Axborot sohasini liberallashtirish – (libera lis lotinchadan erkinlikka taalluqli) OAV
huquq va erkinliklarini kengayish jarayoni, shuningdek ularning faoliyatidagi cheklovlarini olib
tashlash va davlat nazoratini susaytirish.
Axborot erkinligi-fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lib, so‘z, matbuot
va boshqa ommaviy axborotga ega bo‘lgan axborotni olish huquqi va qonuniy asosda olingan
axborotlarni tarqatish huquqi axborot erkinligi hisoblanadi. O‘z.Res. Konstitutsiyasiga asosan,
ommoviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi
uchun belgilangan tartibda javobgardirlar, senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi (67-modda).
Do'stlaringiz bilan baham: |