Microsoft Word 2 МВЪЀУЊВ. docx



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
Sana12.04.2022
Hajmi0,89 Mb.
#545508
Bog'liq
2-maruza



2-MA’RUZA: RADIOSIGNAL UZATUVCHI QURILMALARNING 
VAZIFASI, ISH QUVVATI, DIAPAZONI, ISHCHI CHASTOTASI VA 
MODULYATSIYA TURLARI. STRUKTURA SXEMALARI
.
Reja: 
2.1 Radiouzatuvchi qurilmalarning asosiy xarakteristikalari. 
2.2 Radiouzatuvchi qurilmalarning funksional sxemalari.
2.3. Radiouzatuvchi qurrilmalarga qo‘yiladigan ba’zi asosiy talablar. 
Tayanch iboralar: 
Radiouzatkichning chiqish quvvati, foydali ish 
koeffitsiyenti, modulyatsiya turi va parametrlari, ishchi chastota, chastotaning 
nisbiy nostabilligi, ikkilamchi nurlanishlar nisbiy sathi, radiouzatkichning 
umumlashgan sxemasi, yuqori chastota trakti.
2.1. 
Radiouzatuvchi qurilmalarning asosiy xarakteristikalari
Har qanday radiouzatkich ma’lum talablarni qanoatlantiruvchi ko‘rsatkichlar 
to‘plami orqali xarakterlanadi. Ushbu talablar davlat yoki soha standartlari, yoki 
meyoriy xujjatlarida belgilangan bo‘ladi. Ushbu barcha ko‘rsatkichlar (shu bilan 
birga ularga qo‘yiladigan talablar) ni asosiy uchta guruhga bo‘lish mumkin. 
1. Energetik ko‘rsatkichlar. 

Radiouzatkichning chiqish quvvati 
𝑃
ma’lum darajada radioaloqa 
tizimining 
ta’sir 
etish 
(ishlash) 
uzoqligi, 
ishonchliliga 
va 
xalaqitbardoshliligini belgilaydi. Zamonaviy radiouzatkichlarning quvvati 
vattning ulushlaridan to million vattgacha oraliqda bo‘ladi. 

Radiouzatkichning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) 
𝜂 = 𝑃
/𝑃

, bunda 
𝑃

– ta’minot manbai talab qiladigan yig‘indi quvvat. FIK ko‘p hollarda 
kam quvvatli raiouzatkichlarning gabarit (tashqi) o‘lchamlari va og‘irligini, 
katta quvvatli va juda katta quvvatli radiouzatkichlarni yaratish va 
ekspluatatsiya 
(foydalanish) 
qiymatini 
belgilaydi. 
Zamonaviy 
radiouzatkichlarning sanoat FIK o‘ndan bir ulushdan o‘n protsentlargacha 
bo‘ladi. Uzatkichning chiqish quvvati va FIK birinchi navbatda oxirgi 
kuchaytirgichning ish rejimi katta quvvatli va energiya iste’molchi sifatida 
bo‘lishini belgilaydi. 
2. Modulyatsiyaning sifat ko‘rsatkichlari. 

Modulyatsiya turi va parametrlari (AM, ChM, FM, IM va b.). 

Modulyatsiya jarayonidagi chiziqli va nochiziqli buzilishlar 
𝑘


Foydali signalning xalaqitga nisbati 
𝑃 /𝑃


Raqamli axborotni uzatishdagi xatolik ehtimolligi 
𝑝

Ushbu ko‘rsatkichlar modulyator va kaskadlarning ish sifatini ifodalaydi. 


3. Elektromagnit moslashuv ko‘rsatkichlari. 

Ishchi chastota 
𝑓
.

Chastota diapazoni
𝑓
… 𝑓
.
Radiouzatish qurilmasining ishchi chastotasi uning qo‘llanilishi va ishlash 
sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi. Zamonaviy RUQlari bir necha kilogersdan 
yuz gigagersgacha va undan yuqori chastotalar (optik diapazon) da ishlaydi.

Chastotaning nisbiy nostabilligi (nobarqarorligi) 
∆𝑓/𝑓
.
Ishchi chastotaning barqarorligi radioaloqa tizimining ishlash ishonchliligi 
va xalaqitbardoshligini oshirishga imkon yaratadi (qabullagichlar o‘tkazish 
polosasini kichiklashtiradi). Yuqori barqarorlik berilgan chastotalar diapazonida 
bir vaqtda o‘zaro xalaqitlarsiz ishlovchi radioaloqa tizimlarining sonini oshirishga 
imkon yaratadi. Zamonaviy RUQlari 
10
… 10
chastotalar nisbiy 
nobarqarorligiga ega. Ba’zi hollarda, sinxron radioeshittirish tizimlarida ishlovchi 
RUQlari chastotasining yuqori barqarorligi talab etiladi (masalan, yuqori tezlikli 
axborot uzatish tizimlari, o‘lchash tizimlari va b.). Chastotaning barqarorligi 
qo‘zg‘atkichning ish sifatiga bog‘liq. 

Ikkilamchi nurlanishlar nisbiy sathi 
𝑘 = 10𝑙𝑔

.
Mavjud meyor bo‘yicha, yangidan yaratiladigan radiouzatkichlar har qanday 
ikkilamchi nurlanishlarining quvvati 
25 ∙ 10
… 10
Vt dan oshmasligi kerak. 

Antenna orqali nurlatilayotgan ishchi chastotalar polosasidan tashqaridagi 
tebranishlarning yig‘indi quvvati 
𝑃

.
Radiouzatkichlarning asosiy chastotalar polosasidan tashqari va ikkilamchi 
nurlanishlari radioaloqa tizimining ish sifatini yomonlashtirmaydi, ammo ushbu 
nurlatishlar boshqa radiotizimlarga nisbatan xalaqit hisoblanadi. Shuning uchun 
bunday nurlanishlarning sathiga qat’iy cheklashlar (chegara) qo‘yiladi, bunda 
radioliniya bir vaqtda o‘zaro xalaqitlarsiz ishlashi inobatga olinadi, ya’ni 
radioaloqa tizimlarining elektromagnit moslashuv muammosi yechiladi. 
Chiquvchi filtrlar tizimining sifati nurlatish chastotalar polosasi kengligi, 
asosiy chastotalar polosasidan tashqari va ikkilamchi nurlanishlar quvvatini 
belgilaydi. 
Radiouzatish qurilmasiga radioaloqa tizimi uchun umumiy bo‘lgan talablar 
(RUQ ishonchliligi, uning gabarit o‘lchamlari va og‘irligi) bilan birga o‘ziga xos 
(mexanik mustahkamlik, nam o‘tkazmaydigan, ishchi harorat diapazoni, maxsus 
muhitda xodim uchun optimal sharoit kabi) boshqa talablar ham qo‘yiladi. 
2.2. Radiouzatuvchi qurilmalarning funksional sxemalari 
Radiouzatkichning umumlashgan sxemasi 2.1-rasmda keltirilgan. Yuqori 
chastotali tebranish sodda holda avtogenerator, murakkab holda chastotalar 
sintezatori hisoblanuvchi qo‘zg‘atkichda hosil qilinadi. Qo‘zg‘atkichlar kam 
quvvatli qilib loyihalanadi, zarur chiqish quvvati tebranishlarni kuchaytirish 
hisobiga ta’minlanadi: avvaliga boshlang‘ich kaskadlarda (ko‘p hollarda chastota 
ko‘paytirish), so‘ng katta quvvatli oxirgi kaskadda. Radiouzatkich chiqishida 
ortiqcha (zararli) tebranishlarni so‘ndirish uchun filtr qo‘llaniladi. Hamma 


zamonaviy radiouzatkichlar ko‘p kaskadli bo‘ladi. Tebranishlarni boshqarish 
modulyator (uzluksiz axborot signalini uzatishda) yoki manipulyator (diskret 
axborot signallarini uzatishda) yordamida amalga oshiriladi. Agar uzatkichda 
amplituda modulyatsiyasidan foydalanilsa, u holda modulyator quvvat 
kuchaytirgichning oxirgi yoki dastlabki kaskadiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa 
hollarda (chastota, fazasi yoki bir polosali modulyatsiyalar) modulyator 
qo‘zg‘atkichga ta’sir ko‘rsatadi.
2.1-rasm. 
Radiouzatkichning umumlashgan sxemasi
Shakllantirilgan va quvvat bo‘yicha kuchaytirilgan elektromagnit 
tebranishlar nurlatilishi uchun bevosita antennaga yoki antenna-fider qurilmasi 
(AFQ)ga, yoki aloqa liniyasiga (kabel yoki optik tolali) beriladi. Ko‘rib chiqilgan 
sxema elementlari radiouzatkich traktini tashkil qiladi. Ta’minot bloki, sovutish 
qurilmasi, boshqarish, blokirovkalash va signalizatsiya (BBS) tizimi qurilmasi 
RUQsining ishlashini va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun foydalanish 
xavfsizligini ta’minlaydi. Radiouzatkichlarda har doim ham sovutish qurilmasi 
bo‘lmasligi mumkin, shu sababli 2.1-rasmda sovutish qurilmasi shtrix chiziq bilan 
keltirilgan.
Radiouzatkichlarning aniq sxemalari ularga qo‘yiladigan texnik talablar – 
ishchi chastota, chiqish quvvati, barqarorligi va boshqa talablarga ko‘ra bir-biridan 
farqlanishi mumkin. Quyida radiouzatkichlarning namunaviy sxemalari va 
ularning asosiy elementlarini ko‘rib chiqamiz. 
1. 
Kilometrli (30...300 kHz), gektometrli (300...3000 kHz), dekametrli (3...30 
MHz) va metrli (30...300 MHz) diapazon
RUQsi
yuqori chastota traktining 
funksional sxemasi 2.2-rasmda keltirilgan. Boshlang‘ich yuqori chastotali 
tebranish kam quvvatli past chastotali qo‘zg‘atkichda shakllantiriladi va ko‘p 
kaskadli tranzistorli quvvat kuchaytirgichda kuchaytiriladi. Chastotasi esa chastota 
ko‘paytirgich yordamida ko‘paytiriladi. Kerak hollarda ushbu ko‘paytirish trakti 
keng polosali va qayta sozlanmaydigan qilib tanlanadi.
Qo‘zg‘atkich 
Dastlabki 
kuchaytirgich/ko‘paytirgich 
Oxirgi quvvat 
kuchaytirgich
Filtr
AFQ 
Ta’minot 
manbai 
Modulyator/ 
manipulyator
ББС 
BBS 
Sovutish 
qurilmasi
AM 
AM 
ChM, FМ, BPM 
𝑢 (𝑡)
chiq 


2.2-rasm. 
RUQ yuqori chastota traktining funksional sxemasi
Sodda holda RUQsining ikki funksiyasi – elektromagnit tebranishlarni 
shakllantirish va ularning modulyatsiyasi yuqori chastota barqarorligi talab 
etilmaydigan va chiqish quvvati nisbatan katta bo‘lmagan holatlarda amalga 
oshiriladi. Misol uchun, chastotaning nisbiy nobarqarorligi 
10
bo‘lgan va 
chiqish quvvatini bitta yarimo‘tkazgich asbob ta’minlaydigan impulsli 
modulyatsiyada, ushbu RUQning funksinoal sxemasi 2.3-rasmda keltirilgan.
Generator chiqishidagi ventil antennadan keladigan tashqi ta’sirlardan 
himoyalash uchun ishlatiladi. Ushbu sxema bo‘yicha qurilgan RUQsi yaqin 
lokatsiya va navigatsiya, radiojavob qaytaruvchi radiotizimlarning o‘ta yuqori 
chastota traktida qo‘llaniladi. 
2.3-rasm. 
Bitta yarimo‘tkazgich asbob asosidagi radiouzatkichning 
funksional sxemasi
Tor polosali metrli to‘lqinlar RUQlarida avtogeneratorning chastotalar 
barqarorligini oshirish uchun ko‘pincha qo‘zg‘atkichni past chastotada ishlaydigan 
qilib quriladi va bir yoki bir nechta oraliq ko‘paytirgichlar qo‘llaniladi. 
Kam quvvatli RUQsida (
𝑃
< 1
Vt) ko‘paytirgich ko‘pincha 2-3 
kaskaddan iborat bo‘ladi, katta quvvatli uzatkichlarda (
𝑃
> 10
Vt) kaskadlar 
soni 4-5 tagacha oshiriladi. 
Amplituda modulyatsiyasi har doim ohirgi kaskadda amalga oshiriladi (bir 
polosali radiouzatkichlarda modulyatsiyalangan tebranish kuchaytiriladi). Ushbu 
diapazon radiouzatkichlarining FIK 30...40% ni tashkil qiladi. 
2. 
Detsimetrli (300...3000 MHz) va santimetrli (3...30 GHz) diapazon RUQsi
o‘ta yuqori chastota traktining funksional sxemasi 2.4-rasmda keltirilgan. Trakt 
chiqishida bir qator chastota ko‘paytirgich kaskadlari ulanadi (misol uchun, 
varaktorli). Chastota ko‘paytirgichlar 100-1000 MHz chastotada tranzistorli 
kaskadlar beradigan tebranish quvvatini yanada yuqori chastotalar quvvatiga 
aylantiradi. Odatda kaskadlar soni berilgan chiqish chastotasi, quvvati va FIKga 
bog‘liq bo‘lib, uncha ko‘p (1-3) bo‘lmaydi. 
Impulsli 
modulyator 

≈ 
Qo‘zg‘atkich
Kuchaytirgichlar, 
ko‘paytirgichlar
Kuchaytirish chiqish 
kaskadi
Modulyator
ChM (FМ) 
AM (FM) 
PCh kirish 
AM 
chiq 


2.4-rasm. 
RUQ o‘ta yuqori chastota traktining funksional sxemasi
Radiouzatkich o‘ta yuqori chastota traktining o‘ziga xos xususiyati 
tranzistorli kaskadlar sonining ko‘paytirilishi, chunki bu yerda tranzistorlar quvvat 
kuchaytirish koeffitsienti uncha katta bo‘lmagan 
(𝐾 = 2 … 4)
chastotada ishlaydi. 
Ko‘paytirgichlarda yuqori chastotali quvvat yo‘qotilishi va tranzistor ishlashining 
yomonlashishi detsimetrli va ayniqsa santimetrli diapazon radiouzatkichlarining 
FIKini 8...12 % gacha kamaytiradi.
2.3. Radiouzatuvchi qurrilmalarga qo‘yiladigan ba’zi asosiy talablar 
RUQlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
Proffessional RUQlarda ishchi chastota (
𝑓
) bitta yoki bir nechta bo‘lishi 
mumkin (ba’zi hollarda 
10 − 10
ga teng bo‘lishi mumkin), bu esa turli vaqtlarda
aloqa qilishni ta’minlaydi. Bundan tashqari bir ish diapazonidan ikkinchi ish 
diapazoniga o‘tish vaqti juda qisqa bo‘lishi kerak. Bunday hollarda avtogenerator 
o‘rniga chastota sintezatorlari ishlatiladi. 
Nurlatilayotgan ikkilamchi (zararli) to‘lqinlar quvvati 
25 ∙ 10
… 10

dan oshishi kerak emas. RUQlar ishlatilishi uchun qulay, manba energiyasini kam 
sarflashi va foydali ish koeffitsiyenti iloji boricha katta bo‘lishi kerak. 
Radiouzatuvchi qurilmalarga konstruktiv va elektr jihatdan qo‘yiladigan 
talablar radiosistemaga qo‘yilgan texnik shartlardan kelib chiqadi. 
Nazorat savollari
1.
Radiouzatuvchi qurilmalarning ko‘rsatkichlari nechta guruhga bo‘linadi? 
2.
Radiouzatkichning umumlashgan sxemasini chizing va qismlari 
bajaradigan vazifalarni aytib bering. 
3.
Kilometrli, gektometrli, dekametrli va metrli diapazon RUQsining 
funksional sxemasini chizing va uning qismlari bajaradigan vazifalarni aytib 
bering, ushbu diapazon RUQlarining FIK necha foizni tashkil qiladi? 
4.
Detsimetrli va santimetrli diapazon RUQsining funksional sxemasini 
chizing va uning qismlari bajaradigan vazifalarni aytib bering, ushbu diapazon 
RUQlarining FIK necha foizni tashkil qiladi? 
5.
Radiouzatuvchi qurilmalarga qanday talablar qo‘yiladi? 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Nazarov A.M., Tadjiev A.A., Yusupov Ya.T. Radiosignal uzatuvchi 
qurilmalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: «Fan va texnologiya», 2017, 308 b. 
Qo‘zg‘atkich
Kuchaytirgichlar, 
ko‘paytirgichlar
Kuchaytirish 
chiqish kaskadi
Varaktorli 
ko‘paytirgich


2.
Abduazizov A.A., Davronbekov D.A. Radiouzatish va radioqabul qilish 
qurilmalari. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va texnologiyalar, 2011. -272 b. 
3.
Pierre Baudin. Wireless Transceiver Architecture. Bridging RF and Digital 
Communications, NJ: John Wiley & Sons, 2015. 
4.
Jon B. Hagen. Radio-Frequency Electronics. Circuits and Applications. 
Cambridge University Press, 2009. 
5.
Ворона В.А. Радиопередающие устройства. Основы теории и расчета: 
Учебное пособие для вузов. – М.: Горячая линия-Телеком, 2007. 
6.
Радиопередающие устройства / Под ред. проф. В.В. Шахгильдяна. – 
М.: Радио и связь, 2006. 
7.
Tojiyev A.A. Radiosignallarni uzatuvchi qurilmalar. O‘quv qo‘llanma. 1-2-
qism. – T.: TDTU, 2014, 2015. 
8.
Радиопередающие устройства: Учеб. для вузов / В.А. Шахгильдян, 
В.Б. Козырев, А.А. Ляховкин и др.; Под ред. В.В. Щахгильдяня. – 3-е изд., 
перераб. и доп. – М.: Радио и связь, 2003. 
9.
Радиочастота спектри, радиоэлектрон воситалар ва электромагнит 
мослашувига оид атамаларнинг русча-ўзбекча изоҳли луғати. «UNICON.UZ» 
ДУК директори А.Файзуллаевнинг умумий таҳрири остида. Тошкент, 2010. 
Internet saytlari 
1.
www.all-ebooks.com – интернет-кутубхонаси 
2.
www.radio.ru;
3.
www.electronic.ru;
4.
www.chip.com;
5.
www.radiolab.ru 
6.
https://studme.org 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish