Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


  Davlat  ichki  va  tashqi  qarzlarini  boshqarishning    hozirgi  zamon



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

3.  Davlat  ichki  va  tashqi  qarzlarini  boshqarishning    hozirgi  zamon 

muammolari. 

     Tashqi  qarz  majburiyatlarini  tasniflash  bilan  qarzga  xizmat  ko’rsatish  va  uni 

samarali boshqarish tushunchalari uzviy bog’liqdir. Qarzga xizmat ko’rsatish – bu 

qarz  majburiyatlarini  qoplash  uchun  umumiy  to’lovlar  bo’lib,  ularga  qarzning 

asosiy  qismi  bo’yicha  majburiyatlarni,  foizlarni,  komissiya  va  jarimalarni  to’lash 

kiradi.  Qarzga  xizmat  ko’rsatish  me’yori  (koeffitsienti)  tashqi  qarz  holatini 

tavsiflovchi  asosiy  ko’rsatkichlardan  biridir.  Bu  ko’rsatkich  mamlakat  qarziga 

xizmat  ko’rsatish  to’lovlari  foizdagi  ifodasining  tovar  va  xizmatlar  ekspor-  tidan 

kelgan  tushumlarga  nisbati  ko’rinishida  bo’ladi.  Bu  ko’rsatkich  odatda      davlat 

tashqi  qarzini  va davlat  tomonidan  kafolatlangan  tashqi qarzni  tavsiflaydi. Davlat 

qarzini boshqarish davlatning quyidagi harakatlari majmuini o’z ichiga oladi: 

- ssuda kapitali bozorining kon’yunkturasini o’rganish;  

- yangi zayomlar chiqarish hamda ularni chiqarish shartlarini ishlab chiqish;  

- avval chiqarilgan zayomlar bo’yicha foizlarni to’lash;  

- zayomlar konversiyasi va konsolidatsiyasini o’tkazish; 

 - pul bozoridagi obligatsiyalarning kurslarini belgilash;  

-  davlat  tomonidan  berilayotgan  kreditlar  va  ssudalar  bo’yicha  foiz  stavkalarini 

belgilash tadbirlarini o’tkazish;  




729 

 

-  amal  qilish  muddati  tugagan,  avval  chiqarilgan  zayomlar  bo’yicha  qarzlarni 



qoplash.  

        Davlatning  davlat  qarzini  boshqarish  borasidagi  harakatlari    davlat  ichki 

qarzlarini  boshqarish  qimmatli  qog’ozlar  birlamchi  va  ikkilamchi  bozorlarining 

samarali  faoliyat  yuritishi,  qarz  olish  xarajatlarini  minimallashtirish,  davlat 

iqtisodiy siyosati bilan davlat qarzini boshqarish siyosatini uyg’unlashtirish, ya’ni 

davlat  qimmatli  qog’ozlar  bozori  va  umuman  moliya  sektorini  rivojlantirishga 

yo’naltirilgandir.    Davlatning  davlat  qarzini  boshqarish  borasidagi  harakatlari 

yangi  zayomlar  chiqarish  hamda  chiqarish  shartlarini  ishlab  chiqish  zayomlar 

konversiyasi  va  konsolidatsiyasini  o’tkazish  ssuda  kapitallar  bozorining 

konyunkturasini o’rganish pul bozoridagi obligatsiyalar kurslarini belgilash davlat 

tomonidan  berilayotgan  kreditlar  va  ssudalar  bo’yicha  foiz  stavkalarini  belgilash 

tadbirlarini  o’tkazish  amal  qilish  muddati  tugagan,  avval  chiqarilgan  zayomlar 

bo’yicha qarzlarni qoplash avval chiqarilgan zayomlar bo’yicha foizlarni to’lash.   

  Birlamchi bozorni tashkil etish choralari quyidagilardir: 

  davlat qarzi vositalarini diversifikatsiyalashuvi 



  davlat  qimmatli  qog’ozlar  egalari  doirasining  kengayishi,  savdo 

operatsiyalarini boshqarish 

   davlat  qarzini  boshqarish  xizmatini  tashkil  etish,  moliya  bozoriga  kirish 



erkinligini ta’minlash 

  bozor kon’yunkturasini quvvatlash. 



         Samarali  faoliyat  yurituvchi  va  likvidli  ikkilamchi  bozorlar  potentsial 

investorlarni  jalb etishni  va  ularning  soni  ortib borishini  ta’minlaydi. Bu  esa, o’z 

navbatida,  qarz  majburiyatlari  kotirovkalari  notekis  harakatining  oldini  olish  va 

bozorni barqarorlashtirishga olib keladi. Tashqi qarzni boshqarish davlat ma’muriy 

faoliyatining  murakkab  yo’nalishi  bo’lib,  bu  jarayonda  hukumatning  turli 

bo’g’inlari  (Iqtisodiyot  vazirligi,  Moliya  vazirligi  va  Markaziy  bank)  aniq, 

ixtisoslashtirilgan sohalar uchun javobgar hisoblanadilar. Boshqarishning maqsadi 

– to’lov balansi va davlat byudjeti bilan muammolarni yuzaga keltirmasdan tashqi 

moliyalashtirish imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun sharoit yaratishdir.  



730 

 

    Tashqi qarzni boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi:  



 tashqi qarzga xizmat ko’rsatish doirasida mamlakat majburiyatlari bo’yicha 

vaqtinchalik holatini belgilash;  

 tashqi qarzga xizmat ko’rsatish uchun etarli bo’lgan kutilayotgan sof eksport 

tushumlarini, mumkin bo’lgan yangi tashqi zayomlar; 

 tashqi qarzga xizmat ko’rsatish doirasida mamlakat majburiyatlari bo’yicha 

vaqtinchalik profilni belgilash;  

  ichki soliq tushumlarini prognozlashtirish.  

       Davlatning  rejalashtirilayotgan  daromadlari  tashqi  qarzga  xizmat  ko’rsatish 

uchun  etarli  bo’lishi  kerak.  Tashqi  qarzni  boshqarish  jarayoni  quyidagi 

bosqichlardan iborat:  

- moliyalashtirishning optimal turini tanlash, 

- qarz hajmi haqida aniq bir qarorga kelish,  

- mamlakat qarzi to’g’risida o’z vaqtida va to’liq hisobot berish uchun tashqi qarz 

statistikasi tizimini tashkil etish. 

      Har qanday davlat uchun chetdan mablag’lar jalb qilish hajmi quyidagi omillar 

bilan  belgilanadi:  xorijiy  kapitalning  qanday  hajmini  davlat  samarali  ishlatishi 

mumkin va tashqi to’lovlarga muammolar tug’dirmasdan qarzning qanday hajmiga 

xizmat  ko’rsatish  mumkin.  Davlat  qarzini  boshqarish  siyosatini  davlatning 

umumiy  iqtisodiy  siyosati  bilan  uyg’unlashtirish  moliyaviy  siyosat  doirasida 

amalga  oshiriladi.  Moliyaviy  siyosat  byudjet  taqchilligini  bartaraf  etishga,  ichki 

kredit  ekspansiyasini  va  kapital  importini  qoplovchi  byudjetni  kreditlashga 

yo’naltirilgandir.  Ushbu  siyosatning  muhim  xususiyati  davlat  qarzini  boshqarish 

vositalarini  diversifikatsiyalash  hisoblanadi.  Davlat  obligatsiyalari  bozorining 

kengayib borishi egiluvchan foiz stavkalaridan, qarzni qoplash muddati va alohida 

chiqarishlar  muddatlaridan,  foizli  daromadlarni  soliqqa  tortish  xususiyatlaridan 

foydalanish orqali amalga oshiriladi. 

       Davlat qarzini boshqarish bo’yicha operatsiyalar byudjetning kassa ijrosi bilan 

uzviy  bog’langan  va  ko’pincha  zayomlar  chiqarishda qatnashuvchi,  ular  bo’yicha 

foizlar  to’lovchi  (yutuqli  obligatsiyalar  bo’yicha  yutuqlarni  to’laydigan  va  foizli 



731 

 

zayomlar  bo’yicha  foizlarni  to’laydigan)  emission  banklar  tomonidan  amalga 



oshiriladi,  shu  bilan  birga  bu  banklar  qayta  sotib  olinishi  kerak  bo’lgan 

obligatsiyalar  pulini  to’laydi.  Davlat  qarzini  boshqarish  xarajatlari,  qoida 

tariqasida,  byudjetdan  alohida  bo’lgan  maxsus  moliyaviy  operatsiyalar  orqali 

qoplanadi.  Byudjetning  xarajatlar  qismiga  faqatgina  qoplash  manbai  Davlat 

byudjeti deb belgilangan davlat qarziga  xizmat  ko’rsatish  bo’yicha  joriy  to’lovlar 

kiritiladi va  aks  ettiriladi.  Davlat qarzining  keskin  o’sishi  sharoitida  hukumat uni 

boshqarishning turli metodlaridan foydalanadi. 

      Davlat qarzini  boshqarish  metodlari. Qarzni qoplashni  davlat  ko’pincha  yangi 

zayomlar  chiqarish  orqali  amalga  oshiradi.  Bu  usul  qarzni  qayta  moliyalash  deb 

ataladi.  Davlat  zayomning  birlamchi  shartlariga  aniqlik  kiritishi  mumkin. 

Zayomlarning daromaddorligiga tegishli bo’lgan birlamchi shartlarning o’zgarishi 

konversiya  deb ataladi. Konversiya  sharoitida  zayom foizlari bo’yicha  to’lovlarni 

amalga  oshirish  uchun  davlat  xarajatlarini  pasaytirish  maqsadida  nominal  foiz 

hajmi  pasaytiriladi.  Konversiyani  amalga  oshirishning  quyidagi  metodlari 

farqlanadi:  

•  majburiy  konversiya  –  kreditor  eski  zayom  obligatsiyalarini  yangisiga 

pasaytirilgan foiz stavkasida almashtirishga majbur;  

• ixtiyoriy konversiya – kreditor yangi shartlarga ko’nish huquqiga ega yoki uning 

pulini qaytib olishi mumkin;  

• fakultativ konversiya – kreditor zayom shartlarini o’zgarishiga rozi bo’lishi yoki 

rozi bo’lmasligi mumkin.  

   Davlat  ko’pincha  zayomlarning  daromaddorligini  o’zgartirmasdan,  uning 

muddatlarini  o’zgartirish  usulidan  foydalanadi.  Zayom  muddati  bilan  bog’liq 

shartlarning  o’zgarishi  qarzni  konsolidatsiyalash  deb  ataladi.  Konsolidatsiya 

konversiya bilan qo’shilishi ham mumkin. Zayomlarni unifikatsiyalash deganda bir 

nechta zayomlarni birlashtirish tushuniladi, oldin chiqarilgan zayom obligatsiyalari 

yangi zayom obligatsiyalariga almashtiriladi.  

      Davlat  zayomlarini  unifikatsiyalash  va  konsolidatsiyalash  bilan  birga  amalga 

oshirilishi  mumkin,  bunda  jamlangan  qarz  vujudga  keladi.  Ayrim  hollardagina 



732 

 

hukumat  obligatsiyalarning  regressiv  nisbatda  almashuvini  amalga  oshirishi 



mumkin  –  oldin  chiqarilgan  bir  nechta  obligatsiyalar  bitta  yangisiga 

tenglashtiriladi.  Davlat  kreditor  bilan  ikki  tomonlama  kelishuv  asosida  berilgan 

moliyaviy  kredit  bo’yicha  majburiyatlarni  boshqa  majburiyat  bilan  almashtirishi 

mumkin  va  bu  jarayon  novatsiya  (yangilash)  deb  ataladi.  Zayomni  qoplashni 

kechiktirish  (yoki  avval  chiqarilgan  barcha  zayomlarni  qoplashni  kechiktirish) 

davlat  uchun  yangi  zayomlarni  chiqarish  bo’yicha  operatsiyalarni  faol 

rivojlantirish  moliyaviy  samara  bermagan  taqdirda  amalga  oshiriladi.  Zayomni 

qoplashni kechiktirish konsolidatsiyalashdan shu bilan farq qiladiki, kechiktirishda 

qarzni  qoplash  muddatining  surilishi  daromadlarni to’lashni  to’xtatish bilan  birga 

amalga oshiriladi.  Zayomlarning  konsolidatsiyalashuvi sharoitida davlat qimmatli 

qog’ozlarining egalari ular bo’yicha daromadlarni olishni davom ettiradilar. Davlat 

zayomlari  konversiyasi,  konsolidatsiyasi,  unifikatsiyasi  va  obligatsiyalarning 

almashuvi faqatgina ichki zayomlarga nisbatan amalga oshiriladi. Novatsiyalar va 

majburiyatlarni  qoplashni  kechiktirish  tashqi  qarzlarga  nisbatan  ham  qo’llanilishi 

mumkin  va  bu  kreditor  bilan  kelishuv  asosida  amalga  oshiriladi.  Bir  qator 

mamlakatlarda  davlat  qarzini  boshqarish  metodi  uning  o’sishini  limit  belgilash 

orqali  cheklash  (maksimal  chegarasini  o’rnatish)ni  ham  o’z  ichiga  oladi.  Davlat 

qarzi  muammosini  hal  etishning  o’ziga  xos  usuli  bankrotlik  hisoblanadi,  bunda 

hukumat  davlat  qarzini  bekor  qiladi.  Davlat  qarzini  bekor  qilish  –  bu  davlat 

tomonidan chiqarilgan zayomlar bo’yicha (ichki, tashqi yoki umuman tashqi qarz 

bo’yicha)  majburiyatlardan  butunlay  voz  kechishdir.  Qimmatli  qog’ozlarni  bekor 

qilish  ikki  sababga  ko’ra  amalga  oshirilishi  mumkin:  davlatning  moliyaviy 

nochorligi, ya’ni bankrotlik holati hamda hokimiyat tepasiga yangi siyosiy kuchlar 

kelishi  va  ular  ma’lum  sabablarga  ko’ra  avvalgi  hukumatning  moliyaviy 

majburiyatlarini tan olmasligi tufayli.  

      Davlat  qarzlarining  bekor  qilinishi  favqulodda  xususiyatga  ega  bo’lib,  dunyo 

amaliyotida  kam  uchraydigan  holdir.  Misol tariqasida,  ko’pincha Sovet  Rossiyasi 

Rossiya  imperiyasi  va  Muvaqqat  hukumatning  ichki  va  tashqi  majburiyatlar 

bo’yicha davlat qarzidan voz kechganligi keltiriladi. Qarzni boshqarishga ma’lum 



733 

 

bir  moliyaviy  va  pul-kredit  siyosatini  amalga  oshirish  orqali  davlat  qimmatli 



qog’ozlar kursini bir me’yorda ushlab turish ham kiradi. Davlat qarzini boshqarish 

bo’yicha asosiy metodlardan tashqari hukumat ssuda kapitali bozorida muomalada 

bo’lgan  zayomlarni  markaziy  va  tijorat  banklari  orqali  qaytarib  sotib  olishi 

mumkin. 


     Davlat  qarzini  boshqarishda  yangi  zayomlarni  chiqarish  shartlarini  belgilash 

bilan  bog’liq  faoliyat  muhim  hisoblanadi.  Zayomlarning  emissiya  shartlarini 

belgilashda  (kreditorlar  uchun  qimmatli  qog’ozlarning  daromaddorlik  darajasi, 

zayomlarning amal qilish muddati, daromadlarni to’lash usullari) davlat faqatgina 

zayomlar  bo’yicha  maksimal  samaraga  erishishga  e’tibor  bermasdan,  moliya 

bozoridagi  real  kon’yunkturani  ham  hisobga  olishi  zarur.  Davlat  zayomi 

obligatsiyalarini  tayyorlash,  saqlash  va  tarqatish  Moliya  vazirligining  tegishli 

bo’linmalariga,  qimmatli  qog’ozlarni  sotish  esa  –  bank  tizimiga  yuklatilgan. 

Banklar  davlat  zayom  obligatsiyalarini  barcha  ish  kunlari  erkin  sotadi  va  sotib 

oladi,  yutuq  tirajlari  o’tkazilgan  davrdan  rasmiy  jadval  olingan  kunga  qadar 

bo’lgan  davr bundan  mustasno.  Tashqi  zayom  obligatsiyalari  qarz  oluvchi davlat 

nomidan  xorijiy  pul  bozorlarida  bank  konsortsiumlari  tomonidan  joylashtiriladi, 

konsortsiumlar  ushbu  xizmati  uchun  vositachilik  haqi  oladilar.  Hukumatlararo 

zayomlar  asosan  obligatsiyasiz  bo’ladi.  Hukumatlararo  zayomlarning  barcha 

shartlari  (foiz  darajasi,  taqdim  etish  va  zayomni  qoplash  valyutasi  va  boshqalar 

Jahon  )  maxsus  amaliyotida  bitimlardavlat  belgilab  qrzini  qo’yiladi  boshqarish  . 

vositlarining  keng  majmui  mavjud. Davlat qarzini  boshqarish  hozirgi amaliyotida 

quyidagi masalalar alohida ahamiyat kasb etadi: foizli va diskontli daromadni bitta 

qimmatli 

qog’ozda 

mujassamlashtirish 

imkoniyati, 

davlat 

qarzini 


moliyalashtirishga  xorijiy  investorlarni  jalb  etish  usullari,  davlat  obligatsiyalari 

bozorining yangi vositalaridan foydalanish xususiyatlari.  

G’aznachilik  moliya  tizimini  boshqarish  jarayonida  Markaziy  bankdan, 

umuman, bank tizimidan yoki xususiy sektordan olinadigan qarzlar hajmini keskin 

kamaytirishga 

turtki 


beradi. 

G’aznachilik 

O’zbekiston 

Respublikasi, 

Qoraqalpog’iston 

Respublikasi, 

davlat 

boshqaruv 

organlarining 

qarz 



734 

 

munosabatlariga  doir  shartnomalarning  asl  nusxalarini,  qarzga  kafolat  bo’lgan 



boshqa  hujjatlarni  yig’adi  va  saqlaydi.            Xorij  mamlakatlari  amaliyotini  tahlil 

qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, davlat tuzilishi turlicha bo’lgan  mamlakatlarda 

davlatga  qarashli  mablag’lar  Moliya  vazirligining  tarkibiy  qismi  bo’lgan 

G’aznachilikning  yagona  hisobraqamida  to’planadi,  davlat  qarzlarini  boshqarish 

g’aznachilikka  yuklatilgan.  G’aznachilik  departamenti  muomalaga  qimmatli 

qog’ozlar  chiqarishni, ularni  hajmini,  tarkibini  va to’lov  muddatini nazorat  qiladi 

va  ularning  tarkibiga  bog’liq  barcha  masalalarni  echadi.  G’aznachilik  davlat 

qarzlarini  boshqarishda  turli  bosqichlarda  qatnashishi  mumkin  va  u  bajarilgan 

hisob-kitob operatsiyalari uchun javob beradi. Har bir mamlakatda Davlat moliyasini 

boshqarishni o’zi turli yo’nalishlarga ega: 

1.  Naqd mablag’larni boshqarish. 

2.  Moliyaviy rejalashtirish. 

3.  Davlat qarzlarini boshqarish.  

4.  Davlatning moliyaviy aktivlari ustidan nazorat qilish. 

Rivojlangan  mamlakatlar  tajribalari  shuni  ko’rsatadiki,  g’aznachilik  tizimi 

tarkibiy  tuzilishi,  huquqiy  asoslari  hamda  bajaradigan  vazifalari  bilan  turli 

mamlakatlarda turli xil ko’rinishga ega.G’aznachilik davlat qarzlarini boshqarishda 

turli  bosqichlarda  qatnashishi  mumkin  va  nihoyat,  g’aznachilik  bajarilgan  hisob-

kitob operatsiyalari  uchun  javob  beradi.  Ba’zi  mamlakatlarda  g’aznachilik  davlat 

qarzi,  qimmatbaho  metallar  va  boshqa  aktivlarni  boshqarish  masalalariga  javob 

bersa,  boshqalarida  u  to’lovlarni  amalga  oshirishdan  avval  nazorat  ishlarini  olib 

boradi,  yana  boshqalarida  g’aznachilik  byudjet  ijrosi  to’g’risidagi  hisobotlarni 

tuzishga  va  nashr  qilishga  javob  beradigan  boshqaruv  organi  sifatida  faoliyat 

ko’rsatadi.  

Masalan,  Avstraliya  Buyuk  Britaniya,  AQSh  kabi  davlatlarda  g’aznachilik 

tizimining  «kengaytirilgan  funktsiyali»  tizimi  mavjud  bo’lib,  bunday  tizimda 

g’aznachilik organlari davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini olib boradi.  



735 

 

Har  xil  mamlakatlarda  g’aznalariga  yuqorida  sanab  o’tilgan  vazifalar 



yuklatilgan  edi,  ularning  mahalliy  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda,  yangi 

vazifalar yuklatildi va ba’zilari olib tashlandi. Uzoq davom etgan urushlar sababli 

davlat  boyligining  kamayishi  oqibatida  g’aznalarga  yangi  vazifa-ichki  va  tashqi 

qarz majburiyatlarini ishlab chi-qish yuklatildi. 

       O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligi    tomonidan  xarajatlar  sohasida  

yuritilayotgan    siyosati,  byudjet  taqchiligini    YaIMga    nisbatan    har  yili  

o’rnatiladigan  doirasi    miqdorida    Davlat  byudjeti  balansligini    ta’minlashga  

qaratildi.  Iqtisodiyotga    investitsiyalar  hajmi,  aniq  maqsadli    va  samarali    kredit  

resurslarini    taqsimlash  kengaydi,  ijtimoiy  va  ishlab  chiqarish    infratuzilmasi 

rivojlantirildi, byudjet taqchiligi  va inflyatsiya sur’atlari qisqardi.  

        Byudjet  taqchilligini  moliyalashtirish  manbalari  va  uni  moliyalashtirish 

mexanizmlarini  o’rganishda  taqchillikni  moliyalashtirishning 

oqibatlari, 

obligatsiya  chiqarishni    davlat  qarzlari    bilan  bog’liqligi,  shuningdek,  byudjet 

taqchilligi  bilan  pul  massasi,  davlat  qarzlari    o’rtasidagi    mutanosiblik  e’tiborga 

olinadi.  Byudjet  taqchilligini  moliyalashtirish  uchun  davlat  ochiq bozorda    pulni 

qarzga  olish  yoki  pul  bosib  chiqarishi  yoki  o’z  mulkining  bir  qismini    sotishi 

mumkin.  




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish