Strata – (lot.stratum)-qatlam.
Struktura (lotincha «structura» –»tuzilma», «tuzilish») – ob’ektning bir butunligini va
uning o‘ziga o‘zi aynanligini, ya’ni turli ichki va tashqi o‘zgarishlarda o‘zining asosiy
xususiyatlarini saqlay olishini ta’minlovchi barqaror aloqalar yig‘indisidir.
Subordinatsiya – (lot.) tartibga keltirish; xizmat intizomi qoidalariga tegishli holda
martaba darajalari bo‘yicha kichik mansabdorlarni katta mansabdorlarga bo‘ysunishiga qat’iy
amal qilish.
Suveren – fran. souveraim-oliy so‘zidan olingan bo‘lib, oliy, suverenitetga ega bo‘lish,
mustaqil,qaram bo‘lmagan ma’nolarini beradi.
Suverenitet – (fran. «souveränität») davlatning ichki ishlar va tashqi munosabatlarda
xorijiy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymagan holdagi mustaqilligi va muxtoriyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |