zaryad
tashuvchilarning injeksiyasi
deb ataladi. «Injeksiya» suzi «kiritish», «sachratish»
ma‘nolarini anglatadi. Ushbu jarayonni, gazda yoki vakuumda erkin elektronlar paydo
bo’lishi bilan bog’liq elektron emissiyadan farqlash maqsadida «injeksiya» terminini
ishlatiladi. Zaryad tashuvchilar injeksiyalanayotgan yarim o’tkazgich sohasi emitterli
soha yoki emitter deb ataladi. Asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilar
injeksiyalanayotgan soha esa baza sohasi yoki baza deb ataladi.
Shunday qilib, agar elektronlar injeksiyasi qaralayotganda n soha emitter, p soha
esa baza hisoblanadi. Kovaklar injeksiyasi uchun teskari, ya‘ni, p soha emitter, n soha
esa baza hisoblanadi.
Odatda aralashmalar konsentratsiyasi va mos ravishda n va p sohadagi asosiy
zaryad tashuvchilarning konsentratsiyasi turlicha bo’ladi. Shuning uchun asosiy zaryad
tashuvchilarning yuqori konsentratsiyali sohasidan elektronlarning injeksiyasi ko’proq
namoyon bo’ladi. Shunga mos ravishda «emitter» va «baza» sohalari deb ataladi.
Masalan, agar
> +
bo’lsa unda, n sohadan p sohaga injeksiyalanayotgan elektronlar
miqdori teskari yo’nalishda injeksiyalanayotgan kovaklarga miqdoridan ancha katta
bo’ladi. Ushbu holda emitter deb n sohani, baza deb esa p sohani olish mumkin, chunki
kovaklar injeksiyasini hisobga olmasa ham bo’ladi.
p-n o’tishning qalinligi juda kichik va zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi ham
kam
bo’lganligi
sababidan
unda
zaryad
tashuvchilar
nisbatan
kamroq
rekombinatsiyaga uchraydi va bu yerda tok o’zgarmaydi. Keyinchalik p sohaga
injeksiyalangan elektronlar kovak bilan rekombinatsiyaga uchraydi. Shuning uchun p-
n o’tishdan p sohaning o’ng tomoniga qarab uzoqlashgan sari tok kamayishda davom
etadi, kovak toki esa ortib boradi. P sohaning o’ng chetida elektron toki eng kichik
qiymatni, kovak toki esa eng katta qiymatini tashkil qiladi.
To’g’rilovchi
rejimda
ishlovchi
diodlarda
kuchlanish
qutblarini
o’zgartirganimizda teskari tokning kichik miqdordagi qiymatini impulsli shaklini
kuzatishimiz mumkin (2-rasm).
2-rasm. Dioddagi teskari tok impulslari.
Ularni paydo bo’lishida ikkita sabab bo’lishi mumkin. Birinchidan, teskari kuchlanish
ta‘siri ostida n-p o’tishdagi to’siqli sig’imni zaryadlovchi tok impulsi hosil bo’ladi.
Sig’im qancha katta bo’lsa tok impulsi ham shuncha katta bo’ladi. Ikkinchidan, teskari
kuchlanish ta‘siri ostida diffuziyali sig’imning zaryadsizlanish jarayoni yuzaga keladi,
ya‘ni n va p sohalarda to’planib qolgan asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilarning
surilishi vujudga keladi. Ushbu asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilar to’g’ri tokning
oqib o’tish mobaynida n-p o’tish orqali injeksiyalanadi va rekombanatsiyalashga yoki
ko’chib ketishga ulgurmay n va p sohalarda to’planib qolishadi. Amalda asosiy rolni
baza sohasida to’planib qolgan zaryab o’ynaydi.