Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/206
Sana18.08.2021
Hajmi2,15 Mb.
#150277
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   206
Bog'liq
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR

 
 
36.1-rasm.
 Davriy ishlovchi aralashtirish qurilmasi: 1 — qozon; 
2 — kirish yo׳li; 3 — aralashtirgich;4 — qobiq; 5 — quyilish yo׳li; 
6 — ilonsimon issiqlik almashgich. 
 
Ma’lum miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarishga mo׳ljallangan davriy qurilma (36.1-rasm) ham,  
aralashish reaktori sifatida ishlashi mumkin. 
Uzluksiz ishlovchi aralashish qurilmalarining ishini baholovchi kattalik — o׳zaro ta’sirlanuvchi 
komponentlarni reaksion hajmda bo׳lish vaqti hisoblanadi. Bu ko׳rsatkich o׳zaro ta’sir qiluvchi 
moddalarning kontaktlanish davrini, demak xom ashyoni reaksiya mahsulotiga aylanish davrini 
ifodalaydi. 
Aralashish qurilmalarida komponentlarning bo׳lish vaqti 
τ ,
 
reaktordagi reaksion aralashma hajmi V ni, 
reagentlar hajmiy sarfi Q ga nisbati ko׳rinishida topiladi. 
 
                             
[ ]
c
c
м
м
Q
V
=






=
/
3
3
τ
                                                  (36.1) 
 
tenglamadan ko׳rinadiki, reaktorda komponentlarning bo׳lish vaqti 
τ
 
qurilma hajmining ortishi bilan 
o׳sadi. V hajm o׳zgarmas bo׳lsa, komponentlar sarfi ortishi bilan 
τ  kamayadi. 


 
167
 
Siqib chiqarish reaktori
 (36.3-rasm) uzunligining diametriga nisbati katta ekanligi va reaksion hajmda 
oqimni aralashtiruvchi mexanik moslamalar mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Bu qurilmalarda 
harakat qilayotgan oqim elementi o׳zgarmas tezlikda oqimning boshqa elementlari bilan aralashmasdan 
siljiydi. Reaktor bo׳ylab oqim elementining harakatlanishi mobaynida  o׳zaro ta’sirlanuvchi  
moddalarning konsentratsiyasi o׳zgarib        boradi. Reaktorga kirishda oqim elementi 1  faqatgina  xom  
ashyoni  tashkil etsa, chiqishda kimyoviy o׳zgarish mahsuloti 2 dan iborat bo׳ladi. Reaktor bo׳ylab 
harakatlanayotgan hajm elementi, xuddi porshen singari, oldidagi barcha moddalarni itargani sababli, 
bunday qurilma to׳liq siqib chiqarish reaktori yoki ideal siqib chiqarish reaktori deb ataladi. 
To׳liq siqib chiqarish reaktorlarida kimyoviy reaksiya tezligi reaktor uzunligi bo׳yicha o׳zgaradi, ya’ni 
o׳zaro ta’sir qiluvchi komponentlar konsentratsiyasi o׳zgaradi. Agar kirishda boshlangich 
komponentlarning sarfi doimiy bo׳lsa, reaktorning har bir nuqtasida reaksiya tezligi o׳zgarmas bo׳ladi, 
chunki reaktorning bu nuqtalarida reaksion aralashmaning tarkibi vaqt davomida o׳zgarmaydi. Shu 
sababli kirish oqimi o׳zgarmas bo׳lganda uzluksiz ishlovchi siqib chiqarish reaktorlarining ishlash rejimi 
turgun bo׳ladi. 
Boshlang`ich moddalarni reaksiya mahsulotiga aylantirish ko׳rsatkichi komponentlarning reaktorda 
bo׳lish vaqtiga bog`liq. Siqib chiqarish reaktorida reaksion aralashmaning bo׳lish vaqtini reaktor 
uzunligi L ni oqimning chiziqli tezligi W ga. bo׳lish orqali topiladi: 
 
                                       
[ ]
c
c
м
м
QW
L
=




=
/
τ
                                                                   (36.2) 
Tenglamadan ko׳rinadiki, reaktor uzunligi L qancha katta bo׳lsa, hamda oqim tezligi W qancha kichik 
bo׳lsa, 
τ
 
qiymati shuncha katta bo׳ladi. Reaktorni loyihalashda va ushbu kattaliklarni tanlashda, kam 
xarajat qilgan holda zarur unumdorlikka ega bo׳lish va talab darajasidagi sifatga erishish nazarda 
tutilishi lozim. 
Issiqlik rejimiga ko׳ra
 reaktorlar izotermik va adiabatik bo׳ladi. 
Izotermik reaktorlar
 reaksion hajmning barcha nuqtalarida bir xil bo׳lgan o׳zgarmas haroratda ishlaydi. 
Izotermik reaktorlarning reaksion tezligi faqatgina reaksion aralashma tarkibiga bog`liq. 
Ma’lumki, kimyoviy reaksiya ekzotermik yoki endotermik issiqlik effekti orqali o׳tadi. Shunga ko׳ra, 
izotermik sharoitni yaratish uchun ma’lum miqdordagi issiqlikni reaktorga kiritish yoki reaktordan 
chiqarish kerak. Shu maqsadda izotermik reaktorlar konstruksiyasida maxsus issiqlik almashinish yuzasi 
ko׳zda tutilishi zarur. 
Adiabatik reaktorlar
 tashqi muhit bilan har qanday issiqlik almashinish chegaralangan sharoitda amalga 
oshiriladi. Bunga reaktor qobig`ini izolyatsiya qilish orqali erishiladi. 
Adiabatik sharoitlarda ekzotermik reaksiya tezligi ko׳p marotaba o׳sadi, chunki reaksiya natijasida 
ajralib chiqayotgan issiqlik faqatgina reaksion aralashmani isitish uchun sarflanadi. Adiabatik 
sharoitdagi endotermik reaksiyalar noqulay sharoitda olib boriladi, chunki haroratning pasayishi 
komponentlarning reaktorda bo׳lish vaqtini sezilarli ravishda oshishiga olib keladi. 
Reagentlarning fazaviy holatiga
 ko׳ra reaktorlar quyidagicha tasniflanadi. Agar kimyoviy reaksiya 
kechganda reaktorda faqat bir xil faza bo׳lsa, bunday reaktor gomogen deb ataladi. Bunda reaktor bir xil 
agregat holatida bo׳lgan moddalar-suyuqlik yoki gaz bilan to׳ldirilgan bo׳ladi. Gomogen holatini hosil 
qilish uchun boshlang`ich moddalar bir-biriga har qanday nisbatda aralasha olishi kerak. 
Agar reaktordagi moddalar turli agregat holatida bo׳lsa, bunday reaktor geterogen deb ataladi. 
Geterogen reaktorlarning konstruksiyasi turli shaklda bo׳lishi bilan ajralib turadi va reaksiya turiga 
bog`liq bo׳ladi. Geterogen reaksiyalar davriy va uzluksiz ishlaydigan reaktorlarda amalga oshiriladi. 
Ko׳pgina katalitik reaksiyalar geterogen reaktorlarda olib boriladi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish