Texnotronika -ingl. technetronic;. Elektronikadan foydalanib jamiyatga ta’sir etuvchi
texnika vositalari.
Tinchlik – insonning hayotiy ehtiyoji, emin-erkin yashashi va kamol topishining eng zarur
omili.
Tolerantlik - fr. tolyrant (lat. Tolerāns-tolerantis) hozirgi o‘zbek tilida lug‘aviy tarjima
qilganda chidamlilik, sabrlilik, bardoshlilik, toqatlilik ma’nolarini anglatadi. Antik davr va o‘rta
asrlarga qadar asosan tabobat sohasida keng istifoda etilgan mazkur tushuncha hayvonlar va
insonlar organizmlarining turli-tuman kasalliklar, jarohatlar va umuman, hayot uchun kurashish
jarayonlariga doir immun qobiliyatini o‘rganish masalalariga aloqador bo‘lgan. Keyinchalik
boshqa fanlar doirasida ham e’tiborli asarlar yaratgan mashhur tabobat olimlari va aksincha,
tabobat borasida ham diqqatga sazovor fikrlar bildirgan boshqa soha olimlari mazkur tushunchani
kengroq ma’noda qo‘llay boshlaganlar (Epimenid, Gorgiy, Aristotel, Epiktet, Ibn Sino). XX asrga
qadar tolerantlik tushunchasining ayniqsa din bilan bog‘liq muruvvat ma’nosidagi talqinlariga
ko‘p duch kelish mumkin. Lekin mazkur asr boshlaridan texnika taraqqiyoti va uning asosida
mehnatni tashkil etish munosabatlarining jadal rivojlanishi natijasida tolerantlik tushunchasi
davlat va xalq munosabatlarida, ayniqsa huquqiy munosabatlar tizimida keng mazmun kasb etadi.
Endi tushuncha chidam, sabr-toqat ma’nolarini yo‘qotmagan holda ko‘proq bag‘rikenglik,
hamjihatlik, hamkorlik kabi mazmunda talqin etila boshlandi.
Totalitar - lot. totalis-butun, to‘la, bir butun); davlat hokimiyati organlari tomonidan
jamiyat hayotining hamma sohalarini nazorat qiladigan davlat shakli, amalda konstitutsion huquq
va erkinliklarni tugatilishi; bu rejimda davlat hokimiyati biron-bir guruh (siyosiy partiya) qo‘lida
to‘planib, mamlakatda demokratik erkinliklar va siyosiy muholifatni amal qilishi uchun
imkoniyatlar bo‘lmaydi.
Tranzaksiya - ingl. bank transaction, ot lot. transactio - kelishuv, shartnoma; tranzaksiya
– bu sotib olishga doir sharnomani tuzish/moliyaviy vositalarni sotishga doir shartnoma. Bank
tranzaksiyasi, deganda bir bank hisob raqamidan ikkinchisiga yoki bank ichidagi bir hisob
raqamidan ikkinchisiga pul mablag‘larini o‘tkazish tushuniladi.
Transformatsiya - lot. transformatio – o‘zgarish; tuzilmalarni, shakllarni va usullarni
o‘zgartirish, faroliyatning maqsadli yo‘nalishini o‘zgartirish.
Tred-yunionistik
nazariya-
ijtimoiy
sheriklikning
mhnat
munosabatlarini tartibga solishi to‘g‘risidagi nazariya
Tripartizm-ijtimoiy sheriklikning davlat organlari, biznes vakillari va nodavlat notijorat
tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasidagi kelishuv.
Do'stlaringiz bilan baham: |