Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


  Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi, vazifalari va usullari



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

2.  Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi, vazifalari va usullari.  

       


      O’zbekistonda  davlat  kafolatlari  faqatgina  rezident-yuridik  shaxslarning 

majburiyatlari  bo’yicha  beriladi,  jismoniy  shaxslarning  majburiyatlari  bo’yicha 

kafolatlar berilmaydi. 

 O’zbekiston  Respublikasining  kafolatlari  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan, xorijiy kreditorlarga xorijdan 

mablag’ jalb qilish shartnomalari bo’yicha xorijiy davlat lar, banklar yoki yuridik 

shaxslarga beriladi. 

Joriy qarz – to’lov muddati kelgan majburiyatlar bo’yicha davlatning qarzi  

Asosiy  qarz  –  to’lov  muddati  kelmagan  yoki  hozirgi  davrda  to’lovi  talab 

qilinmaydigan davlatning barcha qarzlari summasi  

       Ayrim  hollardagina  O’zbekiston  Respublikasi  kafolatlari  tijorat  banklariga 

quyidagilarni amalga oshirish uchun beriladi: 

 •  O’zbekiston  Respublikasi  kafolati  bilan  olingan  xorijiy  kreditlarni  qayta 

moliyalashtirish;  

•  qaytarish  manbai  sifatida  davlat  byudjeti  mablag’lari  belgilangan  strategik  va 

ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni moliyalashtirishni ta’minlash.  

     O’zbekiston  Respublikasi  kafolatlari  har  yili  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi  tomonidan tasdiqlanadigan davlat tashqi  qarzini  yangi  jalb qilish hajmlari 

doirasida  taqdim  etiladi.  O’zbekistonning  tashqi  qarzi 2018  yil  1  yanvar  holatiga 

YaIMning  14  foizni  tashkil  etdi  va  xalqaro  tasnif  bo’yicha  “har  jihatdan  maqbul 




717 

 

holat”  sifatida  tavsiflanadi.  Davlat  qarzi  bo’yicha  to’lovlarni  o’z  vaqtida  amalga 



oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish bo’yicha 

O’zbekiston  Respublikasining  majburiyatlaridan  kelib  chiquvchi  to’lovlarni 

amalga  oshirish  uchun  mablag’larni  jamlashga  shart-sharoit  yaratish  maqsadida 

respublika 

byudjeti 

tarkibida  Kafolat 

jamg’armasi 

tuziladi.  Kafolat 

jamg’armasining  mablag’lari  etishmagan  taqdirda,  etishmayotgan  summa  davlat 

byudjeti hisobidan to’ldiriladi.  

      Davlat qimmatli qog’ozlari qarz majburiyatlarining bir turi hisoblanib, ularning 

markazlashtirilgan  emissiyasi  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish 

vositasi  sifatida  keng  qo’llaniladi.  Davlat  qimmatli  qog’ozlarini  chiqarish  orqali 

davlat  qarzini  moliya-  lashtirish  bank  kreditlari  orqali  mablag’larni  jalb  etishdan 

ko’ra kam xarajatli hisoblanadi. Davlat qimmatli qog’ozlar bozori davlatga byudjet 

taqchilligini  moliyalashtirishning  noinflyatsion,  noemission  manbalar  (ichki  va 

tashqi qarzlar) hisobiga yangi progressiv shakllaridan foydalanish imkonini beradi. 

Investorlar  uchun  davlat  qimmatli  qog’ozlar  bozori  mablag’larni  daromadli 

investitsiyalashga  sharoit  yaratadi,  chunki  davlat  qimmatli  qog’ozlari  bilan 

operatsiyalar  bir  qator  soliq  imtiyozlariga  ega  va  ular  moliyaviy  bozorning 

ishonchli vositasi hisoblanadi.  

     Davlat  qimmatli  qog’ozlar  bozorini  shartli  ravishda  birlamchi  va  ikkilamchi 

bozorlarga  bo’lish  mumkin.  Birlamchi  bozorda  turli  davlat  qimmatli 

qog’ozlarining birlamchi joylashtirilishi amalga oshiriladi. Bunday joylashtirishlar 

quyidagi  usullarda  amalga  oshirilishi  mumkin:  davlat  qimmatli  qog’ozlarining 

bevosita g’aznachilik tomonidan har hafta auktsionlar o’tkazishlar yordamida yoki 

tilxatlar  orqali  sotilishi.  Davlat  qimmatli  qog’ozlarini  birlamchi  joylashtirish 

ko’pgina sub’ektlarning vositachiligida amalga oshiriladi. Ular orasida bosh o’rinni 

markaziy  banklar  egallaydilar,  ular  yangi  zayomlarni  tarqatish  bo’yicha  ishlarni 

tashkillashtiradilar,  yangi  investorlarni  jalb  qiladilar,  ba’zi  hollarda  o’zlari  davlat 

qarz  majburiyatlarining  yirik  paketlarini  sotib  oladilar.  Ikkilamchi  bozor  asosan 

birjadan  tashqari  bozor  bo’lib,  unda  shaxsiy  kelishuvlar  asosida  har  qanday 

bitimlar tomonlarning shaxsiy va telefon bog’lanishi orqali amalga oshiriladi. 



718 

 

      Maxsus  kompyuter  xizmatlaridan  foydalanib  tomonlar  keng  doiradagi  servis 



xizmatlarini taklif etuvchi elektron birjadan tashqari bozor sohasiga kiradilar. Keng 

rivojlangan  tarmoqlar  birjalar  analogi  kabi  faoliyat  yuritadi.  Davlat  qimmatli 

qog’ozlarining  ikkilamchi  bozorida  barcha  moliyaviy  institutlar  (bevosita  yoki 

vositachilar orqali) faoliyat yuritadi. Jahon amaliyotida davlat qimmatli qog’ozlari 

quyidagi bir qator belgilarga ko’ra tasniflanadi:  

 • joylashtirilish joyi bo’yicha – tashqi va ichki; 

 • aylanish usuli bo’yicha – bozor va nobozor;  

• mablag’larni jalb etish muddati bo’yicha – qisqa, o’rtacha va uzoq muddatli; 

 • qaytarilishini ta’minlash usuli bo’yicha – garovli va garovsiz 

•  emitentning  darajasi  bo’yicha:  unitar  tipdagi  mamlakatlarda  –  markaziy 

hukumatning  davlat  zayomlari  va  mahalliy  zayomlar;  federal  tipdagi  mamlakat- 

larda – federal, mintaqaviy va mahalliy; 

 • daromadni to’lash shakli bo’yicha – foizli, diskontli, yutuqli, indeksatsiyali;  

• muddatidan oldin qaytarish huquqi borligi va yo’qligi; 

 • qarzni qaytarish usuli bo’yicha – bir vaqtda (birdaniga) qaytariladigan va bo’lib-

bo’lib  qaytariladigan  (teng  qismlar  bilan  yoki  kelishilgan  muddat  davrida  o’sib 

yoki kamayib boradigan);  

•  daromadni  aniqlash  metodi  bo’yicha  –  qat’iy  daromad  va  suzib  yuruvchi 

daromad; 

 • foydalanish yo’nalishlari bo’yicha – maqsadli va maqsadsiz; 

 •  joylashtirish  usuli  bo’yicha – erkin muomaladagi  (ixtiyoriy), majburiy  va  tilxat 

orqali joylashtiriladigan;  

• emissiya texnologiyasi bo’yicha – obligatsiyali va obligatsiyasiz.    

        O’zbekistonda davlat qimmatli qog’ozlarining quyidagi turlari amal qiladi: 

- O’zbekiston Respublikasi g’aznachilik majburiyatlari,  

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatli organlari tomonidan 

chiqarilgan obligatsiyalar,  

- O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari.  




719 

 

       O’zbekistonda  Davlat  qimmatli  qog’ozlari  amal  qilishi  muddatidan  kelib 



chiqib qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga), o’rtacha muddatli (bir yildan besh 

yilgacha  muddatga)  va  uzoq  muddatli  (besh  yil  va  undan  ortiq  muddatga)  etib 

chiqarilishi mumkin. Davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish emissiya risolasisiz va 

davlat qimmatli qog’ozlarining chiqarilishi davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan holda 

qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladi.  O’zbekistonda  davlat 

qimmatli qog’ozlarining quyidagi turlari muomalada:  

-  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  vakolat  berilgan  organ  tomonidan  chiqarilgan 

obligatsiyalar (1996 yil); 

-  O’zbekiston Respublikasi g’aznachilik majburiyatlari (2004 yil); 

- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalari (2002 yil). 

      Amal qilish muddati bo’yicha O’zbekiston davlat qimmatli qog’ozlari

- qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan muddatga);  

-o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo’lgan muddatga);  

-uzoq muddatli (besh yilan va undan ko’p muddatdaga) turlarga bo’linadi.  

        Davlat  qimmatli  qog’ozlari  emissiya  risolasisiz  va  davlat  qimmatli 

qog’ozlarining  chiqarilishi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  ro’yxatdan 

o’tkazmasdan  chiqariladi.  Davlat  qimmatli  qog’ozlar  bozori  amal  qilishining 

huquqiy  asosi  bo’lib  O’zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  hukumat  qarorlari  va 

normativ hujjatlar xizmat qiladi.   

 Davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalari  bozorining  maqsadi  –  bir  qator  muhim 

makroiqtisodiy  vazifalarni  echish,  chunonchi:  byudjet  taqchilligini  inflyatsion 

moliyalashtirishni  qisqartirish,  bozor  ishtirokchilariga  yuqori  likvidli  va  ishonarli 

vositalarni taqdim etish, Moliya vazirligi va Markaziy bankka pul-kredit siyosatini 

yuritish  imkoniyatini  ta’minlash,  shu  jumladan  ochiq  bozorda  operatsiyalarni 

amalga  oshirish  orqali.  Moliya  vazirligi  tomonidan  kafolatlanadigan  davlat 

obligatsiyalarining  yuqori  daromadliligi  va  ishonarliligi,  shuningdek  vakolatli 

bank-dilerlar  va  samarali  birja  infratuzilmasi  orqali  ta’minlanuvchi  bozorning 

yuqori likvidliligi ushbu qarz vositasiga mablag’ qo’yilishini ta’minlovchi muhim 

omil hisoblanadi  



720 

 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish