Fan bo`yicha
talabalarning
bilimiga, o'quviga
va
ko'nikmalariga
DTSga muvofiq
qo'yiladigan
talablar
|
-agrar sohaning iqtisodiyotda tutgan o`rni va uning o`lchamlari;
-qishloq xo`jaligi mahsulotlari va ularning harakat shakllari;
-qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talab va taklif muvozanati, unga ta`sir etuvchi omillar;
-qishloq xo`jaligiga ishlab chiqarish vositalari va omillarini yetkazib beruvchi sohalarning bozordagi o`rni;
-agrar siyosatning tushunchalari, maqsadi, tamoyillari;
-agrar islohotlarning asosiy yo`nalishlari;
-qishloq xo`jaligi va qayta ishlash sohalarining oziq-ovqat ta`minotidan o`rni;
-oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashda davlatning iqtisodiy roli;
-agrar islohotlar va oziq-ovqat sohasida integratsiya jarayonlari to`g`risidagi turlicha nazariyalar haqida tasavvurga ega bo`lishi;
-O`zbekiston Respublikasining qonunlari, qonuniy xujjatlari va ularni agrar sohada amalga oshirishning yo`nalishlarini;
-qishloq xo`jaligi faoliyatini tubdan o`zgartirish jarayonida davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini;
-qishloq xo`jaligi mahsulotlari qiymati va tarkibiy tuzilishini hisoblashni;
-oziq-ovqat qiymati yaratilish zanjirini tuza olish va tahlil etishni;
-oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan yalpi talab va taklif munosabatlarini aniqlashni;
-oziq-ovqat sohasidagi iste`mol va jamg`arma darajasini belgilovchi omillarni;
-oziq-ovqat xavfsizligini oldindan bashoratlash va iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatini;
-qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining iqtisodiy o`sishdagi o`rnini;
-qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat iqtisodiyoti salohiyatidan samarali foydalanish muammolarini hal e`tish yo`nalishlarini;
-daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlashni;
-jahon qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sohalarida integratsiya jarayonlari to`g`risidagi turlicha nazariyalar va ularning asosiy yo`nalishlarini;
-agrar va oziq-ovqat sohasida xalqaro savdo to`g`risidagi turli hil nazariyalarni bilish va ulardan foydalana olish;
-qishloq xo`jaligi mahsulotlari hajmini hisoblash xamda uning tarkibidagi miqdor va sifat o`zgarishlarini baholash;
-agrar va oziq-ovqat sohasida yalpi talab va taklif o`rtasidagi muvozanatni o`zgarishini tahlil etish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak;
-agrar va oziq-ovqat sohalari iqtisodiy saloxiyatidan samarali foydalanish muammolari yuzasidan nazariy xulosalar chiqarish;
-zamonaviy nazariyalar asosida agrar va oziq-ovqat sohalari iqtisodiyotini tartibga solish darajasi va usullariga baxo berish;
-agrar va oziq-ovqat bozorlaridagi zamonaviy tendensiyalarni kuzatish va ular to`g`risida nazariy xulosalar chiqarish malakalariga ega bo`lishlari kerak.
|
Talabalarning
mashg'ulotlarga
qatnashishiga,
mustaqil
topshiriqlarni
bajarishiga
qo’yiladigan
umumiy talablar:
|
Fanning hususiyatidan kelib chiqib, talabalar ma'ruza va amaliy mashg'ulot darslariga to'liq qatnashishlari shart. Jami auditoriya mashg'uloti uchun 20 ball ajratiladi (Ma'ruza mashg'ulotlariga 15 ball, amaliy mashg'ulotlarga 5 ball). Mashg'ulotlarga sababsiz qatnashmagan talabaga 2 ball jarima qo'yiladi (har bir qoldirilgan mash'g'ulot uchun). Talaba sababsiz qoldirgan darsini o'z vaqtida qayta o'zlashtirgandan so'ng umumiy o'zlashtirish ballidan 1 ball jarima olinadi (har bir qoldirilgan mashg'ulot uchun). Qayta ishlash muddati dars o'tilgan
kundan boshlab ikki hafta.
|
|
Uzrli sabablarga ko'ra dars qoldirgan talabalardan qayta ishlagandan so'ng jarima bali olinmaydi. Qayta o'zlashtirmagan holatda umumiy o'zlashtirish ballidan 2 ball jarima olinadi (har bir qoldirilgan mash'g' ulot uchun).
Mashg'ulotlarda talabalar konspekt qilib borishadi. Mashg'ulotlarda o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishlari shart. Har bir mashg'ulot o'tilgan sanasi talabaning daftarida alohida aks ettirilishi kerak. Konspekt qilmagan, daftar tutmagan talabalarning umumiy balidan 1 balljarima olinadi (har bir yozilmagan mash'g'ulot uchun).
Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar, mustaqil ishlarni bajarish bo'yicha ko'rsatmalar olish, qoldirilgan darslarni qayta o'zlashtirish va boshqa savollar bilan o'qituvchilarga yuqorida ko'rsatilgan manzil va vaqtda murojaat qilishlari mumkin.
Talabalarga o'qituvchidan fan bo'yicha materiallarning elektron variantini (ish dastur, ma'ruzalar kursi, amaliy mashg'ulot topshiriqlari, adabiyotlarning elektron variant va boshqalar) olishlari mumkin.
Mashg'ulotlarda qo'l telefonlaridan foydalanish, mavzuga ta`luqli bo`lmagan savollar berish, saqich chaynash, o'rnidan turib yurish, auditoriyadan chiqib ketish TA'QIQLANADI!!!
Uzrli sabablar bo'yicha talabaga javob berish fan o'qituvchisi vakolatiga kirmaydi!
|
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsiyon rivojlanish instituti masofaviy ta'lim tizimida ishlash
|
Masofaviy ta'lim tizimida "Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi" kursi yaratilgan. Kurs 13 ta modul (bob)dan iborat. Har bir modulda ma'ruzalar kursi, taqdimotlar, mustaqil ishlash topshiriqlari, nazorat testlari, qo'shimcha materiallar joylashtirilgan. Talabalar o'qituvchi tomonidan kursga yoziladi.
|
|
Kursga yozilgan talabalar mustaqil ravishda fanning modullarini o'rganishlari va topshiriqlarni bajarishlari mumkin. Bunda talabalarning javoblari baholanib boradi va umumiy reyting balining 25% (25 ball=15 ball testlarga+l0 ball mustaqil ishlarga) ini tashkil qiladi. Kursda ikkita oraliq baholash testlari qo'yilgan bo'lib, talabalar bu testlarni belgilangan muddatlarda kafedraga tegishli xonalarda o'qituvchi nazorati ostida topshirishadi. Oraliq baholash testlarida talabalar umumiy ballning 25% (25 ball)ini to'plashlari mumkin.
Demak, modul tizimini tanlagan talabalar quyidagi tartibda reyting ballarini to'plashadi:
|
|
20 ball = mashg'ulotlarga qatnashish;
25 ball = modullarning topshiriqlari bo'yicha; 25 ball = oraliq baholash testlari;
70 ball = jami ball.
|
1-mavzu: “Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fanining predmeti, maqsadi, vazifasi hamda tadqiqot usullari.
Reja:
“Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari;
Fanni mazmuni, uni yoritishda qo`llaniladigan tadqiqot usullari;
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub o`zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo`l ochib berish – ustuvor vazifamizdir” mavzusida mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar mahkamasining majlisidagi va “O`zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzusidagi halqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi ma`ruzalarida agrar siyosat va islohotlar, oziq-ovqat xavfsizligi tadbirlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |