Ijtimoiy manfaat – bu barcha jamiyat a’zolarining birgalikda ro‘yobga chiqadigan
manfaatlaridir.
Ijtimoiy uyushmalar – fuqarolar manfaatlari umumiyligi va ixtiyoriylik asosida vujudga
keluvchi, lekin o‘z faoliyati natijasida daromad olishni ko‘zlamaydigan tashkilotlar (siyosiy
partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, ayollar, keksalar, nogironlar, yoshlar, bolalar
tashkilotlari, ilmiy texnik, madaniy-ma’rifiy, sport va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar, jamg‘armalar,
assotsiatsiyalar, boshqa tuzilmalar). Demak, fuqarolarning har qanday ko‘ngilli uyushmasi –
ijtimoiy uyushmadir.
Mavjud siyosiy hayotni o‘zgartirishga yoki unga ta’sir etishga urinuvchi ijtimoiy
uyushmalar siyosiy, deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |