Detsentralizatsiya - nomarkazlashtirish; markaziy hokimiyat organlari vakolatlarining bir
qismini mahalliy hokimiyat organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat tashkilotlarga
berish; markazlashuvnibo‘shashtirish yoki bekor qilish, tugatish.
Diaspora – yun. diaspora -tarqalish ma’nosida bo‘lib, ma’lum bir davlat hududida
yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o‘z davlat tuzilmasiga ega, ma’lum bir xalq millat
vakillarining yig‘indisi (masalan O‘zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining diasporasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |