Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc


Kimyoviy reaktorlar tasnifi



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/206
Sana18.08.2021
Hajmi2,15 Mb.
#150277
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   206
Bog'liq
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR

                                   Kimyoviy reaktorlar tasnifi
 
Ko׳p hollarda kimyoviy reaktorlar quyidagi belgilariga ko׳ra tasniflanadi: texnologik jarayonni tashkil 
qilish usuliga ko׳ra; jarayonning issiqlik jarayoniga ko׳ra; uskuna orqali reaksion muhitning harakat 
rejimiga ko׳ra, boshlang`ich reagentlar va mahsulotlarning fazaviy holatiga ko׳ra. 
Texnologik jarayonni tashkil qilish usuliga
 ko׳ra, reaktorlar davriy, uzluksiz va yarim davriy ishlaydigan 
qurilmalarga bo׳linadi. 
Davriy
 ishlaydigan qurilmalarda boshlang`ich moddalar bir yo׳la jarayon boshlanishida qurilmaga 
yuklanadi. Komponentlar konsentratsiyasi kimyoviy reaksiya rivojlanishi darajasiga ko׳ra vaqt bo׳yicha 
o׳zgaradi, bu esa  kinetika tenglamasiga mos keladi. Reaksion aralashmaning aralashish jadalligi 
reaksion hajmning barcha nuqtalarida moddalar konsentratsiyasining o׳zgarish xarakterini saqlash 
imkoniyatini yaratadi. Jarayonning asosiy kattaliklari bosim va harorat ham vaqt ichida o׳zgaradi. 
Belgilangan vaqt o׳tgandan so׳ng, reaktorda berilgan darajadagi o׳zgarishga erishiladi. Shundan so׳ng 
reaksiya mahsuloti reaktordan chiqariladi. 
Davriy ishlaydigan reaktorning konstruksiyasi juda oddiy (36.1-rasm). Reaksiya reaktorning to׳liq 
hajmida o׳zaro ta’sir qiluvchi komponentlarning konsentratsiyalarini tenglashtiruvchi aralashtirgich 3 
o׳rnatilgan qozon 7 da amalga oshiriladi. Issiqlikni uzatish yoki kiritish uchun uskuna yoki qobiq 4 
ichida o׳rnatilgan issiqlik almashtirish 6 qurilmasi xizmat qiladi. Boshlangich moddalar reaktorga kirish 
patrubkasi orqali kiritiladi, tayyor mahsulot esa shtutser 5 orqali qurilmadan chiqariladi. 
Uzluksiz ishlaydigan reaktorlarda
 boshlangich modda kiritilishi va tayyor mahsulotning qurilmadan 
chiqarilishi uzluksiz ravishda olib boriladi. Reaktor o׳zgarmas (stasionar) rejimda ishlaydi, bunda barcha 
texnologik kattaliklar, jumladan komponent konsentratsiyalari, harorat va bosim uskunaning barcha 
nuqtalarida o׳zgarmas bo׳ladi. 
Uzluksiz ishlaydigan reaktorlarning konstruksiyalari qurilmadan o׳tayotgan reaksion aralashmalar oqimi 
rejimiga bog`liq. Quyida uzluksiz ishlaydigan reaktorlarning ikki asosiy ko׳rinishi — aralashtirish va 
siqib chiqarish qurilmalari bilan tanishtiramiz. 
Yarim davriy reaktorlarning,,
 o׳ziga xosligi shundan iboratki, bunda reagentlarning biri qurilmaga 
uzluksiz kiritiladi, ikkinchisi esa davriy tarzda yuklanadi. Boshlang`ich xom ashyolari kiritish va tayyor 


 
166
 
mahsulotni chiqarishning turlicha usullari mavjud. Yarim davriy reaktorlarda jarayonning barcha 
texnologik ko׳rsatkichlari o׳zgaruvchan bo׳lib, vaqt mobaynida turli qiymatga ega bo׳ladi. 
Turli mahsulotlar ishlab chiqarish bo׳yicha texnologik sxemalarni loyihalashning asosiy maqsadi 
uzluksiz jarayonni tashkil etishdir. Shu sababli uzluksiz ishlaydigan reaktorlar boshqa ko׳rinishdagi 
reaktorlarga nisbatan keng tarqalgan. Masalan, zamonaviy ko׳p quvvatli ishlab chiqarishlarda asosan 
uzluksiz ishlaydigan reaktorlar qo׳llaniladi. Lekin, kamquvvatli ishlab chiqarishda davriy ishlaydigan 
reaktorlarni qo׳llash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, uzluksiz ishlaydigan reaktorlar reaksion aralashma oqimiga ko׳ra, 
aralashtirish va siqib chiqarish qurilmalariga ajratiladi. Aralashtirish reaktori ma’lum hajmga ega bo׳lib, 
unda reaksion aralashma uzluksiz tarzda aralashtiriladi. Ta’minlovchi quvur orqali qurilmaga uzatilgan 
xom ashyo, reaktordagi moddalarga juda tez aralashadi. Bunda xom ashyo konsentratsiyasi ham tez 
o׳zgaradi va reaktordagi aralashma konsentratsiyasiga tenglashadi. Bunday reaksion qurilma to׳liq 
aralashtiriladigan yoki ideal aralashtirish reaktori deb ataladi. 
O׳z
 tavsifiga ko׳ra, ideal aralashtirish reaktoriga yaqin bo׳lgan reaktor bu aralashgichli. qurilma 
hisoblanadi. Qurilmada aralashtirish qancha jadal olib borilsa, komponentlar konsentratsiyasi, reaktor 
hajmida reaksion aralashma harorati shuncha tez tenglashadi va bu holat qurilmani ideal aralashish 
reaktoriga yaqinlashtiradi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish