Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/206
Sana18.08.2021
Hajmi2,15 Mb.
#150277
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   206
Bog'liq
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR

 
 
 
21.16-rasm. Qo׳zg`almas qatlamli regenerativ issiqlik almashgichning 
ishlash sxemasi: 1, 2 - nasadkali rege-neratorlar; 3, 4 - klapanlar; 
I va II — issiqlik tashuvchi agentlar. 


 
80
 
 
17- Ma’ruza  
MAVZU:  
BUG`LATISH. 
1.  Bug`latish to`g`risida umumiy tushuncha
2.  Bir bosqichli bug`latish 
3.  Ko׳p bosqichli bug`latish 
Uchuvchan bo׳lmagan moddalar eritmalarining tarkibidagi erituvchini qaynatish paytida chiqarib 
yuborish yo׳li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug`latish deb yuritiladi. Agar bug`lanish jarayoni qaynash 
haroratidan past haroratlarda suyuqlikning yuzasida ro׳y bersa, bug`latish jarayonida esa bug` 
eritmaning butun hajmidan ajralib chiqadi. 
Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalari, ayrim mineral va organik 
kislotalar, ko׳p atomli spirtlar hamda shu kabi bir qator suyuq eritmalar bug`latiladi. Ayrim vaqtda 
bug`latish yordamida toza erituvchilar ham olinadi. 
Quyuqlashtirilgan eritmalar va bug`latish natijasida hosil bo׳lgan qattiq moddalarni oson hamda arzon 
qayta ishlash, saqlash va boshqa joylarga jo׳natish mumkin. 
Bug`latish jarayonida isituvchi agent sifatida asosan suv bug`i ishlatiladi, bunday bug` birlamchi bug` 
deb yuritiladi. Qaynayotgan eritmani bug`latish paytida hosil bo׳lgan bug` ikkilamchi bug` deb ataladi. 
eritmani bug`latish uchun zarur bo׳lgan issiqlik miqdori devor orqali beriladi. Faqat ayrim hollardagina, 
eritmalarni quyultirish uchun kerak bo׳lgan issiqlik tutun gazlari yoki boshqa gazsimon issiqlik 
tashuvchi agentlarning suyuqlik bilan o׳zaro kontakti orqali beriladi. 
Bug`latish jarayoni vakuum ostida, atmosfera va yuqori bosimlarda olib borilishi mumkin. Bu esa 
eritmalarning xossalariga va ikkilamchi bug`ning issiqligidan foydalanish zaruratiga bogliq holatda 
tanlaniladi. 
Vakuum ostida bug`latish bir qator afzalliklarga ega: 
jarayonni ancha past haroratlarda olib borish mumkin, bu hol ayniqsa, yuqori haroratlarda parchalanib 
ketishi mumkin bo׳lgan moddalar eritmalarini quyuqlashtirishda juda qo׳l keladi. Bundan tashqari, 
vakuum ta’sirida isituvchi agent va eritma harorati o׳rtasidagi foydali farq ko׳payadi, bu narsa 
qurilmaning isitish yuzasini kamaytirishga olib keladi, vakuum bilan bug`latish uchun nisbatan past 
harorat va bosimli isituvchi agentdan foydalanish mumkin. Vakuum ishlatilganda ikkilamchi bug`dan 
qaytadan birlamchi bug` sifatida foydalanish imkoni tug`iladi. 
Vakuum ostida bug`latish kamchiliklardan ham xoli emas: vakuumni ishlatish bug`latish qurilmasining 
narxini oshiradi; vakuum hosil qilish uchun kondensatorlar, tomchi ushlagichlar, vakuum-nasoslar kerak 
bo׳ladi, bundan tashqari, qurilmani ishlatish uchun zarur bo׳lgan xarajat ham ko׳payadi. 


 
81
 
Atmosfera bosimidan yuqori bo׳lgan bosimida bug`latishda hosil bo׳lgan ikkilamchi bug`dan qaytadan 
bug`latish jarayonida hamda bug`latish bilan bog`liq bo׳lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish 
mumkin. Boshqa maqsadlar uchun ajratilgan ikkilamchi bug` — ekstra-bug` deb ataladi. Yuqori bosim 
bilan bug`latish jarayonida ekstra-bug`ni ajratib olib ishlatish, vakuum yordamida bug`latishga nisbatan, 
issiqlikdan to׳laroq foydalanish imkonini beradi. Yuqori bosim bilan bug`latish eritmaning qaynash 
haroratining ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori bosim bilan bug`latishni amalga oshirish 
uchun yuqori haroratli isituvchi agent kerak bo׳ladi. Shu sababli bu usul yuqori haroratga chidamli 
moddalarning eritmalarini quyultirishda ishlatiladi, xolos. 
Atmosfera bosimi bilan bug`latishda ikkilamchi bug` ishlatilmaydi, u atmosferaga chiqarib yuboriladi. 
Bunday usul eng oddiy, ammo iqtisodiy jihatdan eng tejamsiz hisoblanadi. 
Bug`latish jarayoni kimyo, oziq-ovqat va shu kabi boshqa sanoat tarmoqlarida keng ishlatiladi. Bu 
jarayondan eritmalarni quyultirish va ulardan erigan holdagi moddalarni ajratib olishdan tashqari, toza 
erituvchilar olish, sovuq hosil qilish texnikasi va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. 
Sanoatda bug`latish jarayoni bir va ko׳p korpusli qurilmalarda amalga oshiriladi. Ko׳p korpusli 
qurilmalarning faqat birinchi korpusiga isituvchi (birlamchi) bug` beriladi, keyingi korpuslarini isitish 
uchun esa oldingi korpuslardan chiqqan ikkilamchi bug` ishlatiladi. Natijada isituvchi bug`ning umumiy 
sarfi kamayadi. 
Ishlash rejimiga ko׳ra bug`latish qurilmalari davriy va uzluksiz bo׳ladi. Kichik masshtabdagi ishlab 
chiqarishlarda va ayrim vaqtda, eritmalarni yuqori konsentrasiyalargacha bug`latishda, davriy 
ishlaydigan bug`latish qurilmalari ishlatiladi. Kimyo sanoatida asosan uzluksiz ishlaydigan bug`latish 
qurilmalari keng ishlatiladi. Zamonaviy bug`latish qurilmalari ancha katta isitish yuzasiga ega, ayrim 
paytda bitta korpusning isitish yuzasi 2500 m
2
 dan ortib ketadi. 
 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish