41
- talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo’ladigan muammolar va
ularning yechimlariga doir bilimlami singdirish;
- talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalami tahlil qilish ko’nikmalarini
shakllantirishida ularga har tomonlama ko’maklashish;
- taraqqiyotning “O’zbek modeli” va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-
metodologik asoslariga doir bilimlami o’zlashtirishlariga ko’maklashish;
- talabalarga huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o’zaro ta’sir etish
mexanizmlariga doir tushunchalar, bilimlar berish;
- fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy
asoslarini ochib berish;
- fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi - davlat va xususiy mulkchilik, tadbirkorlik va
fermerlikni rivojlantirishga doir bilimlar berish;
- talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma’rifiy va ruhiy asosi - milliy ma’naviyatni
tiklash va uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish;
- “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mazmun-mohiyatini
tushuntirish;
- “Adolat - qonun ustuvorligida” tamoyilining mohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar
berish;
- inson manfaatlarining hamma narsadan ustunligi;
- Harakatlar strategiyasida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir konseptual
maqsadlaming mazmun-mohiyati;
- Prezidentning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qiladi”
degan g’oyasi ahamiyatini ochib berish;
- saylov huquqi erkinligi fuqarolik jamiyatining muhim mezoni ekanligini asoslash;
- fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o’rnini ochib berish;
- ijtimoiy innovatsiyalaming fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri
to’g’risida bilimlar berish;
- siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalami erkinlashtirish islohotlarining fuqarolik
jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish;
- jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tushunchalar
berish;
- fuqarolarning moddiy farovonligini oshirish bo’yicha “xalq boy bo’lsa, davlat boy
bo’ladi” tamoyilining mohiyatini tushuntirish;
- fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalaming o’rni va ahamiyatini ko’rsatib
berish;
- nodavlat-notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o’rnini ochib
berish;
- ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar berish;
- fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish;
- ijtimoiy sheriklik to’g’risida ma’lumotlar berish;
- jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish
masalalarini yoritish;
- yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar
berish.
Do'stlaringiz bilan baham: