10-qissa
Islom bayrog‘i bizlarga Islomning g‘alaba qozonishi haqida so‘zlab beradi
Men gohida matodan, gohida boshqa narsadan bo‘lishim mumkin. Men islom
bayrog‘iman. Muhammad alayhissalomni payg‘ambarlarning sarvari qilib dunyoga
yuborgan Alloh dinining bayrog‘iman.
Hayotimda unutilmaydigan, tarixga aniq va zarhal harflar bilan yozib qo‘yiladigan
voqealarni ko‘rdim. Yasrib uning samosida men birinchi hilpirab turgan shahardir. U
yerga Rasululloh va sahobalar qurayshliklarning aziyatidan qutulish uchun kelganlaridan
so‘ng shahar Madinai munavvara deb nomlandi. Madina ahli muhojirlarga nisbatan
ajoyib mehmondorchilik ko‘rsatdi. O’zlarining eng yaxshi narsalarini ular bilan baham
ko‘rishdi.
Badr ma’rakasi - men ishtirok etgan birinchi ma’rakalardan edi. Men Uxud va Handaq
ma’rakalarida ham bo‘ldim. Alloh musulmonlarga yordamini berdi. Men baland
ko‘tarilgan holda o‘z ostimda Islom uchun xizmat qiladiganlarning ko‘payganini ko‘rdim.
Makka fath qilingan kuni uning osmonida ko‘tarildim. Va odamlar dinga jamoa-jamoa
bo‘lib kirishdi. But va sanamlarning bayroqlari yakson qilindi.
Muhammad alayhissalom hayotlaridan 10 qissa
Do'stlaringiz bilan baham: |