Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

Ikkinchi  bosqich  XVIII  asr  oxiridan  XIX  asr  oxirigacha  davom  etdi.  Bu  davrda  eng 
rivojlangan  mamlakatlarda  umumiy  yuridik  tenglik  va  erkinlik,  shuningdek,  iqtisodiy  erkinlik  va 
shaxsiy tashabbusga asoslangan dastlabki kapitalizm ko’rinishidagi fuqarolik jamiyati shakllandi. 
Uchinchi bosqich (XIX asr oxiri va undan keyingi davr) vertikal feodal tuzilmalar o’rnini 
erkin  odamlaming  huquqiy  tengligi  va  o’zaro  bitimlariga  asoslangan  gorizontal  munosabatlar 
egallagani  bilan  tavsiflanadi.  Insoniyatning  ko’p  asrlik  tarixida  barcha  odamlar,  ijtimoiy  kelib 
chiqishi  va  mavqeyidan  qat’i  nazar,  jamiyat  hayotining  huquqiy  jihatdan  teng  ishtirokchilari  deb 
e’tirof etilishi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ular har kimga o’zini erkin xohish-irodaga ega 
bo’lgan,  o’z  harakatlari  va  ularning  huquqiy  oqibatlari  uchun  o’zi  javob  berishga  qodir  shaxs 
sifatida  namoyon  etish  imkoniyatini  beruvchi  qonunlar  bilan  e’tirof  etilgan  qator  huquqlar  va 
erkinliklarga ega bo’la boshladi. 
Fuqarolik jamiyatining hayotda yuzaga kelishiga “Huquqlar haqidagi bill” (Angliya, 1689-
y.; AQSh, 1791-y.) yoki “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi” (Fransiya, 1789-y.) kabi inson 
huquq va erkinliklarini himoyalovchi huquqiy aktlaming qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. 
Fuqarolik  jamiyati  -  o’z  shaxsi, ijodiy  tashabbusini  erkin  namoyon  etuvchi  teng  huquqli  odamlar 
jamiyati, ortiqcha ta’qiqlar va ortiqcha ma’muriy tartibga solishdan holi bo’lgan teng imkoniyatlar 
jamiyati sifatida shakllandi. 


45 
 
Fuqarolik jamiyatining davlatdan ajralishi aynan ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi tengsizlikni 
tugatish  va  ijtimoiy  munosabatlarini  davlat  tasarrufidan  chiqarish  jarayoni  hosilasi  o’laroq  yuz 
berdi.  Bu  jarayonga  butun  aholi  nomidan  ish  ko’rishga  asoslangan  vakillik  davlat  organlarining 
shakllanishi asos bo’ldi. 
Natijada  odamlaming  huquqiy  o’zaro  tengligi  ularga  huquq  va  erkinliklar  berishi 
vositasida,  ya’ni  qonunlarda  belgilab  qo’yish  yoii  bilan  tan  olindi.  Tabaqaviy  tengsizlik  o’rnini 
egallagan umumiy huquqiy tenglik shaxsning mutlaqo yangi ijtimoiy holatini belgilab berdi. Endi 
individlar, ularning ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar erkin hamda ijtimoiy hayotning to’laqonli 
ishtirokchilari deb e’tirof etildi. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish