Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


 Yevropa va Shimoliy Amerikada fuqarolik jamiyatining rivojlanishi



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

1. Yevropa va Shimoliy Amerikada fuqarolik jamiyatining rivojlanishi 
“Fuqarolik  jamiyati”  tushunchasining  ildizlari  (civil  society)  dastlab  qadimgi  yunon 
faylasuflari  va  Sitseron  yozgan  asarlarda  kuzatiladi.  Lekin  yunon  faylasuflari  fuqarolik  jamiyati 
haqida  fikrlaganida,  asosan,  davlatni  ko’zda  tutgnn  edi.  Hozirgi  davrga  yaqin  fuqarolik  jamiyati 
haqidagi  tasavvurlar  XVIII  asr  oxirida  bir  vaqtning  o’zida  Shotland  olimlnn  va  kontinental 
ma’rifatparvarlar tomonidan yaratildi. Tomas Peyn va Georg Gegel kabi nazariyotchilar fuqarolik 
jamiyatini  davlatga  yaqin,  lekin  shu  bilan  birga,  undan  ajralgan  soha,  qaysiki,  bu  kabi  jamiyatda 
fuqarolar  o’z  xohishlari  va  manfaatlariga  bog’liq  holda  birlnshadilar,  deb  talqin  etdi.  Bu  yangi 
talqinlarda iqtisodiy voqeliklnrning o’zgarishlari ifodalangan edi: xususiy mulk, bozor raqobati va 
burjuaziyaning paydo bo’lishi. U tobora o’sib borayotgan erikinlik sari da’vatlarga javob tariqasida 
paydo bo’lgan edi. 
XIX  asrning  o’rtalariga  kelib  jamiyatshunoslar  va  faylasuflar  o’z  e’tiborlarini  asosan 
sanoat  inqilobining  ijtimoiy  va  siyosiy  oqibatlariga  qiirnlgunlnrida  esa,  fuqarolik  jamiyati 
tushunchasi  ancha  iste’moldan  tushib  qoldi.  Faqat  ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi  davrga  kelib 
Italiya olimi Antonio Gramshi fuqarolik jamiyatiga tiraniya bilan kurashishning muhim sohasi va 
mustaqil siyosiy faoliyatning o’ziga xos rivojlanishining dastlabki nuqtasi sifatida qaradi, fuqarolik 
jamiyati  nnzariyasini  qaytadan  tikladi  va  bu  jamiyat  yana  rusumga  kirdi.  Gramshi  o’ng  oqimga 
mansub diktaturani tadqiq etganligi uchun ham uning g’oyalari Sharqiy Yevropa, shuningdek, Lotin 
Amerikasidagi  dissidentlar  va  huquq  himoyachilariga  kuchli  ta’sir  qildi.  Chex,  venger,  polyak 
faollari doimo fuqarolik jamiyati tushunchasiga  murojaat etishi an’anaga aylandi. Ayniqsa, 1989-
yilda Germaniyani ikkiga bo’lib turgan Berlin devori qulagan paytlarda fuqarolik jamiyati fuqarolik 
jasorati tushunchasining sinonimi sifatida ishlatila boshlandi. 
XX  asming  90-yillarida  fuqarolik  jamiyati  jozibador  formulaning  so’nggi  natijasiga 
aylandi. Ulkan va keng miqyosli demokratlashtirishning dunyoviy tamoyillari uning oldida o’zining 
yangi  ufqlarini  ochdi.  AQSH  va  G’arbiy  Yevropada  uning  jamiyatni  yangilashning 
harakatlantiruvchi  kuchi  sifatidagi  o’rniga  nisbatan  qiziqishlar  kuchaydi,  shuningdek,  u  davlat 
vahukumat ta’sirlari kamayib borayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar ichida ham keng tarqaldi. 
Tarixiy  taraqqiyot  tajribasidan  ma’lumki,  insonning  jamiyatda  oliy  ijtimoiy  qadriyat 
manbalari sifatida namoyon bo’lishiga erishish yechimini topish eng qiyin muammolardan biridir. 
Chunki  bu  kabi  an’anaviy  sharoitlarda  insonni  mansabdorlar  va  ular  apparatining  irodasi  asosida 
faoliyat  yuritishdan  boshqa  chorasi  qolmaydi,  inson  davlat  mashinasining  bir  murvatiga  aylana 
boshlaydi.  Shaxs  o’zining  turmushini  o’zgartirish  qobiliyatiga  ega  boTmasdan  turib,  xalqaro 
munosabatlarda  “inson  huquqlari  manbasi”  deb  ataladigan,  o’z  insoniy  qadr-qimmatini 
e’zozlaydigan erkinlik me’yorlaridan bahra ololmaydi. 
Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatinining xalqaro tajribalar va milliy an’analar asosida 
shakllantirish  inson  erkinligi  va  huquqlarini  ta’minlashning  asosiy  kafolatidir,  u  inson  taraqqiyoti 


69 
 
uchun  eng  zaruriy  omildir.  Hozirgi  davrda  jamiyatga  doir  zamonaviy  nazariyalarda  fuqarolik 
jamiyatining quyidagi asosiy tarkibiy qismlari ta’riflanadi: 
-  ijtimoiy  ahamiyatga  molik  funksiyalaming  sezilarli  qismini  amalga  oshiradigan  jamoat 
birlashmalarini rivojlanganligi; “shaffof’ hukumat va parlamentning mavjudligi; uning “shaffof Tigi 
jamiyat nazorati ostida va fuqarolarning baholashlari bilan bog’liq ekanligi bilan ifodalanishi; 
- hukumat va nodavlat tashkilotlar o’rtasida “de-yure” talablari doirasidagi muloqo’llaming 
mavjudligi,  yoki  boshqacha  aytganda,  ijroiya  hokimiyati  tizilmalari  faoliyati  ustidan  jamoatchilik 
nazoratini  amalga  oshirish  va  siyosiy  qarorlar  qabul  qilish  jarayoniga  ta’sir  eta  olish  legitim 
usullaming shakllanganligi. 
Shu  bilan  birga,  jamiyatning  qonunlar  asosida  boshqarilishi  ham  obyektiv  zaruriyat 
hisoblanadi. Lekin boshqaruv tizimida ba’zi mansabdorlaming byudjetni ijro etishi, turli resurslami 
taqsimlash va boshqaruv faoliyatida fuqarolarga qonunlar bilan belgilanmagan turli ruxsatnomalar 
berish,  tadbirkorlikni  nazorat  qilish  kabi  turli  byurokratik  vositalari  paydo  bo’ladiki,  ular  doimo 
jamiyat  rivojlanishiga  to’siq  bo’lib  keldi.  Shuningdek,  bu  kabi  holatlar  obyektiv  zarurat 
hisoblanmaydi. Ularning barchasi boshqaruv an’analaridan chiqarib tashlanishi zarur. 
Umuman,  fuqarolik  jamiyatining  yashashi  va  rivojlanishi  uchun  davlat  organlari 
quyidagilarga amal qilishga zarurat tug’iladi: 
- qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini amalga oshirishda u yoki bu ijtimoiy tizilmalar 
bilan kelishib faoliyat ko’rsatishining shart ekanligi; 
- davlat organlari vakolatlari bir qismining nodavlat notijorat tashkilotlarga o’tkazish. 
Shuningdek,  davlat  apparati  funksiyalarini  nodavlat  tashkilotlarga  o’tkazib  borish  bilan 
boshqaruv tizimi ham demokratiyalashib boradi. Masalan, Buyuk Britaniyada davlat organlari faqat 
nodavlat tashkilotlari bajara olmaydigan yoki bajarishni istamaydigan funksiyalami bajaradi, xolos 
(ya’ni qoldiq prinsipiga amal qiladi). 
Rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  asosida  shunday  xulosa  chiqarish  mumkin:  vertikal 
iyerarxiya  asosida  jamiyatni  boshqarish  manbayi  insonlardagi  eng  zamriy  qadriyatlaming 
shakllanishini izdan chiqarib turadi. Shuning uchun ham boshqaruvda davlat va jamiyatning rolini 
muvozanatlashtirish boshqaruvni modernizatsiyalashning ustuvor yo’nalishi hisoblanmoqda. 
Ana shu sababli ham davlat boshqaruviga doir (ma’muriy) islohotlami amalga oshirishning 
kafolati fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish bilan uzviy ravishda bog’liqdir. Chunki inson 
taraqqiyotining  asosiy  komponentlaridan  biri  bu  -  inson  taqdirini  hal  etish,  uning  huquq  va 
erkinliklari  ta’minlanishiga  doir  boshqaruv  jarayonida  o’zi  bosh  manfaatdor  sifatida  faol  ishtirok 
etishi taqozo etiladi. 
Ma’lumki,  G’arb  davlatlarida  ma’muriy  islohotlar  asosiga  subsidiarlik  prinsipi  qo’yilgan 
bo’lib, u asosan, G’arbda rivojlangan quyidagi diniy qadriyatni dunyoviylik asosida hal etish bilan 
bog’liqdir:  “Shaxsning  o’z  tashabbusi  va  kuchi  bilan  qiladigan  narsalardan  mahmm  qilish  va  uni 
qandaydir  jamoatga  taalluqli  deyish  mumkin  emas.  Xuddi  shuningdek,  kattaroq  va  yuqori 
darajadagi  hamjamiyatning  kichik  va  itoatkor  hamjamiyat  qilishi  va  oxiriga  yetkazishi  mumkin 
bo’lgan ishga da’vogarlik qilishi ham xuddi yuqoridagidek, ijtimoiy tartibot uchun nihoyatda zararli 
bo’lgan nosogiom muhitdir”. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


70 
 
 
 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish