Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

budjet tashkiloti

G’aznachilik organi

NAQD PUL 

SO’ROVNOMA

SI

Ish haqini to’lash

Naqd pul

Cheklar reestri



G’aznachilik organiga

xizmat ko’rsatuvchi bank

XODIM

BO’LIM BOSHLIG’I

TIZIMGA MA'LUMOT KIRITISH

VA CHЕK TO'LDIRIB BЕRISH

SO'ROVNOMANI TASDIQLASH

VA CHЕKNI NAZORATDAN O'TKAZISH

NAZORAT: 

HARAJATLAR SMЕTASI 

BO'YICHA QOLDIQLAR 

VA BOSHQALAR

Moliyaviy majburiyatlar va to’lovlar bo’limi

 

7-rasm.  Moliyaviy  majburiyatlar  va  to’lovlar  bo’limining  ish  haqini  to’lash 



tartibi 

G’aznachilik dasturiy majmuida keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni 

ro’yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirish to’xtatib qo’yilgandan so’ng, 

byudjetdan  mablag’  oluvchilar  (taqsimlovchilar)ning  so’rovnomasi  tegishli 

g’aznachilik bo’linmalarining vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi va muhri 

bilan tasdiqlanadi. 

Imzolangan  va  muhr  bilan  tasdiqlangan  xarajatlar  smetasiga  o’zgartirish 

kiritish  to’g’risidagi  so’rovnoma,  uni  g’aznachilik  bo’linmasiga  taqdim  qilingan 

kunning  keyingi  ish  kunidan  kechikmagan  muddatda,  byudjet  mablag’ining 

taqsimlovchi (oluvchi)ga  keyinchalik  uni  tegishli moliya organlariga taqdim etish 

uchun qaytariladi.  

Yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band bo’lmagan byudjet mablag’lari 

mavjud bo’lmaganda va  byudjet mablag’lariga  so’rovnomada ko’rsatilgan xarajat 



603 

 

turlari  bo’yicha  taklif  qilinayotgan  o’zgartirishlar  kiritishning  imkoni  mavjud 



bo’lmagan  hollarda,  g’aznachilik bo’linmalari  so’rovnomani qaytarish  sabablarini 

ko’rsatgan holda byudjetdan mablag’ oluvchilar (taqsimlovchilar)ga qaytaradilar. 

Byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalariga tegishli moliya organlari 

tashabbusi  bilan  o’zgartirishlar  kiritilgan  hollarda,  ular  tomonidan  o’rnatilgan 

tartibda  rasmiylashtirilgan  taqdimnoma  yoki  ma’lumotnoma-bildirishnoma 

loyihalari g’aznachilik bo’linmalariga imzolash uchun taqdim etiladi. 

G’aznachilik bo’linmalari  taqdimnomada  taklif  qilinayotgan o’zgartirishlarni 

amalga  oshirish  imkonini,  taklif  qilinayotgan  o’zgartirishlar  summasini  tegishli 

byudjet  mablag’larining  taqsimlovchilari  (oluvchilari)  bo’yicha  yuridik  va 

moliyaviy  majburiyatlar,  shuningdek  kassa  xarajatlari  bilan  band  qilinmagan 

ajratilgan byudjet mablag’lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradi. 

Taqdimnomada  ko’rsatilgan  xarajat  turlari  bo’yicha  ajratilgan  byudjet 

mablag’lariga  o’zgartirishlar  kiritishning  imkoni  mavjud  bo’lganda,  g’aznachilik 

bo’linmalari  G’aznachilik  dasturiy  majmuida  ushbu  shaxsiy  g’azna 

hisobvaraqlaridagi tegishli  bo’lim, bob, paragraf va  xarajatlar moddalari  bo’yicha 

keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va kassa xarajatlarini 

amalga oshirishni to’xtatib qo’yadi. 

G’aznachilik dasturiy majmuida keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni 

ro’yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirish to’xtatib qo’yilgandan so’ng, 

moliya  organining  taqdimnomasi  tegishli  g’aznachilik  bo’linmasining  vakolatli 

xodimlari tomonidan imzolanadi va uning muhri bilan tasdiqlanadi. 

Imzolangan  va  muhr  bilan  tasdiqlangan  xarajatlar  smetasiga  o’zgartirishlar 

kiritish  to’g’risidagi  taqdimnoma,  u  g’aznachilik  bo’linmasiga  taqdim  qilingan 

kunning  keyingi  ish  kunidan  kechikmagan  muddatda,  tegishli  moliya  organiga 

qaytariladi.  

Yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlar  bilan  band  bo’lmagan  ajratilgan  byudjet 

mablag’lari  mavjud  bo’lmaganda  va  ajratilgan  byudjet  mablag’lariga 

taqdimnomada  ko’rsatilgan  xarajat  turlari  bo’yicha  taklif  qilinayotgan 

o’zgartirishlar  kiritishning  imkoni  mavjud  bo’lmagan  hollarda,  g’aznachilik 



604 

 

bo’linmalari  taqdimnomani  tegishli  moliya  organiga  qaytarish  sabablarini 



ko’rsatgan holda yozma ravishda qaytaradilar. 

Moliya  organlari  tomonidan  qonun  hujjatlari  asosida  byudjet  mablag’lari 

bo’yicha  xarajatlar  smetalariga  o’zgartirishlar  (kamaytirishlar)  kiritilgan  hollarda, 

g’aznachilik  bo’linmalariga  ma’lumotnoma-bildirishnoma  loyihalari  taqdim 

qilinadi  (respublika  byudjeti  bo’yicha  —  Moliya  vazirligining  tarmoq 

boshqarmalari  O’zbekiston  Respublikasi  moliya  vazirligi  G’aznachiligiga 

ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihasini taqdim etadi). 

G’aznachilik bo’linmalari taklif qilinayotgan o’zgartirishlarni amalga oshirish 

imkonini  tekshirishni,  taklif  qilinayotgan  o’zgartirishlar  summasini  yuridik  va 

moliyaviy  majburiyatlar,  shuningdek  tegishli  byudjetda  turuvchi,  barcha  byudjet 

mablag’larini  taqsimlovchilar  (oluvchilar)ning  tegishli  bo’lim,  bob,  paragraf  va 

xarajatlar  moddalari  bo’yicha  kassa  xarajatlari  bilan  band  qilinmagan  ajratilgan 

byudjet mablag’lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradilar. 

Ma’lumotnoma-bildirishnomada  ko’rsatilgan  ajratilgan  byudjet  mablag’lari 

limitlariga  taklif  qilinayotgan  o’zgartirishlarni  kiritish  imkoni  mavjud  bo’lganda, 

g’aznachilik bo’linmalari: 

  G’aznachilik  dasturiy  majmuida  tegishli  byudjet  mablag’larini 

taqsimlovchilar  (oluvchilar)ning  tegishli  bo’lim,  bob,  paragraf  va  xarajatlar 

moddalari  bo’yicha  keyingi  yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlar  olishni  va  kassa 

xarajatlarini amalga oshirishni to’xtatib qo’yadi; 

  ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihasi  taqdim qilingan  kunning keyingi 

ish  kunidan  kechikmagan  muddatda  ijobiy  xulosa  tuzadi  va  uni  tegishli  moliya 

organlariga taqdim etadi. 

Yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlar  bilan  band  bo’lmagan  ajratilgan  byudjet 

mablag’lari  mavjud  bo’lmagan  hollarda  va  so’rovnomada  ko’rsatilgan  xarajat 

turlari  bo’yicha  ajratilgan  byudjet  mablag’lari  limitlariga  taklif  qilinayotgan 

o’zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo’lmaganda, g’aznachilik bo’linmalari, 

ma’lumotnoma-bildirishnoma  loyihasi  taqdim  qilingan  kunning  keyingi  ish 




605 

 

kunidan  kechikmagan  muddatda,  unga  o’zgartirishlar  kiritish  imkoni  yo’qligi 



sabablari ko’rsatilgan holda xulosa tuzadi. 

Ma’lumotnoma-bildirishnomaga  salbiy  xulosa  olingandan  so’ng,  tegishli 

moliya  organlari  ularni  o’zgartirish  yoki  bekor  qilish  bo’yicha  choralarni 

ko’radilar. 

Yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlarni  qabul  qilish  va  kassa  xarajatlarini 

amalga oshirishni to’xtatib qo’yishni  echish,  g’aznachilik bo’linmalari  tomonidan 

moliya  organlari  tegishli  ma’lumotnoma-bildirishnomalar  va  ularni  o’zaro 

solishtirish 

asosida 

tayyorlangan 

byudjet 

mablag’lari 

taqsimlovchilar 

(oluvchilar)ning  xarajatlar  smetalariga  o’zgartirishlar  ro’yxatining  barcha 

nusxalarini taqdim qilganidan keyin amalga oshiriladi. 

G’aznachilikda  yuridik  majburiyat  vujudga  kelishidan  avval  dastlabki 

nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo’lib, bu narxlar monitoringi orqali 

ta’minlanadi.  Buyurtmachilarining  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  etkazib  beruvchilar 

(pudratchilar)  bilan  shartnomalarini  ro’yxatdan  o’tkazishda  va  hisobga  olishda 

narx echimi hamda narxlar monitoringini amalga oshiriladi.

181

 

 G’aznachilik  bo’linmalari  buyurtmachilar  tomonidan  tovarlar  (ishlar, 



xizmatlar)  etkazib  beruvchilar  (pudratchilar)  bilan  tuzilayotgan  shartnomalarning 

sifatli  ta’minlanishini  va  narx-navo  echimini  nazarda  tutuvchi  byudjet 

mablag’laridan  foydalanishni  maqbullashtirish  ustidan  monitoringni  tanlov 

(tender)  savdolari  o’tkazilganligi  natijalarini  tasdiqlovchi  tanlov  (tender) 

komissiyasi qarorlari bayonnomasi nusxasi hamda elektron savdolar bayonnomasi 

nusxasini olish yo’li bilan amalga oshiradi. 

Buyurtmachilar  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  etkazib  beruvchilar 

(pudratchilar) bilan tuziladigan shartnomalardagi narx-navo echimi hamda ularning 

qonun hujjatlariga muvofiq tuzilganligiga javobgardir. 

 

                               



181

  “O’zbekiston  Respublikasi  byudjet  tizimi  byudjetlarining  g’azna  ijrosi  Qoidalari” 

O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi, 

ro’yxat raqami №2580 7-bobi asosida 

 



606 

 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish