Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


 Fuqaroviy ong va uning namoyon bo’lish omillari



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo’lish omillari 
Fuqaroviy  ongning  mazmun-mohiyatini  anglab  yetish  uchun  uning  omillarini  bilishga 
zarurat  seziladi.  Fuqarolik  ongi  demokratik  qadriyatlar  ideallar  huquq  va  erkinliklar  nuqtayi 
nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o’zaro munosabatlarini anglab yetish demakdir. Albalta, har bir 
davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar o’ziga xos tamoyillar va me’yorlar asosida rivojlanadi. 
Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda 
demokratik me’yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylangan bo’ladi. 
Fuqarolik ongi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy sohalarda me’yoriy, shakllantiruvchi, 
yo’naltiruvchi, muloqo’lga yetaklovchi singari rang-barang vazifalami bajaradi. Bu vazifalar o’zaro 
ta’sirlar natijasida o’zaro kesishadi va bir-birini boyitib boradi. Ularning aksariyati davlat va uning 
institutlaridan  iboratdir.  Lekin  davlat  organlari  qonunlar,  me’yoriy  hujjatlar,  qoida  va  talablardan 
iborat huquqiy doirada faoliyat yuritsa, fuqarolik ongi jamiyatda erkin holda shakllanadi. Fuqaroviy 
ong me’yorlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlar natijasida shakllanadi, uni muvofiqlashtiradigan yoki uni 
amalga  oshiradigan  maxsus  tuzilmalar  bo’lmaydi.  Fuqarolik  ongining  vazifalari  alohida  olingan 
individlaming emas, balki butun jamiyat faoliyati bilan bog’liq holda amalga oshadi. 
Fuqarolik  ongi  jamiyat  hayotida  turli  shakllarda  namoyon  bo’ladi.  Kishilar  shaxsiy  va 
ijtimoiy qadriyatlar muhitida o’z qarashlari, tasavvurlari, qadriyatlari, intilishlari, me’yorlarini turli 
ko’rinishlarida namoyon etadi. Jamiyat, ijtimoiy gumhlar, shaxsning ijtimoiy manfaatlari namoyon 
bo’ladigan  fuqaroviy  manfaatlar  bir  tizim  holiga  keladi.  Aynan  u  tizim  holida  bo’lganligi  tufayli 
fuqaroviy  manfaatlar  har  bir  shaxsning  qadriyatlarini  hayotga  tatbiq  etishini  ta’minlaydi,  uning 
jamiyatga,  davlatga,  boshqa  fuqarolarga  nisbatan  munosabatini  shakllantiradi,  fuqaroning 
mas’uliyati,  maqsadlari,  vazifalarini  belgilashga,  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  xususiyatlarini 
shakllantirishga  ko’maklashadi.  Aynan  ana  shu  tarzda  shakllangan  fuqaroviy  ong  fuqarolik 
jamiyatining  shakllanishiga  xizmat  qiluvchi  qadriyatlar,  me’yorlar,  g’oya  hamda  tasavvurlami 
shakllantirish, jamiyatni komillik va erkinlik sari yetaklashga xizmat qiladi. 
Fuqarolik  jamiyati  bir  necha  avlod  almashinuvini  talab  etadigan  jarayon  bo’lganidek, 
fuqaroviy ong ham tarixiy davr mobaynida shakllanib boradi. Har bir mamlakatdagi fuqaroviy ong 
ushbu  mamlakatdagi  ijtimoiy-siyosiy  tizimning  tabiatiga  mos  va  xos  tarzda  shakllanadi,  ana  shu 
mamlakatga xos bo’lgan ijtimoiy tizim, aloqalar va munosabatlarini aks ettiradi. 
Fuqarolik  ongi  tabiiy  va  tadrijiy  taraqqiyot  mahsuli  bo’lib,  uni  sun’iy  jihatdan 
tezlashtirishning  iloji  yo’q.  U  ijtimoiy,  iqtisodiy  hamda  siyosiy  omillar  negizida  tadrijiy  tarzda 
shakllanadi. Har bir avlod mavjud demokratik qadriyatlami o’zlashtiradi va yangilarini yaratadi. Bu 
jarayonda  fuqarolik  ongini  belgilab  bemvchi  me’yorlar  va  qadriyatlami  saqlash  hamda  uzluksiz 
takomillashtirish muhim faoliyat hisoblanadi. Tadrijiy taraqqiyot natijasida demokratik tasavvurlar 
shaxs  ongida  mustahkamlanib  boradi,  unda  asta-sekinlik  bilan  fuqarolik  tajribasi  ham  to’planib 
boradi. 
Fuqarolik  ongi  qator  o’ziga  xos  xususiyatlarga  egadir.  Fuqarolik  ongi  ijtimoiy  tizimning 
o’zgarishi  bilan  yangilanadigan  qadriyatlarga  moslashib  boradi.  Boshqa  tarafdan,  fuqarolik  ongi 
ijtimoiy o’zgarishlami keltirib chiqaruvchi faol omil hamdir. U fuqarolarni faol harakatga undovchi 
tasavvurlar  bilan  bog’liq  bo’lganligi  tufayli  jamiyat  o’zligining  yangilanishiga  va  ijtimoiy 
taraqqiyotni tezlashtiruvchi omilga aylanishi mumkin. Fuqarolik ongi ijtimoiy taraqqiyotning ruhiy 
negizini yaratgan holda jamiyatning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 


86 
Fuqarolik  ongi  yangi  g’oyalami  qabul  qilish  darajasida  ochiq  xarakterga  egadir.  Yangi 
g’oyalar aynan bir tizimga mos ekanligi o’z isbo’lini topgan taqdirdagina u asta-sekin jamiyatning 
hayotiga singib boradi. 
Madaniy  yangilanishlaming  uzluskiz  tarzda  ijtimoiy  ongga  ta’sir  ko’rsatishi  natijasida 
jamiyatda  voqeliklami  his  etishning  yangicha  usullari  vujudga  keladi  va  ular,  o’z  navbatida, 
fuqaroviy ongning o’zgarishiga ta’sir qiladi. 
Mamlakatdagi  siyosiy  hayotni  tubdan  o’zgartirish  hattoki  jamiyatning  mulkka  nisbatan 
munosabatni  butunlay  o’zgartirish  mumkin,  lekin  kishilaming  mhiy  qarashlari  va  qadriyatlarini 
tezlik bilan o’zgartirib bo’lmaydi. 
Fuqarolik ongi faqat umumiy tamoyillarga asoslanmasdan ham o’z mohiyatini o’zgartirib 
borishi  mumkin.  Albatta,  jamiyatda  barqaror  bo’lgan,  har  qanday  siyosiy  tizimga  xos  bo’lgan 
tarixiy tajriba va an’analar singari o’zgarmas xususiyatga ega qadriyatlar ham mavjud bo’lib, ular 
fuqaroviy ongda ro’y berishi mumkin bo’lgan tezkor o’zgarishlarga bo’lgan intilishlami tiyib turadi. 
Yangi  tarixiy  tajriba  aynan  ana  shunday  qadriyatlar  negizida  vujudga  keladi  va  fuqarolar  ongiga 
singib boradi. 
Tushuncha  sifatida  “fuqarolik  ongi”  deganda,  avvalo,  fuqaroning  davlat  bilan  siyosiy-
huquqiy  munosabatlari  nazarda  tutilib,  kishining  biror-bir  davlatga  mansubligi  va  shu  davlatning 
qonunlariga bo’ysunishi tushuniladi. Shaxsning huquqiy maqomida ifodalanadigan fuqarolik davlat 
bilan fuqaro o’rtasida amal qiladigan qator huquq va burchlar bilan mustahkamlangan bo’ladi. 
Turli  ijtimoiy  subyektlaming  o’zaro  ta’sirlashuvlari  ro’y  beradigan  vn  manfaatlari 
ziddiyatlar asosida paydo bo’ladigan jamiyatdagi munosabatlar fuqaroviy ongni boyitib boradi, ular 
ana shu ongda  aks etadi. Shuningdek, fuqaroviy ong kishilararo munosabatlarga ta’sir ko’rsatgan 
holda ularga aniqlik, yangi mazmun va shakl bag’ishlaydi.  
Kishilaming  ijtimoiy  hayot  hamda  davlatga  nisbatan,  shuningdek,  shaxs  bilan  davlat 
o’rtasida  haqiqiy  va  me’yoriy  munosabatlar  to’g’risidagi  tasavvurlari  fuqaroviy  ongda 
mujassamlashgan. 
Ijtimoiy-siyosiy,  diniy,  axloqiy,  huquqiy,  iqtisodiy  va  boshqa  me’yorlar,  talablar, 
tamoyillar, qoidalar umumiy fuqaroviy dunyoqarash shaklida fuqaroviy ongning tarkibiy unsurlari 
sifatida namoyon bo’ladi. 
Demokratik  jamiyatning  barqarorligi  demokratik  qadriyatlar  bilan  boyishga  zaruriyat 
sezadi. Bu jarayon jamiyatdagi fuqarolarning ijtimoiy erkin sharoitda  yashashga qanchalik tayyor 
ekanliklari, ya’ni shaxslaming fuqaroviy yetukligi va faolligiga bog’liqdir. O’z navbatida, fuqaroviy 
yetuklik  va  fuqaroviy  mus’uliyat  jamiyat  a’zolarining  fuqaroviy  ongi  darajasi  bilan  belgilanadi. 
Aynan  fuqaroviy  ong  jamiyatning  ma’naviy,  intellektual  va  ijtimoiy-iqtisodiy  salohiyatini 
shakllantiradi. 
Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtirishga xizmat qiladi, umumiy manfaatlar yoiida fuqarolar 
o’rtasida kelishuvlar ro’y berishiga xizmat qiladi. Jamiyatda ro’y beradigan turli ijtimoiy-madaniy 
omillar ta’sirida fuqaroviy ong o’zgarib boradi va fuqaroviylik to’g’risidagi g’oyalar taraqqiyotida 
o’z aksini topadi. 
Davlat  va  jamiyat,  davlat  va  shaxs  o’rtasidagi  munosabatlarining  tabiati  haqidagi 
bilimlaming kengayishi “fuqaroviylik” tushunchasini qayta-qayta tafakkurlashni taqozo etishi - bu 
tarixiy  taraqqiyot  zamratidir.  Ijtimoiy  jarayonlar  natijasida  sayqallangan  fuqaroviy  madaniyat  va 
fuqaroviy  ong  kishilami  iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy,  axloqiy  jihatlardan  yuksalib  borishini 
ta’minlaydi. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish