Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


 “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

3. “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi” - fuqarolik jamiyatini qurish dasturulamali 
O’zbekiston XXI asming ikkinchi o‘n yilligi oxiri - 2017-yildan boshlab tub o‘zgarishlar 
va  islohotlaming  yangi  modernizatsiyalashish  davriga  kirdi.  Prezident  Sh.M.Mirziyoyevning 
tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, Prezident farmoni bilan 2017-yil 7-fevralda tasdiqlangan “2017-
2021-yillardagi  rivojlanish  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasi”  mamlakatda  yangi,  rivojlangan 
davlatlarga xos bo‘lgan  rivojlanish davri - tub burilish davrini boshlab berdi. Jamiyatning barcha 
sohalarini  modernizatsiyalashga  qaratilgan  mazkur  dasturulamal  5  ta  yo‘nalishdan  iborat  bo‘lib, 
ularda  respublikamizda,  alohida  olingan  hududlar,  turli  tarmoqlar  hamda  yo‘nalishlar  bo‘yicha 
yaqin besh yil ichida modernizatsiyalash maqsadlari mujassamlashgan. Unda qisqa muddat ichida 
rivojlangan  davlatlarga  xos  bo‘lgan  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  madaniy,  ilmiy-texnikaviy, 
texnologik,  investitsiyaviy,  umuman  olganda,  jamiyatning  barcha  jabhalarini  modernizatsiyalash 
maqsadlari  va  “yo‘l  xaritasi”  ifodalangan.  “Harakatlar  strategiyasi”da  ko‘zda  tutilgan  strategik 
maqsad  va  vazifalami  amalga  oshirishning  puxta,  real,  imkoniyatlarini  yaratish,  rejalami  amaliy 
hayotda  amalga  oshirish  inexanizmlarini  ishlab  chiqishga  ham  muhim  e’tibor  qaratilmoqda.  Bu 
sohada muhtaram Prezident Sh.M.Mirziyoyevning qisqa davr ichida olamshumul ahamiyatga molik 
isiohotlami amalga oshirganligi diqqatga sazovordir. 
 
Birinchidan,  Prezident  Sh.M.Mirziyoyev  o‘z  farmon  va  qarorlarida  Harakatlar 
strategiyasida  mo‘ljallangan  maqsadlami  amalga  oshirishning  aniq  vaqt  mexanizmlarini  ishlab 
chiqdi.  Ayniqsa,  2018-yilga  “Faol  tadbirkorlik,  innovatsion  g‘oyalar  va  texnologiyalami  qoilab-
quvvatlash  yili”  deb  nom  berilishi  munosabati  bilan  qabul  qilingan  davlat  dasturida  Harakatlar 
strategiyasini amalga oshirishning asosiy shart-sharoitlari belgilab berildi. 
Prezident Sh.M.Mirziyoyev o‘zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish  va  bu  sohadagi  muammolar  to‘g‘risida  quyidagi  masalalami  hal  etishni  ilgari  surdi: 
“Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga 
oshirayotgan  islohotlarimizda  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  o‘mi  va  roli  beqiyos  ekanini 
alohida  ta’kidlash  joiz.H0zirgi  kunda  yurtimizda  9  mingdan  ortiq  nodavlat  notijorat  tashkiloti 
mavjud,  29  ta  xalqaro  va  xorijiy  nohukumat  tashkilotlarining  (ilial  va  vakolatxonalari  faoliyat 


134 
yuritmoqda...  Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  faoliyatini  takomillashtirish,  ulami  qo‘llab-
quvvatla^hga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilindi. Ammo ana shunday muhim sa’y-
harakatlarga qaramasdan, aholining muammolarini tizimli o‘rganish, ulami aniq hal etish, ayniqsa, 
ijtimoiy sharoiti og‘ir ayollami qo'llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik 
va  jinoyatchilikning  oldini  olish,  ulami  ish  bilan  ta’minlash  masalalarida  bu  tashkilotlaming 
ishtiroki yetarli darajada sezilmayapti. Ular faqat nomiga yig'ilishlar o‘tkazish bilan mashg‘ul bo‘lib 
qolmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari bugun  aytilgan tanqidiy  gaplardan xulosa chiqarib, o‘z 
faoliyatida burilish yasaydi, deb ishonamiz”. 
Hozirgi O’zbekistonda boshlangan modernizatsiya jarayonlarining milliy jihatlari nuqtayi 
nazaridan umumjahon tajribasiga murojaat qilishga zamrat seziladi. Masalan, Malayziya davlatida 
amalga  oshirilgan  modernizatsiyaning  birinchi  bosqichi  -  bu  Malayziya  taraqqiyot  modelining 
nazariy  jihatdan  shakllantirish  bilan  bog‘liqdir.  Unda  Malayziya  davlati  amalga  oshiradigan 
modernizatsiyani  nazariy  va  amaliy  dasturiy  maqsadlarini  shakllantirishda  hukumat  tomonidan 
qabul qilingan rivojlanish dasturlarining o‘mi beqiyos bo’ldi. Ayniqsa, to‘rtta besh  yillik rejalami 
o‘ziga qamrab olgan “Yangi iqtisodiy siyosat” dasturi muhim ahamiyat kasb etdi. Bundan tashqari 
Xitoydagi  modernizatsiyaning  asoschisi  Den  Syaopinning  3  bosqichli  rivojlanish  strategiyasiga 
muvofiq 2050-yil oxiriga qadar Xitoy o‘rtacha rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilishi ko‘zda 
tutilgan.  Ammo  O’zbekiston  Respublikasida  qabul  qilingan  Harakatlar  strategiyasi  umumjahon 
amaliyo’lida  sinab  ko‘rilgan  bu  kabi  taraqqiyot  dasturlarida  nazarda  tutilgan  maqsadlari,  amalga 
oshirish muddati kabi jihatlari, qo'llash mexanizmlari bilan ulardan farq qiladi: birinchidan, ko‘zda 
tutilgan maqsadlami amalga oshirish bilan bog‘liq vaqt omilining aniq va ravshan tarzda qo‘yilishi, 
ikkinchidan,  bu  maqsadlami  ro‘yobga  chiqarish  imkoniyatlari  huquqiy  va  iqtisodiy  asoslarining 
oldindan  yaratilishi,  modernizatsiya  jarayonini  moliyalashtirish  manbalarining  belgilanishi, 
mamlakatdagi  milliy  shart-sharoitlami  e’tiborga  olinishi  va  hokazo.  Shuningdek,  “Harakatlar 
strategiyasi”  asosida  amalga  oshiriladigan  modernizatsiya  muddatining  nisbatan  qisqa  -  besh  yil 
ichida  amalga  oshirish  loyihasini  barcha  darajadagi  ekpertizalardan  o'tganligi,  undagi 
ko'rsatkichlami  mamlakat  salohiyatiga  monandligi  kabi  jihatlari  bilan  xalqaro  hamjamiyat 
tomonidan e'tirof etilmoqda. 
Mamlakatni  modernizatsiyalashga  oid  davlat  dasturlarida  ko‘zda  tutilgan  maqsadlami 
amalga  oshirishda  mamlakatning  ichki  imkoniyatlari,  shu  bilan  birga,  xalqaro  maydonda  ro‘y 
berayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  jarayonlar  ham  hisobga  olindi.  Hozirgi  davrda 
xalqaro  munosabatlarining  barqaror,  tez  o‘zgaruvchan,  yaxshi  muvozanatlashmagan  xususiyatlar 
kasb etib borayotganligi hisobga olingan holda “Harakatlar strategiyasi” qisqa muddatli taraqqiyot 
dasturi sifatida qabul qilinishi uning istiqbolli va samarali strategik maqsad ekanligini ifodalaydi. 
Shuningdek, Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan beshta yo‘nalish respublikamizning 
barcha  hududlari,  jamiyatning  barcha  jabhalari  va  sohalarida  amalga  oshiriladigan  o‘zgarishlami 
nazarda  tutganligi  bilan  ajralib  turadi.  Lekin  xalqaro  tajribalarda  bu  kabi  modernizatsiyalash 
nazariyasi  va  amaliyo’li  modellari  uchramaydi.  Yevropa  davlatlari  va  AQSHdagi 
modernizatsiyalash jarayonlari bir necha o‘n yilliklarda amalga oshirilgan. Masalan, hozirgi davrda 
Xitoyning  aksariyat  shaharlari  birlamchi  modernizatsiyalashning  bosqichini  o‘z  boshidan 
kechirayotgan  bo'lsa,  yana  boshqalari  uning  ikkinchi  bosqichini  amalga  oshirmoqda.  Xitoy 
modernizatsiya modelida ulkan sonli aholining milliy manfaatlari inobatga olingan bo‘lib, u hozir 
o‘zining  murakkab  va  majmuaviy  xususiyatlari  bilan  boshqa  rivojlangan  mamlakatlardan  ajralib 
turadi.  Boshqacha  aytganda,  Xitoydagi  modernizatsiya  1978-yilda  boshlangan  bo‘lib,  u  jamiyat 
sohalarining yoki mintaqalaming barchasini o'ziga qamrab olmagan, balki, islohotlami birin-ketinlik 
qoidasi  asosida  amalga  oshirmoqdd.  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev  esa  aholining  davlatdan 
roziligi va unga ishonchi masalasiga alohida urg‘u bermoqdalar. 
 Umuman,  yana  boshqa  turli  davlatlarga  qiyoslagan  holda  aytish  mumkinki,  “Harakatlar 
strategiyasi”ni  amalga  oshirishda  majmuaviylikka  ustuvorlik  berilgan.  Unda  respublikamizning 
barcha hududlari, jamiyat ijtimoiy hayotining deyarli barcha sohalari va tarmoqlari qamrab olingan. 
Albatta, bu holat bizning rivojlanish yo‘limizni o‘ziga xosligi, xalqchilligi, betakrorligi, insonga va 
uning  farovonligiga  qaratilganligi,  amalda  qo‘lga  kiritilgan  innovatsiyaviy  va  investitsiyaviy 


135 
salohiyatlarga  tayanishi  kabi  xususiyatlari  bilan  e'tirof  etilmoqda.  Mamlakatda  amalga 
oshirilayotgan  keng  qamrovli  o‘zgarish!ar  va  islohotlar,  aniqrog‘i  -  modernizatsiyaning  yangi 
bosqichi  aholi  dunyoqarashini  ham  tubdan  yangilashga  qaratilgan.  Qisqa  vaqt  ichida  aholining 
huquqiy  ongi  va  madaniyatini  oshirish  maqsadida  axborot  texnologiyalari  va  nodavlat  notijorat 
tashkilotlar,  o‘zini  o‘zi boshqarish  organlarini  faollashtirishga,  ulami  bevosita  modernizatsiyalash 
jarayonlarida  ishtirok  etishini  rag‘batlantiradigan  qonunlar,  farmonlar  va  hukumat  qarorlari  qabul 
qilindi. 
“Harakatlar strategiyasi” loyihasining bir necha oy aholi va keng jainoatchilik tomonidan 
muhokama qilinishi, uni shakllantirishda olirrilar, tadbirkorlar, fermerlar, aholi vakillarining taklif 
va tavsiyalarini inobatga olinishi, ulami mehnat jamoalarida keng muhokama qilinishi xalqimizning 
huquqiy  va  siyosiy  ongini  oshirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Bu  chora-tadbirlar  o‘z  o‘mida 
loyihaning  aholining  real  manfaatlari  va  ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holda  takomillashtirishga 
imkon  yaratdi.  Boshqacha  aytganda,  respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  modernizatsiya 
jarayoni  nafaqat  xorijiy  tajribalar,  balki  milliy  an'analar,  o‘z  yechimini  kutayotgan  muammolar, 
isloh qilinishi zaruratga aylangan sohalar ehtiyojlar asosida shakllangan “Harakatlar strategiyasi”da 
o‘z  ifodasini  topdi.  “Harakatlar  strategiyasi”  loyihasi  televideniya,  radio  va  Intemet  tarmoqlarida 
“xalq 
ekspertizasi”dan 
va 
xalq 
muhokamasidan 
o‘tdi. 
Intemet 
tarmog‘idagi 

www.strategy.regulation.gov.uzzuzzdocumentz2”
  sayti,  boshqa  ijtimoiy  tarmoqlari  va 
Prezidentning  virtual  qabulxonasining 
www.my.gov.uz
  sayti  mamlakatda  jamoatchilik  fikrini 
o'rganishning muhim vositasi vazifasini bajardi. 
Hozirgi davrda “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish unda ko‘zda tutilgan vazifalami 
bajarish maqsadida qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari, hukumat qarorlari, 
ulami amalga oshirish natijalari jamiyatning barcha sohalarini rivojlanishiga ijobiy ta'sir qilmoqda. 
Bu  holat  “Harakatlar  strategiya”dagi  vazifalami  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilayotganligini 
anglatadi. Bu jarayonda Prezidentning virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari islohotlar uchun 
zarur bo‘lgan muhim ishlami amalga oshirmoqda. Zero, ularga kelib tushayotgan murojaat, ariza va 
takliflami  o‘rganish  asosida  muammolami  hal  etish,  rivojlanishga  shart-sharoitlar  yaratish  ishlari 
bajarilmoqda. 
Ko'rinib turibdiki, mamlakatda amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayoni ustidan ham 
axborot  texnologiyalari,  ham  xalqimizning  murojaatlari  vositasida  monitoring  nazorati  amalga 
oshirilmoqda.  Shu  bilan  birga,  xalqimiz  va  davlat  organlari  tomonidan  islohotlar  jarayonining 
barcha  tafsilotlari  va  tarmoqlarini  chuqur  nazorat  qilish  o‘z-o‘zidan  fuqarolarning  huquqiy  va 
siyosiy madaniyatini oshirish omili sifatida namoyon bo'lmoqda. 
“Harakatlar  strategiyasi”da  mo‘ljallangan  maqsad  va  vazifalami  amalga  oshirish 
jarayonlarini monitoring qilish, har bir yilda muhim bir sohani rivojlantirishning davlat dasturining 
qabul qilinishi va amalga oshirilishi tabiiy ravishda bu jarayonni muvofiqlashtirishni va tahlil etib 
borishni  taqozo  etadi.  Bu  maqsad  tahliliy  markazlami  tashkil  etish  zamratini  qo‘yadi.  Xalqaro 
tajribaga e'tibor qaratsak, bu sohadagi yangi o'zgarishlar manzaralarini ko‘ramiz. Jumladan, Xitoy 
Fanlar  akademiyasi  qoshida  “Modernizatsiya  tadqiqotlari  markazi”  faoliyat  olib  boradi.  Mazkur 
tadqiqoq  markazi  modernizatsiya  jarayonlari  monitoring  nazorati  tahlilini  amalga  oshirish,  ulami 
e'lon qilish va modernizatsiyaning istiqbollarini belgilovchi strategik dasturlar ishlab chiqish bilan 
shug‘ullanadi. Bu kabi markazlar barcha rivojlangan mamlakatlarda mavjud. O’zbekistonda 2017-
yil  23-fevralda  “Taraqqiyot  strategiyasi”  markazi  tashkil  qilindi.  Uning  asosiy  vazifalari  etib, 
quyidagilar belgilab qo‘yildi: 
-o‘z  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalar  doirasida  vazirliklar,  idoralar,  banklar  va  boshqa 
tashkilotlardan zarur normativ, statistik hamda tahliliy axborotni so‘rash va bepul olish; 
-komissiyalar  tomonidan  tashkil  etiladigan  ekspert  guruhlariga  dasturda  nazarda  tutilgan 
hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo'yicha tavsiyalar berish; 
-davlat  boshqaruvi  organlari,  idoralar,  banklar  mutaxassislarini,  ilmiy  tadqiqot  va  oliy 
ta’lim  muassasalarining  olimlari  va  o'qituvchilarini,  mustaqil  ekspertlami,  shujumladan,  xorijiy 
davlatlardan ekspertlar sifatida shartnoma asosida jalb qilish; 
-harakatlar  strategiyasini  amalga  oshirishga  doir  chora-tadbirlami  ishlab  chiqish  uchun 


136 
taklif etilgan milliy va xorijiy ekspertlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish huquqiga ega ekanligi 
belgilab qo'yilsin. 
Ko'rinib turibdiki, mazkur markaz keng jamoatchilikni o'ziga jalb ctgani holda “Harakatlar 
strategiyasi”ning  amalga  oshirish  jarayonlari  ustidan  monitoring  nazoratini  amalga  oshiradi,  uni 
takomillashtirish va rcal voqelikka moslashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi. 
Umuman  olganda,  hozirgi  davrga  kelib  “Harakatlar  strategiyasi”  jahonga  taraqqiyotning 
milliy modeli sifatida tanildi va xalqaro tashkilotlar tomonidan e'tirof etildi. Jahon tajribasida 
t
turli 
modernizatsiyaga  oid  nazariyalar  va  modellarga  oid  tadqiqotlar  va  mlubiyotlarda  biron-bir 
mamlakatda amalga oshirilgan modernizatsiya jniniyatning bnrcha sohalarini o'ziga qamrab olgan, 
qisqa  muddat  ichida  o  zining  samarasini  beradigan  rivojlanish  modeli  kamdan-kam  hollarda 
uchraydi  Shu  jihatdan  yondashganda,  O'zbekiston  ikki  yildan  ortiqroq  davr  ichida  davlat 
boshqaruvini  nomarkazlashtirish,  iqtisodiyotni  liberallashtrish,  mulkdorlar  ijtimoiy  qatlami  uchun 
qulay huquqiy va moliyaviy shart-sharoitlar yaratish, innovatsiyalar va investitsiyalami mamlakatga 
kirib  kelishini  rag'batlantiradigan,  rivojlangan  davlat  va  xalqaro  inshkilotlur  tomonidan  qisqa 
muddat  ichida  e’tirof  etilgan  davlat  tilida  o'zmi  namoyon  qila  boshladi.  Albatta,  bu  holat 
davlatimizni lnqarolik jnmiynti snri indallik bilan intilayotganligini anglatadi. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish