40
mafkuralaming o’zaro hamkorlikda yashashlari uchun zamr bo’lgan shart-sharoitlaming
yaratilganligi.
Umuman olganda, “fuqarolik jamiyati” atamasi turli xorijiy adabiyotlarda umumiy
mohiyatga ega, shu bilan birga, har bir mamlakatning milliy an’anlarini ham uyg’unlashtiradigan
tushuncha bo’lib, u hozirgi davrdagi talqinlarda jamiyatning muayyan shakli (holati va
xususiyatijni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini
ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq
va qonunning rolini yuksaltirish muammolarini hal etish bilan chambarchas tarzda o’zaro
bog’liqdir.
Ba’zi olimlaming fikricha, demokratik jamiyat - bu “eng avvalo, fuqarolik jamiyatidir.
Chinakam demokratiyaning oliy mazmuni - shaxslararo, millatlararo, davlat va ijtimoiy-siyosiy
munosabatlarini uyg’unlantirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat, jamiyat va davlat hokimiyati
tinch-totuv yashaydi”. Fuqarolarning davlat hayotida ishtirok etish jarayoni ancha kuchayib
bormoqda va siyosiy partiyalar, nohukumat tashkilotlar faoliyatida, hayotning barcha jabhalari, shu
jumladan, inson huquqlari sohasida ham organlar va mansabdor shaxslar faoliyatining ijtimoiy
nazoratini hamkorlikda amalga oshirishga qaratilgan ommaviy axborot vositalarining faollashuvida
o’z aksini topmoqda.
Fuqarolik jamiyati - bu ijtimoiy-siyosiy masalalami hal etishda faol qatnashadigan,
davlatning bedodligi va aralashuviga yo’l qo’ymaydigan huquq hukmron bo’lgan, fuqarolar va
davlat hamkorlik asosida ishlaydigan ongli individlar jamiyatidir. O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatiga ta’rif berilmagan bo’lsa-da, unda fuqarolik institutlarini
tashkil etish va ular faoliyatining huquqiy asoslari e’tirof etilgan, ularning davlat bilan o’zaro
hamkorligi prinsiplari belgilangan.
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti sifatida fuqarolik jamiyatining shakllanishi,
rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o’ziga xos
qonuniyatlari va tamoyillari o’rganiladi. Fuqarolik jamiyati fanining
predmeti - kishilik tarixida
insonlaming o’zaro munosabatlari natijasida yuksak jamiyatga doir qadriyatlar va tuzilmaviy
unsurlaming shakllanishi, ularning rivojlanib borishi natijasida ideal jamiyatda insonlar o’zaro
aloqalarin qonuniyatlarining shakllanishi, rivojlangan mamlakatlarda uzoq tarixiy rivojlanish
natijasi o’laroq shakllangan yuksak insoniy birlik - fuqarolik jamiyatining institutlari hisoblanadi.
Fuqarolik jamiyati fanining
obyekti - bu insoniy jamiyatning oddiydan murakkabga, o’zini
o’zi takroran yaratib turadigan insoniy birlikka o’sib o’tishi va nihoyat rivojlangan mamlakatlarda
shakllangan fuqarolik jamiyati va uning institutlari hisoblanadi. Xususan, mazkur Fuqarolik
jamiyati o’quv qo’llanmasining obyekti - ana shu tarixiy voqeliklarga uyg’un tarzda O’zbekistonda
fuqarolik jamiyati unsurlariga doir g’oyalaming rivojlanishi, mustaqillik davriga kelib fuqarolik
jamiyati institutlarining rivojlanishi, undagi tamoyillaming rivojlangan davlatlar bilan qiyosiy
tahlillari hisoblanadi.
Fanni o’qitishdan maqsad - talaba-yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlami
singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish,
Vatanga sadoqat his- tuyg’ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: