Bunyodkor g‘oya — jamiyatni taraqqiyot sari yetaklovchi, turli guruh va qatlamlarni,
millatlarni ezgu maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishga undovchi, amalga oshirishning real
asoslari bo‘lgan g‘oya.
Vayronkor (buzg‘unchi) g‘oya — yovuzlik va jaholatga, ayrim jinoyatkor kuchlarning
hukmronligini o‘rnatishga xizmat qiladigan, insonlar, millatlar va jamiyatning mustaqilligiga,
erkinligiga, ijodkorligiga zid bo‘lgan g‘oyalar majmuini ifodalovchi tushuncha.
Vatan ( arabcha «Vatan» – ona yurt ) – kishilarning yashab turgan, ularni avlod va
ajdodlari tug‘ilib o‘sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan bir-birini taqozo etuvchi
tashqi muh it va ichki kechinmalar hamda tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Tashqi muhit nuqtai
nazaridan Vatan kishi yoki avlodlar tug‘ilib o‘sgan va kamol topgan joy,
Do'stlaringiz bilan baham: |