Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


 O’zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

3. O’zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi 
Muslaqillik  davrida  mamlakatda  fuqarolik  jamiyatining  asosi  bo’lgan  demokratik 
institutlarni  shakllantirish  va  rivojlantirish  laiavoiilanga  doir  islohotlar  yildan-yilga  chuqurlashib 
bordi.  2005-yilga  kelib  Respublikada  402  ta  respublika  ahamiyatiga  molik  nodavlat  jamoat 
birlashmalari faoliyat ko’rsata boshladi. Ulardan 81 tasi xalqaro tashkilotlurdan iborat edi. Nodavlat 
tashkilotlaming 48 tasi jamg’arma, 78 lasi jumiyat, 4 tasi siyosiy partiya, 42 tasi federatsiya, 16 tasi 
kasaba iivushtnulari, 2 tasi harakat, 20 tasi markaz, 48 tasi assotsiatsiya, 20 tasi us ii liiu.1. ‘i tasi 
qo’mita,  yana  37  tasi  turli  nomlarda  rasmiy  ro’yxatdan  o’tguii  Shuningdek,  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda davlat ro’yxatiga olingan 1957 ta, shuningdek, hisob 
ro’yhatiga  olingan  2911  ta,  hammasi  bo’lib  4868  ta  mahalliy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  jamoat 
birlashmalari faoliyat ko’rsatdi. Qisqa davr ichida ularning soni tezlik bilan o’sdi: 2017-yilning 1-
noyabr holatiga binoan 9158 ta NNT, 2244 ta diniy tashkilot (shundan, 2070 tasi islomiy, 174 tiisi 
noislomiy) faoliyat yuritdi. 2017-yilning o’zida 669 ta yangi tashkil etilgun NNT ro’yxatga olindi. 
O’zbekistonda  NNT  o’z  faoliyatlarini  hududiy  mansubligiga  bog’liq  holda  quyidagi 
darajalarga bo’linadi: 
Umum  mamlakat  ahamiyatiga  ega  bo’lgan  NNT.  Ular  o’zlarining  tuzilmaviy  quyi 
tashkilotlariga  (mahalliy  tashkilotlari,  filiailari,  bolimlari,  vakolatxonalari  va  boshq.)  ega  bo’lib, 
butun mamlakat miqyosida faoliyat yuritadi; 
 
-mintaqaviy  NNT.  Ularga  Qoraqalpog’iston  respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri 
hududlarida faoliyat yuritadigan NNT kiradi; 
 
-mahalliy NNT. Ularga tumanlar, shaharlar, shaharcha va boshqa kichik hududlarda faoliyat 
yurituvchi NNT kiradi. 
O’zbekistondagi NNTni xalqaro tashkilotlar ekspertlari quyidagicha tasniflaydi: 


160 
1.  Aholining  yirik  qatlamlari  ijtimoiy  manfaatlari  uchun  xizmat  qiladigan  umummilliy 
tuzilmalar  (“Mahalla”  xayriya  jamg’armasi,  O’zbekiston  yoshlar  ittifoqi,  Xotin-qizlar  qo’mitasi, 
Nogironlar jamiyati, “Nuroniy” jamg’armasi vaboshq.). 
2.  Ekologiya,  madaniyat  va  sog’liqni  saqlash  sohasiga  ixtisoslashgan  milliy-xalqaro 
jamg’armalar (“Ekosan”, “Ibn Sino”, “SogTom avlod”, Orolni qutqarish,  Amir Temur va boshqa 
xalqaro jamg’armalar).  
3.  Kasbiy  va  ma’naviy  manfaatlar  bo’yicha  tuzilgan  ijtimoiy  tashkilotlar  (Respublika 
“Ma’naviyat targ’ibot” markazi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish markazi va boshq.) 
4. Umummilliy hayriya  jamiyatlari va jamg’armalari (Bolalar jamG’armasi, “Mehr nuri” 
jamg’armasi va boshq). 
5.  Huquqni  himoya  qilish  nohukumat  tashkilotlari  (O’zbekiston  sudlar  uyushmasi, 
Advokatlar palatasi, Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi va boshq.). 
6.  Ijodiy  ziyolilaming  milliy  jamoat  tashkilotlari  (Yozuvchilar  uyushmasi,  Jumalistlar 
uyushmasi,  Kompozitorlar  uyushmasi,  Arxitektorlar  uyushmasi,  Kinematografistlar  uyushmasi  va 
boshq.). 
7.  Milliy-madaniy  markazlar  (ular  O’zbekistonda  yashayotgan  milliy  jamoalar  (ozchilik) 
vakillarini  milliy  va  etnik  belgilariga  qarab  birlashtiradi,  xorijiy  mamlakatlar  bilan  do’stlik 
jamiyatlari va boshq.). 
8.  Ijtimoiy  ahamiyatli  qatlamlar  va  ijodiy  manfaatlar  bo’yicha  birlashmalar  (Veteran 
jangchilar  birlashmasi,  Avtomoto  havaskorlarining  ko’ngilli  jamiyati,  Ixtirochilar  va 
ratsionalizatorlar jamiyati, Turistlar klubi, Havaskor qo’shiqchilar klubi va boshq.). 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish