Elektr qarshiligi bilan isitish.
Bu eng ko׳p tarqalgan elektr toki bilan isitish usulidir. Bu usul
yordamida 1000-1100°C gacha isitish mumkin. Isitish jarayoni elektr pechkalarida olib boriladi.
20.3-rasmda elektr qarshiligi yordamida ishlaydigan isitish qurilmasining shakli ko׳rsatilgan.
Issiqlikni iste’mol qiluvchi qurilmaning tashqi yuzasi issiqqa chidamli g`ishtlar bilan qoplangan.
Qoplamaning maxsus tirqishlarida spiralsimon isitish elementlari joylashtirilgan bo׳lib, ularga
elektroshinalar yordamida tok beriladi. Isitish elementlaridan ajralib chiqqan issiqlik isitilishi lozim
bo׳lgan qurilmaga uzatiladi. Atrof-muhitga issiqlikning sarflanishini kamaytirish uchun qurilma
izolyatsiya qatlami bilan qoplangan.
Isitish elementlari nixrom qotishmasidan tayyorlangan sim yoki lentadan iborat. Nixrom
qotishmasining tarkibida 20 foiz xrom, 30-80 foiz nikel va 0,5-50 foiz temir bo׳lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |