Microsoft Word 1-Ma'ruza. Kirish. Avtokuzovlarni tayyorlashning kompleks texnologiyalari 1


  Avtomobil sifatini texnologik ta’minlashda konstruktorning roli



Download 173,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi173,41 Kb.
#211091
1   2   3   4
Bog'liq
1-Maruza. Kirish

2.  Avtomobil sifatini texnologik ta’minlashda konstruktorning roli 

Avtomobildek  murakkab  mashinani  tayyorlashning  konstruktorlik  va 

texnologik  bosqichlari  orasidagi  bog’lanishni  tahlil  qilish  bilan  quyidagi  o’ziga 

xoslik  aniqlanadi.  Konstruktor  parametrning  maqbul  qiymatini  (masalan 

shesternya  tishi  o’zagining  qattiqligi)  aniqlash  bilan  uning  o’zgarish  intervalini 

qisqartirishga 

intiladi, 

texnolog 

esa, 

jihoz 


texnologik 

imkoniyatlarini, 

qo’llanilayotgan  material  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda,  aksincha,  ushbu 

intervalni  kengaytirishga  harakat  qiladi.  Puxtalashdagi  parametr  qiymatining 

o’zgarish  intervali  (qattiqlik,  puxtalangan  qatlam  qalinligi  va  b.)  qancha  katta 

bo’lsa,  qo’llanilayotgan  material  xususiyatlari  va  detallar  resurslarining  sochilishi 

(dispersiyasi)  shuncha  katta  bo’ladi.  Avtomobildan  foydalanishda  bu  holat  unga 

texnik  xizmat  ko’rsatish  va  uni  ta’mirlash  sarflarining  ortishiga  olib  keladi. 

Aniqlanishicha  avtomobilga  texnik  xizmat  ko’rsatishga,  uni  tayyorlashdagiga 



nisbatan  9  baravar  ko’proq  mablag’  sarf  bo’lar  ekan.  Avtomobildan 

foydalanishning  mehnat  sarfi  esa  uni  tayyorlashdagiga  nisbatan  30  baravar 

ko’proqdir.  Bundan tashqari avtomobil egalari texnikalarining to’xtab qolganidan 

zarar  ko’radilar.  Konstruktor  va  texnologning  hamkorlikdagi  ishida  termik 

puxtalashdan 

keyin 


detalning 

mustahkamligi 

va 

umrboqiyligi 



texnik 

hujjatlashtirishda  keltirilgan  darajagacha  borib  yetmasligi  bilan  bog’liq  vaziyat 

yuzaga  kelishi  mumkin.  Sabablar  turlicha  bo’lishi  mumkin.  Masalan,  detal 

loyihalash  bosqichida  detalni  puxtalash  parametrlari  (masalan,  sementatsiya  va 

nitrosementatsiya  qilingan  tishli  g’ildiraklar  uchun  o’zak  qattiqligi,  samarali 

qatlam  qalinligi,  sirt  qattiqligi)  noto’g’ri  tanlashi  mumkin.  Amaliyotda  shunday 

holatlar  ham  uchraydiki,  bunda  hujjatlashtirishga  mos  keluvchi  turlicha 

ko’rsatkichlarga  umumlashtirishda  ulardan  har-birining  muhimligi  hech  qanday 

shubha  uyg’otmaydi,  ammo  negadir  detallar  umrboqiy  bo’lmaydi.  Bunday  holda 

muammoning  yechimini  konstruktor  va  texnolog  birgalikda  qidirishi  lozim. 

Konstruktor,  mustahkamlik  va  umrboqiylik  bo’yicha  talablarni  pasaytirmagan 

holda,  mustahkamlash  ko’rsatkichlari  qiymatini  o’zgartirishi  lozim:  qattiqlikni, 

puxtalangan  qatlam  qalinligini,  mikrostrukturada  tashkil  qiluvchilarning  nisbatini 

va  h.k.  Texnolog  esa  texnologik  parametrlardagi  mumkin  bo’lgan  noaniqliklarni 

bartaraf  qilishi  kerak:  haroratni,  isish  va  sovitish  tezligini,  jarayonning  alohida 

bosqichlari davomiyligini va h.k. 

Konstruktorlar  va  texnologlarning  vazifasi  birikuvchi  detallar  hisoblarga 

mos  keluvchi  sharoitlarda  ishlashi,  birikmadagi  haqiqiy  yuklanish  ushbu  detallar 

sirt  qatlamlari  mustahkamligini  xarakterlovchi  parametrlar  qiymatlaridan  doimo 

kichik bo’lishi uchun zarur bo’ladigan barcha ishlarni qilishdan iborat. 

Shunday  qilib  yuqori  ishonchlilik,  umrboqiylik,  tejamkorlik,  xavfsizlik, 

ko’rsatkichlariga  ega  zamonaviy  avtomobilni  muvaffaqiyat  bilan  tayyorlash 

omillariga va turli mutaxassislarning hamkorlikdagi ishiga bog’liq bo’ladi. 

Ammo texnologlar, ishlab chiqarish tashkilotchilari va boshqa mutaxassislar 

hissasi  ahamiyatini  kamaytirmagan  holda  shuni  qayd  qilish  lozimki,  asosiy  rol 

konstruktorlarga tegishli bo’ladi. 




Konstruksiyaning  zamonaviyligi  va  texnologikligi  avtomobilni  ishlab 

chiqishning  majburiy  shartlaridan  biridir.  Yana  bir  majburiy  shart  bu  ishlab 

chiqariladigan  mahsulot  sifatini  ta’minlashdir.  Buni  alohida  detallari  va 

agregatlarining  sifati  yetarlicha  yaxshi  bo’lmaganligi  sababli  60-70  %  to’xtashlar 

(zamonaviy  avtomobillarning)  bilan  bog’liq  fakt  tasdiqlaydi.  Shu  sababli 

avtomobillarni 

ishlab  chiqarish  texnologiyasini  doimiy  takomillashtirish 

avtomobilsozlikning eng muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Konstruktorlar  va  texnologlarning  hamkorlikdagi  muvaffaqiyatli  faoliyati 

uchun yondosh  mutaxassisliklar bo’yicha ham bilim va ko’nikmalar zarur bo’ladi, 

chunki  ular  avtomobilni  tayyorlashning  to’liq  ishlab  chiqarish  jarayonini  hali 

loyihalash bosqichida turib belgilab berishlari lozim bo’ladi. 



Download 173,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish