МУНДАРИЖА
№ Кириш
1.0 Ўқув матeриаллари
2.0 Амалий машғулотлар матeриаллари
3.0 Мустақил таълим машғулотлари
4.0 Глоссарий
5.0 Иловалар
5.1 Фан дастури
5.2 Ишчи фан дастури
5.3 Тарқатма матeриаллар
5.4 Тeстлар
5.5 Фойдаланилган адабиётлар
5.5 ЎУМнинг eлeктрон варианти.
4
KIRISH
Qadim davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasini rivojiga katta hissa
qo‘shgan O‘zbekiston xalqi faqat mustaqillik davriga kelib ro‘shnolik ko‘rdi.
Milliy davlatchilik shakllandi, sobiq ittifoq davrida toptalgan milliy madaniyat va
ma’naviyat qaytadan tiklandi, xalq haqiqiy erkinlikni o‘z hayotida chuqur his eta
boshladi. Mamlakatda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining boshlanishi, xususiy
mulkchilikning tiklanishi, butunlay yangi ijtimoiy qatlam – o‘rta sinfning
shakllanishi kabi o‘zgarishlar demokratik qadriyatlarni o‘sishiga zamin yaratdi.
Fuqarolarning dunyoqarashida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Totalitar mafkuradan
butunlay holi bo‘lgan yangi avlod shakllandi. Ular hayotida o‘z atrofidagi
voqeliklarga o‘z mustaqil nuqtai nazari qarash, o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan
bog‘liq holda his etish kabi qadriyatlar shakllandi. Mustaqillik davridagi buyuk
o‘zgarishlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
quyidagi fikrlarni bildiradi: «Bugun insonning o‘zi o‘zgarmoqda, uning grajdanlik
va siyosiy ongi, huquqiy madaniyati o‘smoqda. Biz kommunistik mafkura
asoratlaridan, boqimandalik kayfiyatidan, turli soxta qoliplardan to‘la xalos bo‘lib
bormoqdamiz. Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega,
hayotga yangicha qaraydigan, sobiq mustabid tuzumga xos tushunchalardan ozod
bo‘lib voyaga yetayotgan, o‘z fikri va qarashlariga ega bo‘lgan navqiron
yoshlarimiz hayotga ishonch bilan kirib kelmoqda, jamiyatimizda mustahkam o‘rin
olmoqda va mamlakatimizning taraqqiyoti yo‘lida hal qiluvchi kuchga
aylanmoqda.
Hayotimizda amalga oshirilayotgan bunday o‘zgarishlar avvalo nimani
anglatadi? ...Bu amaliy ishlar avvalambor mamlakatimizda zamonaviy demokratik
jamiyat qaror topayotgani va izchil rivojlanayotganidan, aholining hayot darajasi
va sifatining yuksalib borishiga zamin bo‘layotgan iqtisodiyotimizning barqaror
sur’atlar bilan o‘sayotganidan, O‘zbekistonimizning xalqaro maydondagi obro‘-
e’tibori tobora ortib borayotganidan darak beradi
1
.
Mustaqillik davrida mamlakatning iqtisodiy salohiyati ham yuksaldi.
Sanoatning O‘zbekiston uchun butunlay yangi sohalari – avtomobilsozlik,
energetika - neft-gaz ishlab chiqarish, sanoat va uy-joy qurilishi, avtomobil va
temir yo‘l qurilishi, dori-darmon ishlab chiqarish kabilar shakllandi va rivojlandi.
Mamlakat yalpi ichki mahsulotida shaxsiy sektorning ulushi ustuvorlik qila
boshladi. Qishloqqa fermerlik va kichik biznes kirib keldi. Barcha ekin maydonlari
fermerlarga bo‘lib berildi. Xususiy mulkchilikni joriy etilishi oilalarning
farovonligini o‘sishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakatda xo‘jalik yuritishning
rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo‘lgan shakli – bozor iqtisodiyoti
munosabatlari tezlik bilan rivojlana boshladi.
Davlatning bosh islohotchilik rolini oshirish, kuchli ijtimoiy himoya
siyosatini amalga oshirish jarayoni «O‘zbek modeli» asosidagi islohotlarni hech bir
ijtimoiy larzalarsiz amalga oshirishga shart-sharoit yaratdi. Davlat byudjetining
1
Каримов И.А. Амалга оширилаётган ислоҳотларимизни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти
қуриш – ёруғ келажагимизнинг асосий омилидир. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининнг 21
йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза. 2013 йил 7 декабрь.-Т.: Ўзбекистон, 2013.-Б.12
5
uchdan ikki qismiga yaqini ijtimoiy sohalarga ajratilishi mamlakatdagi siyosiy
tuzumning asosan milliy manfaatlar va xalq farovonligini amalga oshirish yo‘lida
faoliyat yuritishini ifodalay boshladi.
Mustaqillikning chorak asrga yaqin davri ichida mamlakatning yuz
yilliklarga teng bo‘lgan rivojlanish yo‘lini bosib o‘tishi – bu mamlakat Prezidenti
tashabbusi va yo‘lboshchiligi asosida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat
qurishning asosiy strategik pirovard maqsad sifatida e’lon qilinishi, bu sohada
«O‘zbek modeli» asosida islohotlarni bosqichma-bosqich ravishda amalga
oshirilganligi bo‘ldi. So‘nggi o‘n yillikda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8
foizdan ortiq ravishda o‘sib borishi fikrimizning dalilidir.
Davlat siyosatining va jamiyat taraqqiyotining asosiy ustuvor yo‘nalishlari
insonga, uning farovonligi va erkinligiga qaratila boshlandi. O‘zbekiston tarixida
yangi bir davr boshlandi. Bu davr – fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish
davri sifatida trixga kirdi.
Ko‘rinib turibdiki, mamlakatda fuqarolik jamiyati strategik maqsad sifatida
e’lon qilinishi natijasida yangi dolzarb vazifalar paydo bo‘ldi. Ma’lumki, bu kabi
jamiyatlar rivojlangan mamlakatlarda bir necha yuz yilliklar ichida nazariya
sifatida shakllanib, XX asrning o‘rtalaridan boshlab amaliyotda namoyon bo‘ldi.
Bu mamlakatlar tajribasini o‘rganish, mamlakatimiz tarixida shakllangan fuqarolik
jamiyatining milliy unsurlarini demokratlashtirish va ularni xorijiy tajriba bilan
uyg‘unlashtirish davr talabi sifatida o‘zligini namoyon qila boshladi. Shuningdek,
fuqarolik jamiyatiga doir nazariy va amaliy bilimlarni yoshlar ongiga singdirish
mamlakat kelajagi va istiqbolini belgilovchi omil sifatida paydo bo‘ldi. Chunki,
yangi quriladigan jamiyatning belgilari hamda tarxi yoshlar ongi va tasavvurida
namoyon bo‘lmas ekan, bu ulug‘vor vazifani bajarishga kirishib bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham «Fuqarolik jamiyati» faniga doir darslik va boshqa o‘quv
qo‘llanmalarini yaratish amalga oshirilayotgan islohotlarning ma’naviy-ijtimoiy
omili sifatidagi zaruriyatga aylandi.
Ko‘rinib turibdiki, hozirgi davrga kelib fuqarolik jamiyati qurish islohotlari
sharoitida yoshlarni bu jarayonda faol ishtirok etishlari va o‘z dunyoqarashlarini
fuqarolik jamiyati qurishga doir nazariyalar bilan boyitishlari uchun shar-sharoitlar
yaratish eng dolzarb vazifalar sirasiga ko‘tarildi.
Fuqarolik jamiyati fani hozirgi islohotlar davri yanada rivojlanishga doir
izlanishlarni chuqurlashtirish jarayoni kun tartibiga qo‘ygan vazifalardan kelib
chiqib «O‘zbek modeli» asosida fuqarolik jamiyati qurish va uning istiqbollari
to‘g‘risida bilimlar beradi. Shuningdek, bu fanni o‘qitish jarayonida rivojlangan
mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurish tajribasi ham o‘rganiladi, ular
mamlakatdagi islohotlar natijasiga o‘zgarishlar qiyoslanadi.
Mazkur fanni o‘qitishda asosiy e’tibor talabalarning erkin fikrlashi, ularning
jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan mustaqil o‘z munosabatlarini
shakllantirishga qaratildi. Fanning yana bir asosiy maqsadlaridan biri – bu
yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini yuksaltirish, ularning mamlakatga
sadoqatini oshirish, yangi jamiyat qurishga befarq bo‘lmaydigan inson sifatida
tarbiyalash vazifalarni amalga oshirishdir.
6
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani
fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyotini «Falsafa», «Huquqshunoslik»,
«O‘zbekiston tarixi», «Sotsiologiya», «Iqtisodiyot», «Milliy g‘oya: asosiy
tushuncha va tamoyillar» «Siyosiy fanlar», kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan
uzviy o‘zaro aloqadorlikda o‘rganadi, o‘zining va mazkur fanlarning
qonuniyatlariga ham tayangan holda qo‘laniladi.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |