Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

 

Mavzu yuzasidan topshiriqlar 

 

1.Hududlarning  ijtimoiy  taraqqiyotida  byudjet  g’azna  ijrosining  ahamiyati  haqida 

esse tayyorlang. 

2.Mahalliy  byudjetlar  daromadlari  tizimining  uch  yillik  dinamikasini  tayyorlab 

tahlil qiling. 

3.Hududiy g’aznachilik organlari faoliyatini tavsiflovchi buklet tayyorlang. 



 

 

 



 

 

 



 


547 

 

15-MAVZU: DAVLAT MAQSADLI VA BYuDJETDAN TAShQARI 



JAMG’ARMALAR G’AZNA IJROSINI TAShKIL ETISh 

Reja: 

1. 

Davlat  maqsadli  jamg’armalarining  mohiyati  va  mazmuni,  ularning 

guruhlanishi, maqsad va vazifalari 

2. 

Davlat maqsadli jamg’armalari ijrosini tashkil etish 

3. 

Davlat maqsadli jamg’armalari g’azna ijrosini amalga oshirish tartibi 

 

1. 



Davlat  maqsadli  jamg’armalari  mohiyati  va  mazmuni, 

ularning guruhlanishi, maqsad va vazifalari 

Ma’lumki,  davlatning  markazlashgan  pul  jamg’armai  bo’lmish  davlat 

byudjetiga turli manbalardan va turli vositalar (soliqlar, yig’imlar, bojlar, majburiy 

to’lovlar) bilan mablag’ to’planadi, o’z navbatida, bu mablag’lar turli maqsadlarda 

va  yo’nalishlarda  sarflanadi  (masalan,  ta’lim,  sog’liqni  saqlash,  madaniyat, 

iqtisodiyot,  davlat  boshqaruvi  va  sh.k.).  Bunda  aniq  bir  daromad  turi  ma’lum  bir 

xarajat turini qoplash uchun biriktirilmaydi. Shu jihatdan davlat byudjeti universal 

pul  jamg’armai  hisoblanadi. Lekin  amaldagi  byudjet qonunchiligi mablag’larning 

aniq yo’nalishlar, xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha sarf etilishini talab etadi. 

Bunday  sharoitda  alohida  ijtimoiy-iqtisodiy  ehtiyojlarni  aniq  manbalar  hisobidan 

mablag’  bilan  barqaror  ta’minlab  borish  zarurati  tug’iladi,  chunki  iqtisodiyotdagi 

keskinlik, nobarqarorlik va ularning natijasi o’laroq, byudjetdagi etishmovchiliklar 

davrida aynan ushbu maqsadlar uchun mo’ljallangan xarajatlarni kamaytirish xavfi 

yuzaga  keladi.  Shuning  uchun  ham  jamiyatdagi  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishning 

eng muhim yo’nalishlarini  aniqlab olish  va  mablag’larning  maqsadli  ishlatilishini 

ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ushbu  holatlar  bir  qator  umumdavlat  vazifalarini  moliyalashtirish  uchun 

tegishli  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarni  tashkil  etish  uchun  jiddiy 

asos bo’lib xizmat qildi. 



548 

 

Byudjetdan  tashqari  jamg’armalarni  quyidagi  usullar  bilan  shakllantirish 



mumkin: 

 ma’lum  maqsadga  mo’ljallangan  pul  jamg’armai  tuzish  uchun 

mablag’larni  davlat  byudjeti(yoki  tegishli  hududiy  byudjetlar)dan  ajratish  yo’li 

bilan; 


 hukumat qarorlari bilan aniq maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalarni 

tashkil etish va ularga majburiy va ixtiyoriy to’lovlarni joriy qilish yo’li bilan. 

Iqtisodiy  rivojlanishning  hozirgi  bosqichida  har  ikkala  usuldan  ham 

foydalanilmoqda.  Davlat  moliya  tizimida  amal  qilib  turgan  mavjud  maqsadli 

jamg’armalar byudjet qonunchiligi bilan belgilab qo’yilgan o’z daromad manbalari 

bilan  bir  qatorda,  davlat  byudjetidan  ajratmalar  (ayrim  soliqlarning  bir  qismini 

o’tkazib  berish,  byudjetdan  dotatsiyalar  ajratish  shaklidagi)  hisobidan  ham 

shakllanadi. 



Byudjetdan  tashqari  jamg’armalarni  tashkil  etishdan  maqsad  -  jamiyat 

uchun  muhim bo’lgan  ijtimoiy-iqtisodiy  ehtiyojlarni  mustaqil manbalar hisobidan 

mablag’ bilan ta’minlash. 

Maqsadli  jamg’armalar  dastlab  maxsus  jamg’armalar  shaklida  yoki 

hukumatning  maxsus  hisobraqamlaridagi  mablag’lari  shaklida  paydo  bo’lgan. 

Hukumatlar  o’z  faoliyatining  kengayib  borishi  bilan  uni  amalga  oshirish  uchun 

zarur  bo’lgan  yangi-yangi  xarajatlarga  ehtiyoj  sezardi.  Bu  mablag’lar  maxsus 

maqsadlar  uchun  mo’ljallangan  alohida  jamg’armalarda  yig’ilar  edi.  Bu 

jamg’armalar  odatda  vaqtinchalik  amal qilib, davlatning  rejalashtirilgan  tadbirlari 

amalga oshirib bo’linganidan keyin o’z faoliyatini to’xtatar edi. Shu bilan bog’liq 

ravishda  turli  maqsadlarga  mo’ljallangan  jamg’armalarning  soni  ham  doimo 

o’zgarib turar edi. 

Markazlashgan  davlatning  mustahkamlanishi  bilan  uning  funktsiyalarini 

to’laqonli  bajarilishining  moddiy  asosi  bo’lgan  davlat  byudjeti  ham 

mustahkamlandi.  Lekin  jamiyat  ehtiyojlari  kengayib  borayotgan  bugungi  kunda 

davlat  byudjeti  bilan  bir  qatorda,  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarning 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o’rni va ahamiyati ortib bormoqda. 



549 

 

Shunday qilib, davlat moliya tizimining muhim bo’g’ini bo’lgan byudjetdan 



tashqari  jamg’armalar  milliy  daromadni  aholining  ma’lum  ijtimoiy  guruhlari 

foydasiga qayta taqsimlashning bir usulidir (1-rasm). 

Byudjetdan tashqari jamg’armalar quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 

 iqtisodiyotning  ustuvor  tarmoqlarini  qo’shimcha  mablag’lar  bilan 

ta’minlash; 

 aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish va ularni moliyalashtirish. 

 

 

1-rasm. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning ta’riflanishi 



 

Byudjetdan  tashqari  jamg’armalar  davlat  moliyasi  tizimining  tarkibiy 

bo’g’ini bo’lish bilan birga, bir necha o’ziga xos xususiyatlarga ega: 

o  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  tomonidan  rejalashtiriladi 

hamda qat’iy maqsadli yo’naltirilgan bo’ladi; 

o  jamg’armalar  mablag’laridan  byudjetga  kiritilmagan  davlat  xarajatlarini 

moliyalashtirish uchun foydalaniladi; 

o  asosan  yuridik va  jismoniy shaxslarning  majburiy  va  ixtiyoriy  ajratmalari 

asosida shakllantiriladi; 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish