor bo‘lsa, 
birinchisi bilan zagotovkaga qora ishlov beriladi, ikkinchisi bilan esa toza ishlov 
beriladi (127-rasm, a, b).
Bunday dastgohlar yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida 
qo‘llaniladi. 
Barabanli frezalash dastgohlari bir vaqtning o‘zida detalning parallel sirtlariga 
ikki tomonidan ishlov berish uchun qo‘llaniladi (127-rasm, v). 
Ishlov beriladigan detallar barabanga o‘rnatiladi. Baraban peshtoq shakliga ega 
bo‘lib, staninaning ichida aylanma harakatga ega. Frezalar ikki tomonidan to‘rtta 
shpindel babkalariga joylashtiriladi. Har tomondagi bittadan frezalar qora ishlov 
beradi, boshqalari esa toza ishlov beradi. 
Bu dastgohlarda ham detallar dastgoh ishlab turgan vaqtda o‘rnatiladi va 
yechib olib turiladi, shunday qilib frezalash uzluksiz davom etadi. Bunday 
dastgohlar yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi va yirik seriyali hamda yalpi 
ishlab chiqarish sharoitida qo‘llaniladi. 
Frezalash yarim avtomatlari va avtomatlari (maxsus frezalash dastgohlari) 
yalpi ishlab chiqarishda mayda o‘lchamli detallarni frezalashda qo’llaniladi.


Silindrik va toresli frezalar bilan ishlashda asosiy vaqt quyidagi formula 
orqali aniqlanadi: 
yoki 
bu yerda 
l
— freza bilan ishlov berishning nazariy uzunligi mm; 
i
— yurishlar soni; 
s
м
— 
minutiga surish mm/min; s
z
— frezaning bitta tishga surishi, mm; z — freza 
tishlarining soni; 

— frezaning minutiga aylanishlari soni, ayl/min. 
Silindrik frezalashda frezaning kesib kirish uzunligi 
l
вр 
(4-rasm, a) quyidagi 
formula yordamida aniqlanadi: 
yoki 
bu yerda
t
— frezalash chuqurligi, mm ; 
D — 
frezaning diametri, mm. 
Simmetrik toresli frezalash uchun (4-rasm, b) frezaning kesib kirish 
uzunligi 
l
вр
quyidagiga teng. 
bu yerda 
b
— frezalash kengligi mm;

— frezaning plandagi bosh burchagi. 
Frezaning kesib chiqish uzunligi 
l
п
frezaning diametriga bog’liq holda 
2-

mm oralig‘ida qabul qilinadi.


4-rasm. Frezalash sxemalari:
a) silindrik freza yordamida frezalash; b) toresli freza yordamida frezalash 
Stolning aylanma surishi orqali frezalash uchun asosiy vaqt quyidagi formula 
bo‘yicha aniqlanadi: 
Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda 
i=1
bo‘ladi. 
1.3.
Sidirish usuli bilan yassi sirtlarga ishlov berish
Tashqi yassi sirtlarni (shakldor sirtlarni ham) sidirish yuqori samaradorligi va 
ishlov berish tannarxining pastligi
sabab yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda
yanada keng qo‘llanilmoqda; bu usul jihoz va asboblarning yuqori narxda bo‘lishiga 
qaramasdan, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Ko‘p operatsiyalar frezalash 
o‘rniga tashqi sidirish usuli vositasida bajariladi. Bunday operatsiyalarga 
dvigatellarning bloklaridagi va boshqa detallardagi o’yiqlarni, ariqchalarni, yassi 
sirtlarni, shesternyaning
tishlarini va boshqalarni sidirish kiradi. 
Tashqi, oldindan ishlov berilmagan sirtlarni sidirish usuli bilan ishlov 
berishda sidirgichning bir o‘tishida yuqori aniqlikka va sirt tozaligiga erishish 
mumkin bo’ladi. Ishlov berish jarayonida har bir kesuvchi tish qo‘yim qatlamining 
kichik bir qismini kesib o‘tadi, kalibrlovchi tishlar esa sirtni silliqlaydi, bunda 
tishlar o‘zining kesish xususiyatini va shaklini uzoq davr mobaynida 
yo‘qotmasdan ishlaydi (slayd). 


Pokovka va quymalarning sirtlariga ishlov berishda oddiy yassi sirtli 
sidirgichlarni (5-rasm, a) emas, balki progressiv sidirgichlarni (5-rasm, b, v, g) 
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
5-rasm. Yassi sidirgichlarning sxsmalari:
a
) oddiy sidirgich; 
b, v, g 
— progressiv sidirgichlar 
Keng sirtlarga (50 mm dan katta) tashqi sidirish usuli bilan ishlov berishda bir 
nechta sidirgich yonma-yon o‘rnatiladi. 
Tashqi sirtlarni sidirish, ko‘pincha vertikal sidirish dastgohlarida — yarim 
avtomat va avtomatlarda bajariladi. 
Yalpi ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka ega uzluksiz ishlaydigan 
sidirish dastgohlari qo‘llaniladi (132-rasm). 
2. Detallarning yassi sirtlariga yakuniy ishlov berish 
2.1. Yassi sirtlarga jilvirlash usuli bilan ishlov berish. 
Jilvirlash usuli yassi sirtlarga dag‘al ishlov berish uchun ham, shuningdek, 
qora va toza ishlov berish uchun ham qo’llaniladi. Sirtlarni dag‘al jilvirlash dastlabki 
yoki agar yuqori aniqlik va sirt tozaligi talab qilinmasa yakunlovchi operatsiya 
bo‘lishi mumkin. Dag‘al jilvirlash uchun qo‘yim frezalash va randalashdagi 
qo‘yimga nisbatan kichik bo‘lishi kerak. Katta qo‘yim bilan dag‘al jilvirlash 


iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Dag‘al jilvirlash, agar detal sirtida 
qattiq qobiq bo‘lsa yoki materialning qattiqligi frezalash yoki randalash bilan ishlov 
berishda qiyinchilik tug‘dirsagina qo‘llaniladi. Shuningdek, bu usul bikrligi past 
detallarning yassi sirtlariga ishlov berish uchun qo‘llaniladi. 
Agar yuqori aniqlik va tozalikdagi sirtlarni frezalash yoki randalash usullari 
bilan hosil qilishning imkoni bo‘lmasa, unda bu natijaga sirtlarni qora va toza 
jilvirlash usullari orqali erishiladi (133-rasm). 
Sirtlarni toza jilvirlash mayda donali, yaxlit jilvir doiralar yordamida amalga 
oshiriladi. Jilvirlash doiraning toresi va periferiyasi bilan amalga oshiriladi.
Jilvirlash doirasining toresi bilan jilvirlash periferiyasi bilan jilvirlashga 
nisbatan samarali bo‘ladi, chunki jilvirlash doirasining toresi bilan jilvirlash
jarayonida uning kattaroq sirti ishlov beriladigan detalga tegib turadi va bir vaqtning 
o‘zida ko‘plab abraziv donachalar ishlaydi; bundan tashqari jilvirlashning bu usuli 
yetarlicha yuqori aniqlikka erishishni ta’minlaydi; ko‘rsatilgan sabablarga asosan 
jilvirlashning bu usuli juda keng tarqalgan. 
Jilvirlash doirasining periferiyasi bilan jilvirlash samaradorligi
past, lekin bu 
usul jilvirlash doirasining toresi bilan jilvirlashga qaraganda yuqoriroq aniqlikka 
erishishni ta’minlaydi. Shuning uchun doiraning periferiyasi bilan jilvirlash o‘lchov 
asboblari, priborlar va boshqalarning detallarini yakuniy pardozlash ishlari
uchun 
qo‘llaniladi. 
Yassi jilvirlash dastgohlari dag‘al, qora va toza (aniq) jilvirlash uchun 
tayyorlanadi. 
Dag‘al jilvirlash dastgohlari: 
a) bir tomonlama (bir tomondan ishlov berish uchun) — shpindeli gorizontal 
yoki vertikal holatda joylashgan; 
b) ikki tomonlama (ikki tomondan ishlov berish uchun) — har ikki 
shpindeli gorizontal holatda joylashgan bo‘ladi (134-rasm). 
Qora va toza (aniq) jilvirlash dastgohlari: 
a) jilvirlash doirasining toresi bilan ishlash uchun (to‘g‘ri burchakli stolli va 
doiraviy stolli); oxirgisi bir shpindelli va ikki shpindelli bo‘ladi (135-rasm); 


b) jilvirlash doirasining periferiyasi bilan ishlash uchun (to‘g‘ri burchakli stolli 
va doiraviy stolli) dastgohlar bo‘ladi (slayd – 2 ta). 
Karusel tipli dastgohda jilvirlash doirasining toresi bilan yassi jilvirlash 
uchun asosiy vaqt quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
bu yerda 
a — 
bir tomonga qo‘yim, mm; 
s
в
— 
stolning bir marta aylanishiga jilvir 
doiraning vertikal surishi mm; 

- stolning minutiga aylanishlari soni; 
m
— stolga 
bir vaqtning o‘zida o‘rnatiladigan detallar soni; 
k — 
jilvirlash aniqligini hisobga 
oluvchi koeffitsiyent. 
2.2. Yassi sirtlarni abrazivlar va shaberlar yordamida pardozlash 
Yassi sirtlarga yakuniy toza ishlov berish — jilvirlashdan tashqari 
abrazivlarni qo’llab – yetkazish, ishqalash va yaltiratish usullari bilan ham amalga 
oshiriladi. Shu bilan birga yakuniy toza ishlov berish uchun shaberlash usuli 
qo’llaniladi. 
Yassi sirtlarni shaberlashni shaber bilan qo’lda yoki mexanik usulda bajarish 
mumkin. 
Birinchi usul, ya’ni, qo’lda shaberlash ko‘p vaqt sarfini va ishchining yuqori 
malakali bo‘lishini talab qiladi, shu bilan birga sezilarli yuqori aniqlikni 
ta’minlaydi. 
Ikkinchi usul, ya’ni mexanik usulda shaberlash maxsus dastgohlar yordamida 
amalga oshiriladi. Bunday dastgohlarda shaber kichik quvvatga ega bo‘lgan 
elektrodvigateldan ilgarilanma-qaytma harakat oladi. Shaberlashning bunday usuli 
kam vaqt sarfini talab qiladi, biroq uni murakkab sirtlarni shaberlashda qo’llab 
bo‘lmaydi va shuning uchun bu usulning qo‘llanishi cheklangan.
Birinchi usul keng 
tarqalgan. 
Shaberlashning asosiy vaqti quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 


bu erda 
t
1
— 
1 sm
2
sirtni shaberlash uchun sarflanadigan vaqt, min; 
F — 
ishlov 
berilgan sirt yuzasi, sm
2

k
— turli omillarni hisobga oluvchi koeffitsiyent (ishlov 
beriladigan metall va uning qattiqligi, qo‘yim miqdori, shaberlash aniqligi va 
boshqalar). 
Sinov savollari
1.
Yassi sirtlarga ishlov berishda randalash usuli qanday paytlarda qo‘llaniladi? 
2.
Nima uchun yassi sirtlarga ishlov berishda o‘yish usuli qo‘llaniladi?
3.
Frezalash usuli boshqa usullarga qaraganda qanday afzalliklarga va 
kamchiliklarga ega? 
4.
Qarama-qarshi va yo‘laki frezalash usullaridan qaysi biri afzalroq? 
5.
Yalpi ishlab chiqarishda sidirish usuli qo‘llaniladimi? Nima uchun? 
6.
Yassi sirtlarga ishlov berishda qaysi usul eng ko‘p samara beradi?
7.
Yassi sirtlarni jilvirlash qachon qo‘llaniladi?
8.
Qachon frezalash o‘rniga jilvirlash usuli qo‘llaniladi?
9.
Jilvirlashda doiraning toresi va periferiyasi bilan jilvirlashning qanday 
afzalliklari bor?
10. Yassi jilvirlash dastgohlarining qanday turlari bo‘ladi?
11. Yassi sirtlarni pardozlashning qanday turlari mavjud?

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish