Induksion isitish.
Bu usul o׳zgaruvchan elektr maydoni ta’sirida po׳latdan tayyorlangan qurilma
devori qalinligida hosil bo׳ladigan uyurmaviy tok yordamida ajralib chiqadigan issiqlikdan
foydalanishga asoslangan. Induksion usul materiallarni 400°C gacha bir me’yorda isitish va tegishli
isitish darajasini juda aniq ushlab turish imkonini beradi. Bunday elektr isitkichlar juda kichik
issiqlik enersiyasiga
20.3-rasm. Induksion isitish qurilmasi. 1- isitiluvchi eritma solinadigan idish, 2- qurilma devori.,3-
tashqi izolyatsion qatlam, 4-qizdirish elementi, 5-elektr izolyatsion qatlam
ega, haroratni juda aniq boshqarishni ta’minlaydi, isitkichlarning ishini to׳la avtomatlashtirish
mumkin. Lekin induksion usul bilan isitish qimmatga tushadi. Isitishni arzonlashtirish uchun
qurilmadagi mahsulot dastlab to׳yingan suv bug`i yordamida taxminan 180°C gacha qizdiriladi,
so׳ngra mahsulotning harorati tegishli qiymatgacha induksion isitish yordamida ko׳tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |