Aynan ushbu savollar xarid logistikasining amaliy sohasidagi vazifalarini va
Moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash jarayonida qishloq xo‘jaligi
korxonasi ichidagi, moddiy resurslar iste'molchilarini aniqlash zarur. Keyinchalik
moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj hisoblanadi. Bunda mahsulot yetkazishning
og‘irligi, o‘lchami, va boshqa parametrlariga, hamda servisiga talablar o‘rganiladi.
Bundan keyin nomenklatura va (yoki) nomenklatura guruhlarining har bir
Iste'mol qilinadigan moddiy resurslar uchun «ishlab chiqarish yoki xarid
qilish» muammosi ko‘rib chiqilishi mumkin.
2.
Xarid bozorini tekshirish.
Xarid bozorini tekshirish, yetkazib beruvchilar bozorining hatti-harakatlari
tahlilidan boshlanadi. Bunda, bevosita bozorlar, o‘rnini bosadigan bozorlar va yangi
bozorlar bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan yetkazib beruvchilarni aniqlash lozim.
Keyinchalik, sotib olinayotgan moddiy resurslarning barcha mumkin bo‘lgan
manbalarini boshlang‘ich baholash, hamda muayyan bozorga chiqish bilan bog‘liq
tavakkalchiliklarni tahlil qilish lozim.
3.
yetkazib beruvchilarni tanlash.
yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plashni, ularning
ma'lumotlari bankini yaratishni, optimal yetkazib beruvchini izlashni, tanlangan
yetkazib beruvchi bilan olib borilgan ish natijalarini baholashni o‘z ichiga oladi.
4.
Xaridlarni amalga oshirish.
Ushbu funksiyani ro‘yobga chiqishi muzokaralar olib borishdan boshlanadi va
shartnoma imzolanishi bilan yakunlanishi lozim. Shartnoma munosabatlari xo‘jalik
aloqalarini shakllantiradi, ularning ratsionallashuvi esa logistikaning vazifasidir.
Xaridlarni amalga oshirishni, xarid qilish uslubini tanlashni, yetkazish va pul to‘lash
shartlarini ishlab chiqishni, hamda moddiy resurslarni tashishni tashkil etishni o‘z
ichiga oladi. Bunda yetkazishlar grafigi tuziladi, ekspeditsiya ishlari amalga
oshiriladi, va, lozim bo‘lsa, bojxona ishlari ham tashkil etilishi mumkin. Xaridlar,
qabul qilish nazoratini tashkil etish bilan nihoyasiga yetadi.
5.
yetkazib berishlarning nazorati.
yetkazib berishlarning nazoratini eng muhim vazifalaridan biri bu sifat
nazoratidir, ya'ni sifatli va brak mahsulotlar sonini hisoblab borish. Shuningdek
yetkazib berishlar nazoratiga yetkazishlar muddatini kuzatish (erta yoki kech
yetkazishlarni soni), buyurtmani qabul qilinishi muddatlarini, tashish muddatlarini
kuzatish, hamda moddiy resurslar zaxiralari holatining nazorati ham, kiradi.
6.
Xaridlar byudjetini tayyorlash.
Xarid qilish faoliyatining muhim qismi bu iqtisodiy hisob-kitoblardir, chunki
har bir ish bo‘yicha xarajatlar qancha bo‘lishini aniq bilish lozim. Bunda
xarajatlarning quyidagi turlari aniqlanadi:
moddiy resurslarning asosiy turlari bo‘yicha buyurtmalarni bajarish
xarajatlari;
tashish, ekspeditsiya va sug‘urta xarajatlari;
yukni qayta ishlash xarajatlari;
yetkazib berish shartnomasi shartlari bajarilishini nazoratiga bo‘lgan
xarajatlar;
moddiy resurslarni qabul qilish va tekshirishga bo‘lgan xarajatlar;
potensial yetkazib beruvchilar xaqida ma'lumot izlashga bo‘lgan xarajatlar.
Iqtisodiy hisob-kitoblar qilish doirasidagi xarid logistikasi vazifalariga,
moddiy resurslar tanqisligi tufayli yuzaga kelgan chegirmalarni ham kiritish lozim.
1.
Xaridlarning ishlab chiqarish, sotish, omborga qo‘yish va tashish, hamda
yetkazib beruvchilar bilan tizimli o‘zaro aloqasi.
Xarid logistikasining ushbu o‘ziga xos masalasi, yuqorida qayd etilganidek,
xaridlarning ishlab chiqarish va sotish bilan tizimli o‘zaro aloqalarini tashkil etish
vositasi orqali, hamda rejalashtirish, iqtisodiyot, texnika va texnologiya sohalarida
yetkazib beruvchilar bilan aloqalar o‘rnatish orqali yechiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: