zaruriyati va o‘ziga xos xususiyatlari
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-
quvvatlash zaruriyatini dastavval mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri -
qishloq xo‘jaligi va uning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq holda qaramoq maqsadga
muvofiqdir.
Amerikalik iqtisodchi – olimlar K.R. Makkonnel va S.L. Bryu davlatning agrar sohaga
faol aralashuvi zaruriyatini quyidagi muammolarga bog‘laydilar:
- qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabning noelastikligi;
- texnik rivojlanish natijasida fermerlar mahsulotlarining talabdan oshiqcha ishlab
chiqarilishi;
- qishloq xo‘jalik resurslarining nisbatan immobillik xususiyati;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida sof raqobat kurashi hukm surgan holda, unga
resurslar yetkazib beruvchi bozorlarda monopoliya elementlarining mavjudligi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari manfaati tomonidan yondoshsak, yil davomida mahsulot
yetishtirish uchun sarflangan xarajatlar tabiiy ofat va qurg‘oqchilik tufayli bekorga sovurilishi
mumkin. Bunday paytlarda fermerning ko‘rgan zararini qisman bo‘lsada qoplamaslik kelgusi
yil hosiliga ham tahdid soladi. Ob-havoning noqulay kelishi nafaqat qishloq xo‘jaligi
tarmog‘ida balki, butun mamlakat miqyosida ham qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Oziq-
ovqat tanqisligi vujudga kelmasligi uchun davlatning maxsus zahiralari bo‘lishi maqsadga
muvofiq. Hosil mo‘l bo‘lgan yillarda davlat oziq-ovqat mahsulotlarining talabdan oshiq
qismini dehqonlardan xarid qilib, maxsus omborlarda saqlash va ob-havo noqulay kelib
tanqislik vujudga kelgan yillari bu zahiralardan talabni qondirish maqsadida foydalanishi
mumkin. Bu tadbir hozirgi vaqtda dunyoning bir qator ilg‘or davlatlarida qo‘llanib kelinadi va
o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tabiiy-iqlimiy sharoitlarga bog‘liqligi, bu
tarmoqda narxlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari daromadining barqarorligiga ham salbiy
ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, qulay ob-havo sharoitida bozorga talabdan ortiqcha mahsulotning
kirishi bahoning keskin pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatni ko‘proq sabzavot,
poliz, meva va uzum mahsulotlari bozorida kuzatish mumkin. Ba'zan baholarning bunday
pasayishi mahsulot tannarxini qoplashga ham imkon bermasligi oqibatida fermerlar katta
zarar ko‘radi. Tabiiyki, bunday sharoitlarda agrar sohada erkin bozor munosabatlari amal
qilayotgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi korxonalari xonavayron bo‘lishi turgan gap.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
zaruriyati qishloq xo‘jaligida kapital aylanishining xususiyatlaridan ham kelib chiqadi.
Ma'lumki, sanoat, savdo, moliya bozorlari kabi bir qator tarmoqlarda kapital aylanishi qishloq
xo‘jaligiga nisbatan bir necha marta yuqoridir. Kapital qancha tez aylansa, shunchalik ko‘p
foyda keltirishi tufayli qishloq xujaligida kapitalning sekin aylanishi bu tarmoqqa investitsiya
imkoniyatlarini keskin chegaralaydi.
Ammo, yerlarning meliorativ haolatini yaxshilash, yangi yerlarni o‘zlashtirish va
sug‘orish tarmoqlarini barpo etish, ishlab chiqarishni texnik qurollantirish, fan-texnika
yutuqlari va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ekologik vaziyatni barqaror ushlab turish kabi
muhim tadbirlarni amalga oshirish uchun yirik kapital mablag‘lar talab etiladiki, bu
tadbirlarni yolg‘iz qishloq xo‘jaligi korxonalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirib
bo‘lmaydi. Buning uchun davlat byudjeti hisobidan maxsus mablag‘lar ajratilishi maqsadga
muvofiq. Va nihoyat, qishloq xo‘jaligi korxonalari ijtimoiy rivojalnishi, ya'ni ular uchun
yo‘llar barpo etish, gaz, suv, elektr ta'minoti, ijtimoiy madaniy ob'ektlar qurish kabi
umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muammolar mavjudki, bu muammolarni davlat
homiyligisiz yechib bo‘lmaydi.
Albatta qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini tartibga solib turish to‘g‘risida gap
borganda ularning faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvi haqida emas, balki davlatning
o‘z qo‘lidagi ma'muriy, iqtisodiy va institutsional dastaklar bilan dehqon va fermer
xo‘jaliklari faoliyatiga ta'sir ko‘rsatishi haqida gap borayotganini unitmaslik lozim.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-
quvvatlash zaruriyati davlatning oldiga
Do'stlaringiz bilan baham: |